Sholining kelib chiqishi va tarqalgan
tumanlar
Sholining kelib chiqish markazi janubiy Osiyo hisoblanadi. Akademik
N .I. Vavilov sholi H indistondan kelib chiqqanligi to ‘g‘risida yozadi.
Mashhur sholikor olim G.G. Gushchin ham, sholi kelib chiqqan dastlabki
mamlakat markaziy Hindiston degan xulosaga kelgan. Akademik P.M.
Jukovskiy madaniy sholining asosiy turi (Orira sotiva)ning vatani janubi-
sharqiy Osiyoning tropik mamlakatlari, deb tasdiqlaydi. Lekin boshqalar
madaniy sholi - Oriza globerrima (po‘stsiz sholi) mustaqil ravishda Afrika
tropiklarida madaniylashgan, deb hisoblaydi.
Sholi yetishtirish to ‘g‘risidagi dastlabki m a’lum otlar eramizgacha
bo‘lgan 2800-yillardagi qadimgi Xitoy qo‘lyozmalarida uchraydi.
Markaziy Osiyoda sholi qadimgi Panjob (Hindiston)dan tarqalgan.
Q oraqalpogistonda sholi taxminan 2000-yildan beri m a’lum. Shunday
qilib, Markaziy Osiyo va Kavkazorti respublikalari ham sholining qadimgi
vatani hisoblanadi.
Sistematikasi.
Sholi tasnifi ustida ko ‘pgina tadqiqotchilar ish olib
borgan. Sholini o ‘z ichiga oladigan Oryra L avlodining hozir 28 ta turi
bor. Shularning 2 turi ekiladi. Ekma sholi (O. Sotiva L) va p o ‘stsiz
(yalang‘och) sholi (O. globerrima Stcud) ekiladi. Qolgan turlari bir yillik
va k o ‘p yillik yovvoyi o ‘simliklar b o iib , doni yetilmasidan to ‘kilib
ketishi bilan ajralib turadi va asosan tropik kengliklarda uchraydi.
Ekma sholining 2 ta kenja turi bor:
1. Oddiy sholi (subsp communis Gust);
2. Kalta donli sholi (Susbp. Brevis Gust).
Oddiy sholi bilan kalta donli sholi bir-biridan doniga qarab farq
qiladi. Oddiy sholi donining uzunligi 5-7 mm, kalta donli sholi donining
uzunligi 4 mm gacha boiadi. Oddiy sholining kenja turi o ‘z navbatida 2
ta tarmoqqa boiinadi (19-rasm):
1. Hind sholisi (indica);
Do'stlaringiz bilan baham: |