O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

hosildorligi.
2. Tariqning botanik ta ’rifi va navlari.
3. Tariq yetishtirish texnologiyasini tushuntiring.


3.7. Sholi
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
Sholi qimmatbaho yorma ekini b o ‘lib, 
ekin maydonlari b o ‘yicha dunyoda bug‘doy ekinidan keyingi ikkinchi 
o ‘rinda va yalpi hosili bo‘yicha bug‘doydan yuqori o ‘rinda turadi. Yer 
yuzidagi ko‘pgina mamlakatlarda sholi eng qadimgi oziq-ovqat ekinlaridan 
biri hisoblanadi. Sholi Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, 
Vetnam va ayniqsa, tropik iqlimli mamlakatlarda yashovchi aholining 
asosiy oziq-ovqat mahsulotidir. Dunyo dehqonchiligida sholi 153,52 mln. 
gektar (2003-yil, FAO m a’lumoti) maydonga ekiladi. 0 ‘rtacha hosildorligi 
gektaridan 38,3 sentnerga teng. Sholi guruchi to ‘yimliligi, tez hazm bo‘lishi 
bilan ajralib turadi. Guruchning 96 foizi inson organizmida hazm boiadi. 
Sholi tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,7 % oqsil, 0,4 % 
yog‘, 2,2% kleychatka, 0,5 % qand moddalari va 14 % suv bor. Guruchdan 
tayyorlanadigan ovqat juda tez pishadi, odam organizmida u boshqa 
yormalarga qaraganda tez hazm b o iad i va to ‘liq o‘zlashadi. Guruchning 
quw ati 3594 ga, bug‘doyda esa 6310 ga teng. Sholi dunyo bozorida yuqori 
baholanadi. Masalan, 2000-yilda jahon bozorida 1 tonna sholi 263 dollarga, 
1 tonna bug‘doy 161 dollarga, 1 tonna makkajo‘xori 142 dollarga, 1 tonna 
arpa 138 dollarga sotilgan.
Sholining maydasi - oqushogidan spirt, aroqning alohida turi (sake), 
pivo tayyorlanadi va kraxmal olinadi.
G uruch kraxm ali to ‘qim achilik sanoati, parfyum eriya, tibbiyot 
sohasida ko‘p ishlatiladi. Sholi kepagi qoramollar va cho‘chqalar uchun 
to ‘yimli oziqa hisoblanib, uning tarkibida k o ‘pgina mineral tuzlar, 
fosforli birikmalar b oiadi. Ularda yosh mollarning oziqlanishi uchun 
ju d a muhim b o ig a n fosfor organik birikm alar - fitin, letsitin kabi 
m oddalar mavjud. Sholi poxoli yem-xashak sifatida chorvachilikda 
ishlatiladi. 1 kg poxolida 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi bor. Bundan 
tashqari sholi poxoli kiyim-kechak sanoati, oyoq kiyimi, ip, qop, qog‘oz 
va karton tayyorlashda ishlatiladi.
Undan bosh kiyimi, xonada kiyiladigan oyoq kiyimi, bordon, sumka, 
palos va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi. Sholi poxolida 1 
% protein, 0,55 moy, 30 % uglevod bor. Sholi poxoli o ‘g‘it sifatida ham 
ishlatiladi, chunki 1 t poxolda 8 kg azot, 1 kg fosfor, 12 kg kaliy mavjud.
Sholi yerning meliorativ holatini yaxshilovchi qimmatli o ‘simliklar 
guruhiga kiradi. Sholipoyalarga uzoq vaqt suv bostirib q o ‘yish bilan


tuproqning sho‘ri yuviladi. Natijada bunday yerlarga g‘o ‘za va boshqa 
ekinlar ekish imkoniyati tugiladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling