O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet182/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

5. Sudyalarning daxlsizligi. Bu prinsip sudyalar mustaqilligini ta'minlash, ishni xolisona ko‘rishga imkon yaratish, ularni ortiqcha chetdan bo‘ladigan xurujlardan, ta'sirlardan saqlashni yana bir vositasi, sudyalarni dahlsizligini Konstitutsiya va qonunlarda belgilanishidir.
Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi konunning 16-moddasida Konstitutsiyaviy sud sudyasining daxlsizligi belgilanib unga asosan, Konstitutsiyaviy sud sudyasi tegishli organlarning roziligisiz javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Bundan tashqari sudyalarni majburiy keltirish, ushlab turish, tintuv kilish mumkin emas. Ularga nisbatan jinoiy ish faqat Respublika Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atiladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 70-moddasi ham sudyalar dahlsizligiga tegishli bo‘lib, uning qoidalari, sudya dahlsizligini, turar joyga, xizmat binosiga, foydalanadigan transportga, aloqa vositalariga, xat-xabarlarga, unga tegishli ashyo va hujjatlarga taallukli ekanligini qayd qilgan.
Shu modda qoidasiga asosan sudyalarni xavfsizligini taminlash maqsadida, ularga Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi raislari va Adliya vaziri tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha o‘q otish qurollari berilishi mumkin.
Zarur holda sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratiladi.
Sudyalarga nisbatan jinoiy ish faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atiladi.
Sudyalar tegishli Oliy sud yoki Oliy xujalik sudi plenumining roziligi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tegishli malaka hay'atining roziligisiz mamuriy javobgarlikka ham tortilmaydi.
Sudyaning turar joyiga, xizmat xonasiga transportiga kirish, ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish ashyolarni olish, telefonda so‘zlashuvlarini eshitish, shaxsiy tintuv kilish, uni hujjatlari va ashyolarini kuzdan kechirish, olib quyish Qorakalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining ruxsati yoki sudining qarori bilan amalga oshiriladi.
6. Sud ishlarini oshkora ko‘rilishi. Konstitutsiyaning 113-moddasida “Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi”, – deb mustahkamlangan. Ishlarni yopiq majlisida tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Oshkoralik prinsipi sudlarda muhim ahamiyatli ishlarni ko‘rishda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishida ham ko‘rinadi. Suddagi qabul qilingan qaror va hukmlar haqida OAVda xabarlar berib boriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling