deb aytiladi. Bu xildagi poya vertikal holatini yaxshi saqlaydi va kamroq
egiladi.
Ildizi tuproqqa 1 m gacha chuqur kirib boradigan o‘q ildiz.
Barglari 2-3 juft bargcha chiqariladigan juft patsimon murakkab barg,
ular jingalaklar bilan tugaydi va yirik yon bargchalar chiqaradi.
26-rasm.
K o‘k rvo'xat.
1-dukkakli о ‘simliklar urug ‘ining tuzilishi; po ‘stli urug'
(A );p o 'stsiz (V), bitta urug'pallasi olingani (D ); a-urug' dastasi (kindigi);
b-dastaning izi; d-xalaza; e-ildizcha; f-urug‘palla; g-ildizcha; h-kurtakcha; 2-turli
rangdagi urug'lar; 3-chirish (a) va don uchun ekiladigan (b) к о ‘k no ‘xat mevalari;
4-oddiy (a), shtamb (b) va yarim shtamb (d) poyali о ‘simliklar
Gullari yirik, gultojisi har xil rangda, gul bandda bitta yoki ikkitadan,
poyasi yo‘g‘on navlarda esa ko‘pincha uch-yettitadan bo‘lib joylashadi.
Dukkaklari 3-10 ta urug‘ tugadi, to ‘g‘ri
yoki egilgan, xanjarsimon
yoki tasbehsimon, ko‘pincha sariq rangda bo‘ladi. Dukkaklari yetilganda
chatnab ketadi.
U rug‘i k o ‘pincha yirik, yumaloq, burchakli
yoki burchakli-kvadrat
shaklda, yuzi silliq yoki burishgan bo‘ladi.
Donning rangi har xil oqdan qoragacha boiadi. 1000 donasining vazni
40 g dan 400 g gacha, o'rtacha 150-250 g gacha yetadi.
N o'xatning kenja turlari quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi (18-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: