O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Do‘stlik. 0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksiya 
navi. Sobiq Ittifoq o ‘simlikshunoslik institutining □ 4706 namunasidan 
yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan.
Mualliflar: Saltas M.M., Burigina O.V., Bekmatova T.
1984-yildan Andijon, Buxoro, N am angan, Sam arqand, Sirdaryo
Toshkent, Farg‘ona viloyatlarining sug‘oriladigan yerlarida, don va yashil 
oziqa uchun davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.


Poyasining b o ‘yi 130 sm gacha, yashil, tukli. Barg qirralari butun, 
uchi o ‘tkir, bargliligi 45,0-55,0 %. Gullari mayda, oq, dukkagi to ‘q 
jigarrang, uchi urug‘li. Doni tuxumsimon, sariq, qora kertigi bor. 1000 
ta donining vazni 170,0 g. 1996-1999-sinov yillarida o ‘rtach a don 
hosildorligi Toshkent viloyati 0 ‘rtachirchiq nav sinash shoxobchasida 
gektaridan 26,4 sentnerni tashkil etdi.
Nav o ‘rtapishar, o ‘sish davri 160-165 kun. Oqsil miqdori 16,0-38,0 
%, yog‘ miqdori 20,0 %. Bakterioz bilan kuchsiz darajada zararlanadi.
Uzbekskaya-2. 0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutida 
mahalliy yashil soyadan tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Saltas M.M., Yugay T.L., Burigina O.V., Kogay M.T.
1981-yildan respublika b o ‘yicha sug‘oriladigan yerlarda davlat 
ro ‘yxatiga kiritilgan.
0 ‘sim likning b o ‘yi 115 sm gacha. Bargi uch bargli, uzunchoq
tuxumsimon, cheti tishchali, uchi to ‘mtoq. Poyasi sariq-yashil tukli. 
Dukkagi uzunchoq, yapaloq, uchi o ‘tkir, jigarrang-sariq, sertuk. Doni 
tuxumsimon, yaltiroq, sariq, ayrim hollarda yashil.
T o sh k en t vilo yati 0 ‘rtac h irch iq nav sinash shoxobchasi 
m a ’lum otlariga k o ‘ra, 1996-1998-yillari o ‘rtac h a don hosildorligi 
gektaridan 23,8 sentnerni tashkil etdi. 1000 ta donining vazni 186,5 g. 
Nav o ‘rtapishar, o ‘sish davri 162 kun. Donidagi oqsil miqdori 17,0-39,0 
%, yog‘ miqdori 20,2 %. Nav mexanizm bilan o ‘rishga yaroqli. Qishloq 
xo‘jalik kasalliklari va hasharotlariga chidamli.
Uzbekskaya-6. 0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining 
seleksiya navi. Sobiq Ittifo q o ‘sim likshunoslik institutining П6124 
(AQSH) namunasidan yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Tulaganov N., Kerimkulov B., Aripov D.
1988-yildan respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarda don va yashil 
oziqa uchun davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.
0 ‘simlik butsimon, serbarg. Poyasining bo‘yi 170 sm gacha, yashil, oq 
tuklari bor. Barglarining shakli dumaloq, rangi to‘q yashil, barg uchi o‘tkir.
T o‘pguli shingil, gul poyasi kalta. Guli oq, mayda, gul bandida 8-10 
ta gul bor. Dukkagi och sariq, sertuk, 3 donli. Shakli dumaloq, uchi 
kichik. D oni yirik, tuxumsimon, oqish-sariq, kertim i och jigarrang. 
Donining usti silliq, yaltiroq. 1996-1998-sinov yillarida Toshkent viloyati 
0 ‘rtachirchiq nav sinash shoxobchasida o ‘rtach a don hosildorligi 
gektaridan 31,4 sentnerni tashkil etdi. 1000 ta donining vazni 180,4 g.



Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling