O xoshimov, S. Saidaxmedov
UZOQ VAQT ISHLASH REJIMIDA DVIGATEL QUVYATINI TANLASH
Download 3.46 Mb.
|
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
UZOQ VAQT ISHLASH REJIMIDA DVIGATEL QUVYATINI TANLASHO‘zgarmas yuklama va tezlik bilan uzoq vaqt (davomiy) ishlayotgan dvigatelning quvvatini tanlash ancha oson. Bunda dvigatelning nominal quvvati yuklamaning o‘rtacha quvvati bo‘yicha mexanik uzatmalardagi isroflari hisobga olgan holda aniqlanadi. Uzoq vaqt o‘zgaruvchan yuklama va mexanizmni tez-tez ishga tushirish va tormozlash rejimida ishlayotgan dvigatelning quvvatini hisoblash esa ancha qiyin. Bu holda nominal statik yuklamani dinamik jarayonlar hisobiga dvigatel chulg‘amini qizishini hisobga oladigan koeffitsiyentga ko‘paytirib dvigatel quvvati aniqlanadi. Keyinchalik aniq yuklama diagrammasini qurib, oldindan tanlangan dvigatel tekshiriladi. Aniq yuklama diagrammasi tok, moment va tezlikning vaqtga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Dvigatel to‘g‘ri tanlanganligini aniq baholaydigan usullardan biri bu o‘rtacha’isroflar usulidir. Bunda o‘rtacha isroflar nominal isroflardan kichik bo‘lishi kerak. Faqat shu shart bajarilsagina dvigatel chulg‘amlarining harorati mumkin bo‘lgan haroratdan ortib ketmaydi. Yuklanish diagrammasining ayrim qismlari uchun quyidagini aniqlash mumkin: Q = Qq (1 + 2')/2. (7.36) Shuni ta’kid1ash joizki, o‘zgaruvchan tezlikda ishlayotgan dvigatel uchun po‘1atdagi isroflar o‘zgaruvchan va tezlikda proporsional bo‘ladi. O‘rtacha isroflar formulasini quyidagicha yozish mumkin: Q• Z Q• !!!Z t„ (7.37) bu yerda: Q, — siklning bitta uchastkasidagi isroflar; I, — uchastka uzunligi. Dvigatel trapetsiya ko‘rinishidagi tezlik diagrammasi bo‘yicha ishlasa o‘rtacha isrof quyidagicha aniqlanadi: Qo‘r ' (II 1 Q2 2+ Q› 3) (7.38) bu yerda: Q va Q3 — ishga tushirish va tormozlashdagi isroflar, Q2 — o‘mati1gan rejimdagi isroflar ‹ . 2. ‹t va 4 — ish intervallari va pauzaning davomiyligi. Ko‘rib chiqilgan o‘rtacha isroflar usuli hisoblashlarda ko‘p vaqtni talab qiladi. Amaliyotda ekvivalent tok va ekvivalent moment usullari qo‘l1ani1adi. Yuklama mavjud bo‘1ganda dvigateldagi isroflar nominaldan farqli bo‘1adi, ya’ni Dvigatel qizimasdan normal ishlashi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak Ekvivalent tokka o‘xshash ekvivalent moment usulida uchastkadagi momentlar hisobga olinadi, ya’ni Dvigatelni tanlash sharti Mpzq@ Mek • (7.41) Bundan tashqari ekvivalent quvvat usuli ham bo‘lib, bu usul faqat o‘zgarmas tezlikda ishlayotgan yuritma uchun qo‘l1aniladi, bu holda, dvigatel quvvati uning momentiga proporsional bo‘ladi. (7.42) Dvigatelni tanlash sharti: Ppq P,z. Bu usullardan eng anig‘i ekvivalent tok bo‘lib, u yuritmadagi o‘tkinchi jarayonlarni aniq hisobga oladi. Ekvivalent moment usuli ekvivalent tok usuliga qaraganda aniqligi pastroq bo‘lib, u dvigatelni ishga tushirish va tormozlashdagi dinamik momentni hisobga oladi. Ekvivalent quvvat usulida o‘tkinchi jarayonlar hisobga olinmaydi. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling