O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXVIII bob. Moliya va kredit § 1. O‘zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Prokuratura qanday organ? Prokuratura qaysi hokimiyat tizimi tarkibiga kiradi? Sovet davrida prokuratura qanday rol o‘ynagan? O‘zbekiston mustaqilligi prokuratura organlarini tuzilishiga, mavqyeiga qanday ta'sir ko‘rsatdi? Sud-huquq islohotlari prokuratura maqomiga qanday ta'sir ko‘rsatdi? Prezident konsepsiyasida prokuratura haqida qanday ko‘rsatmalar bor? Prokuratura va Adliya vazirligi munosabati qanday? O‘zbekiston Respublikasida prokuraturaning vazifasi nimalardan iborat? Prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qanday? Prokuraturaning asosiy vakolatlari nimaga qaratilgan? Prokuratura tizimi qanday? Prokurorlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibi qanday? Prokuraturada ishlovchi xodimlarga qanday talablar qo‘yiladi? Prokuratura xodimlarining daxlsizligi qanday himoya qilinadi? Prokuratura faoliyatining prinsiplari qanday? XXVIII bob. Moliya va kredit § 1. O‘zbekistonning moliya va pul-kredit tizimi Konstitutsiya nafaqat siyosiy tizim, hokimiyat tizimi va ular bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, u iqtisodiy tizim va u bilan bog‘liq munosabatlarni, davlat iqtisodining asosiy manbalari: moliya tizimini, pul-kredit tizimini, soliq tizimining asoslarini ham tartibga soladi. Moliya tizimini, pul-kredit tizimini, soliq tizimini, budjet masalasi, bank tizimini tartibga solish zamonaviy Konstitutsiyalarga xos xususiyatdir. Hyech qanday davlatning yetarli mablag‘i bo‘lmasa, mablag‘ keladigan manbalari bo‘lmasa, demokratiya o‘rnatish, aholini farovon turmush tarzini ta'minlash u yoqda tursin tez orada davlat barbod bo‘ladi. Jahonda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy inqirozlar moliya tizimini, soliq tizimini, bank tizimini juda ehtiyot bo‘lib, iqtisodiyot qonunlariga amal qilib tashkil etish zarurligini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishib, o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan samarali va ishonchli moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimini shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi va bularning asoslarini Konstitutsiyada mustahkamladi. Har qanday davlatning mustaqillik belgilaridan biri ham o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega bo‘lishidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobi moliya va kredit tizimiga bag‘ishlanib, 122-moddada “O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va kredit tizimiga ega”, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi pul mablag‘lari jamg‘armasini aks ettiradi. Moliya bir nechta bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘inlar (institutlar) va organlarni o‘z ichiga oluvchi tizimdir. Ularning har biri davlat pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash, ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar doirasini aks ettiradi va shu boisdan ular bir-biridan farq qiladi. Turli moliyaviy bo‘g‘inlar (institutlar) majmui O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagilardan tashkil topgan: - davlat byudjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar; - davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar; - xo‘jalik yurituvchi subektlar va iqtisodiyot sohalari moliyasi; - kredit (davlat krediti va bank krediti); - mulkiy va shaxsiy sug‘urta. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining har bir bo‘g‘ini u yokii bu ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan turli pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanishga qaratilgan o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. O‘zbekistonning davlat byudjeti moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini bo‘lib, uning yordamida davlatning markazlashtirilgan pul jamg‘armasi tashkil etiladi. Davlat byudjeti moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lib, muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tarkibiy qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar bozor islohotlarining barcha bosqichlarida davlat tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatning Davlat byudjetida davlat maqsadli jamg‘armalari ham to‘plangan bo‘lib, ular yordamida O‘zbekiston fuqarolarining pensiya ta'minoti, xususiylashtirish jarayonlarini rivojlantirish, aholini ish bilan band etish va boshqa masalalar hal etiladi. Kredit yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini kredit resusrlariga jalb etish, ularni qaytarish va foizlar to‘lash sharti bilan foydalanuvchilarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos moliyaviy munosabatlar majmuidir. Davlat krediti vaqtincha davlat tasarrufiga tushadigan va iqtisodiyotni rivojlantirish, byudjet taqchilligi va boshqa ehtiyojlarning ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan qo‘shimcha pul mablag‘larining to‘planishini ta'minlaydi. Davlat kreditida davlat- qarz oluvchi, yuridik va jismoniy shaxslar esa- qarz beruvchi (kreditor)lar sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat krediti vositasida yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb etish turli shakllarda, avvalo davlat zayomlari, pul majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari rivojlanish va qimmatli qog‘ozlar bozorining yuzaga kelishi sharoitlarida davlat kreditining muhim shakli yuridik shaxslar orasida joylashtiriladigan davlat qisqa muddatli zayomlari hisoblanadi. Pul tizimi - bu respublikada pul muomalasini reja asosida tashkil qilishdagi shakl va usullarni huquqiy normalar bilan tartibga solishdir. Pul tizimi rasmiy pul birligini, har xil turdagi davlat pul belgilarini, muomalaga pul chiqarish tartibi va uni ta'minlashni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyulda e'lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “SO‘M” muomalaga kiritildi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling