O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

2.KUZGI DON EKINLARI
D o n ekinlari ik k ita biologik guruh: kuzgi va bahorgi gu ruhlarg a 
b o iin a d i. 0 ‘zbekiston sharoitida ham kuzgi, ham bahorgi ekiladigan 
shakllari bor, bular yarim kuzgi navlar deyiladi.
Kuzgi don ekinlari (bug‘doy, arpa, javdar) kuzda ekiladi va keyingi 
yilning yozida hosil yetiladi. Bahorgi don ekinlari (bug‘doy, arpa, suli, 
javdar, m akkajo‘xori, j o ‘xori, sholi, tariq) bahorda ekiladi va hosil shu 
yilning yozida yoki kuzida yetiladi. Bu guruh biologik xususiyati b o ‘yicha 
farq qiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini 1-10°C da 20-50 
kun m obaynida o ‘tkazadi. Bu ekinlar bah ord a ekilsa, hosil bermaydi. 
B ahorgi d o n ek inlari y aro v izatsiy a d av rin i 5-20°C da 7-20 k u n d a
o ‘tkazadi, shuning uchun bu o ‘simliklar bahorda ekiladi.
H am kuzda, ham bahorda ekiladigan duvarak o ‘simliklar yarovizatsiya 
davrini 3-15°C da o ‘tkazadi, bu o ‘simliklar bahorda va kuzda ekiladi.
Ish la b c h iq a ris h d a d o n e k in la rin in g b u b io lo g ik g u ru h la rid a n
fo y d alanish anch a afzal. K uzgi d o n ek in lari kuzgi va e rta b a h o rg i 
y o g ‘in g a rc h ilik s u v la rid a n va tu p ro q n in g u n u m d o rlig id a n t o ‘la 
oziqlanadi, hosil ancha yuqori b o ia d i (10-15%). Kuzgi don ekinlarining 
hosili bahorgiga nisbatan oldin yetiladi (7-15 kun) va hosil yig‘ish ishlarini 
tashkil qilishga ancha qulaylik yaratadi.
Kuzgi arpa bahorgi arpaga nisbatan 8-12 kun, kuzgi bug‘doy bahorgi 
b u g ‘doyga n isb a ta n 8-10 kun o ld in pishadi. U m um an kuzgi g ‘alla


ekinlarini b ah o rg ilarg a q ara g a n d a e rta ro q yig‘ishtirib olish ularning 
o ‘rn ig a ek ila d ig a n ek in lar u ch u n yerni b a rv a q t ta y y o rla b q o ‘yish 
im konini beradi.
Kuzda ekilgan don ekinlari kuzgi, qishki, bahorgi nam zaxiralari, oziqa 
m oddalaridan bahorgi g‘alla ekinlariga nisbatan yaxshi oziqlanadi. Kuz 
dav rida eng qulay m u d d atlard a ekilsa, yaxshi rivojlanadi, tuplanadi
bahorda haroratning k o ‘tarilishi bilan o ‘sish organlarining tuplanishini 
jadallashtiradi, yuqori harorat, garmsel, tuproq va havoning quruqligidan 
kam zararlanadi. Shuning uchun kuzda ekilgan don ekinlari bahorgi don 
ekinlariga nisbatan sug‘oriladigan va lalmikor yerlarda yuqori hosil beradi.
K uzgi don ekinlari hosili yig‘ib olingandan keyin sug‘oriladigan 
yerlarda angizga m akkajo‘xori va j o ‘xori don ham da silos uchun, tariq, 
m arjum ak, m osh olish uchun o ‘stirilishi mumkin. Shuningdek, angizda 
kartoshka, poliz ekinlari yetishtirish m umkin. Sug‘oriladigan yerlardan 
unum li foydalanish, bir yilda 2-3 m arta hosil olish, o ‘simlikshunoslikni 
intensivlashga, yetishtirilayotgan yalpi don va boshqa qishloq xo ‘jalik 
m ahsulotlarini oshirishga im kon beradi.
Kuzgi don ekinlari ekilganda, bahordagi ishlarning bir qismi kuzda 
bajariladi, m avjud texnika va mineral o ‘g‘itlardan ratsional foydalaniladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling