O xoshimov, S. Saidaxmedov
Download 3.46 Mb.
|
Elektr yuritma asoslari. Xoshimov O, Saidaxmedov S
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 0.0. XOSHIMOV, S.S. SAIDAXMEDOV ELEKTR YURITMA ASOSLARI O’zhekiston Respublikasi Olf’y va o ’rta maxsus ta ’lim vazirlf’gi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT — 2010 31.261.2 X 71 O.O. Xoshimov, S.S. Saidaxmedov. Elektr yuritma asoslari. — T.: «Aloqachi», 2010, 208 bet. Darslikda elektr yuritma tizimidagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr dvigatellarining elektromexanik xususiyatlari, tavsiflari, ularning tezligini rostlash usullari, elektr yuritma dvigatellarining quvvatini hisoblash va tanlash usullari bayon qilingan, shuningdek, zamonaviy mikroprotsessorli elektr yuritmalarning tuzilishi va ish- lashi, energiya tejovchi elektr yuritmalarning qo‘llanishi to‘g‘risJda ma’lumotlar berilgan. BBK 31.261.2a73 Taqrizchilar: • N.M. Aripov — Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti professori, Texnika fanlari dottori; X.A. Alimov — texnika fanlari nomzodi, dotsent ‘*’ISBN 978-9943—32M3—7 O «Aloqachi» nashriyoti, 2010. KIRISH Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 60% dan ortiqrog‘i ish mexanizmini harakatga keltiruvchi avto- matlashtirilgan elektr yuritmalar tomonidan iste’mol qilinmoqda. Sanoat, qishloq xo‘ja1igi, kommunal va boshqa tarmoqlaming barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda quril- malardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr energiya mexanik energiyaga aylan- tiriladi. Yuritma energiyani ma’1um yo‘na1tiri1gan maqsadda o‘zgar- tirishi kerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik bosh- qaruv asosida erishiladi. Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlami maqsadga muvofiq boshqa- radigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizlmga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organ- larining me’yordn ishlashi uchun zarur bo‘1gan elektromagnit moment Âf yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik m yoki chiziqli tezlik v hamda ularga mos harakat yo‘na1ishi bo‘laklari Aa, AS kiradi. Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashinaning ish organ[ariga uzatish uchun mo‘ljallangan. Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakl- lantiradi. Kuchli o’zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi brian bog‘1ash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirislı uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllanti- rishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexa- nizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiya- larni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq. Download 3.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling