O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet179/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Biologik xususiyatlari. Loviya o ‘z biologiyasiga ko‘ra issiqsevar o ‘simlik 
hisoblanadi, rivojlanishi uchun k atta miqdorda issiqlik talab qiladi. 
U r u g ia r i 10°C da unib chiqadi, m aysalari 12-15°C shakllanadi. 
U rug‘ining unishi uchun yetarli harorat 15-20°C hisoblanib, sovuqlar 
tushishi bilan voyaga yetgan o ‘simliklar nobud boiadi.
Yosh maysalari katta o ‘simlikka nisbatan sovuqdan ko‘p zararlanadi. 
Loviya havo qurg‘oqchiligiga qaraganda tuproq qurg‘oqchiligida keskin 
kamayib ketadi.


T o sh k en t v ilo y atid a e rta va o ‘rta p ish a r loviya n avlari yaxshi 
rivojlanishi uchun o ‘suv davrida uch marta, kechpishar navlari esa 4-5 
m arta sug‘oriladi. Loviyaning o ‘rtacha hosildorligi gektariga 28-30 s.
Loviya yoruqqa talabchan qisqa kun o ‘simligi hisoblanadi. Soya 
joylarda ham yaxshi o ‘sadi. Ekish muddati kechiksa, o ‘simlikning o ‘suv 
davri qisqarib boradi.
Loviya boshqa dukkakli o ‘simliklarga qaraganda tuproqqa unchalik 
talabchan emas. Turli xil qora, qumoq, soz, bo‘z va boshqa xil tuproqlarda 
yaxshi o ‘sadi.
Yetishtirish usullari. Loviya dukkaklilar oilasiga mansub bo‘lganligi 
uchun k o ‘p o ‘simliklarga yaxshi o ‘tmishdosh hisoblanadi. Loviyaning 
o ‘zi uchun qator oralari ishlanadigan o ‘simliklar yaxshi o ‘tmishdosh 
hisoblanadi. M asalan, paxta, kartoshka, kungaboqar keyin ekilganda 
dalalar begona o ‘tlardan toza bo‘ladi va o ‘simlikning o‘sib rivojlanishi 
uchun qulay sharoit vujudga keladi.
Loviya, sabzavot va poliz ekinlaridan keyin ekilganda nematoda bilan 
kasallanishi kuzatiladi.
Loviya o‘z ildizlaridagi tuganak bakteriyalar orqali tuproqni m a’lum 
miqdorda sof azotga, bundan tashqari ildiz va poya qoldiqlari tuproqni 
organik moddalarga boyitadi.
Markaziy Osiyo sharoitida loviyani asosan takroriy ekin sifatida yoki 
angizga ekish maqsadga muvofiqdir. Kuzgi yoki bahorgi don ekinlaridan 
keyin ekilganda yerni yaxshilab tayyorlash lozim. Buning uchun yer 
namlanib sug‘oriladi va nam qochmasdan darhol chizellanadi. Tuproqqa 
solingan mineral o ‘g‘itning 90-95 % ini qisqa davrda o ‘zlashtirib oladi. 
Barcha dukkaklilar kabi loviya unumdor qora tuproqlarda yaxshi o ‘sadi. 
Loviya ekiladigan yerlarga gektariga 15-20 tonna go‘ng solinishi lozim.
Loviya m ineral o ‘g ‘itlardan fosforli o ‘g ‘itlarga talabchan, azotli 
o‘g‘itlaming m a’lum bir qismini o ‘zi to ‘playdi. Bizning mamlakatimizdagi 
tuproqlarda kaliy miqdori nisbatan yuqori. Fosforga b o igan talabni esa 
faqat tuproqqa solingan o ‘g‘it orqali qondirish mumkin. Fosforli o‘g‘itlami 
gektariga 45-60 kg (sof holda), kaliyli o‘g‘itlami 30-45 kg, azotli o‘g‘itlami 
15-25 kg miqdorda solish mumkin. Loviya ildizlarida tuganak bakteriyalar 
hosil qilishga qaramasdan, ekishdan oldin urug‘lar nitragin bilan aralashtirib 
ekiladi, bu vaqtda olinadigan hosil 20-25 % ortiqcha boiadi.
Loviyaning yana bir xususiyati kulga talabchan b o ia d i. Agar 
ekiladigan maydonlarga gektariga 4-6 s kul solinsa, hosildorlik sezilarli


darajada oshadi. Loviya ekiladigan tuproqlar sifatli ishlanishi lozim. Agar 
loviya erta bahorda ekiladigan b o isa, kuzgi shudgorni imkon boricha 
barvaqt o ‘tkazish va fosforli ham da organik o ‘g‘itlar bilan o ‘g‘itlash 
lozim.
Ekishdan oldin yerni boronalash, mola bosish va kultivatsiya qilish 
kerak. Takroriy ekin sifatida ekilganda chizellab, begona o ‘tlar ko‘paygan 
b o isa, kultivatsiya qilinadi.
Loviya bizning sharoitim izda faqat sug‘oriladigan m aydonlarda 
o ‘stiriladi, o ‘sib rivojlanishi va hosil berishi uchun o ‘suv davrida 3000 
m 3 suv talab qiladi. Takroriy ekilganda ekishdan oldin sug‘orib ekiladi. 
Shunda nihollar to iiq unib chiqadi. Ikkinchi sug‘orish g ‘unchalash 
davrida, uchinchisi gullashda o ‘tkaziladi. Loviya har 15-20 kunda 
sug‘oriladi. Bahorda ekilgan loviya maydonlari to ‘rt marta, angizga yoki 
takroriy ekilgan paytda uch marta sug‘oriladi.
Loviya u ru g ia ri ekishdan oldin sara xillarga singani, bujmaygan 
puchlari boshqa turlarga ajratiladi.
Ekiladigan loviya uru g iari sogiom , begona o ‘t urugiaridan toza va 
unuvchanligi yuqori boiishi lozim. Ekishdan oldin uru g iam i (1 s urug‘ 
uchun 150-200 g hisobida) TMTD preparat bilan dorilash lozim.
U ru g ia r qishi bilan nam tortgan b o isa, ekishdan oldin qizdirilishi 
kerak.
Jan u b iy tu m a n la rd a ap rel oyining ikkinchi yarm i, shim oliy 
tum anlarda esa may oyining boshlarida ekish mumkin. Loviya keng 
qatorlab ekiladi. Q ator oralari 60-70 sm kenglikda b o ia d i. Loviya 
uru g iari SPCH-6 rusumli seyalkalarda ekiladi. Ekish me’yori urug‘ning 
hajmi, navi va ekish usuliga qarab o ‘zgarib turadi. Ekish me’yori gektariga 
40-50 kg. Bir metr uzunlikka 6-8 dona urug‘ tushishi lozim. Loviya urug‘ 
palla barglarini yer betiga k o ‘tarib chiqqanligi uchun yuzaroq ekilishi 
kerak. Agar tuproq g‘ovak, qumoq boisa, u ru g iar 6-8 sm chuqurlikka 
ekiladi.
Loviya m aysalari unib ch iq q an id an keyin yuqori agrotexnika 
qoidalariga asosan parvarish qilinishi kerak. Hamma u ru g iar to iiq unib 
chiqqach, qator hosil boiganidan keyin birinchi kultivatsiya o‘tkaziladi. 
Kultivatsiya chuqurligi 5-7 sm b oiish i lozim. 0 ‘suv davrida 3 marta 
kultivatsiya o ‘tkaziladi. Kultivatsiya o ralig i 12-15 kun boiishi kerak, 
har galgi sug‘orishdan so‘ng 30-35 kg fosforli va 20-22 kg kaliyli o ‘g‘itlar 
beriladi. Nihollar bir-biriga tutashib ketganda kultivatsiya qilinmaydi.


Loviya pastki barglari sarg‘aya boshlab, dukkaklari 60 % yetilganda 
yig‘ishtirishga kirishiladi. Loviya u ru g ia ri bir tekisda pishib yetiladi. 
Shuning uchun poyaning yuqori qismidagi urugiarning pishib yetilishi 
kutilmaydi. Aks holda pastki dukkaklar chatnab yorilib ketadi. Loviya 
duk k ak lari to 'k ilib nobud b o im a slig i uchun u r u g ia r toza pishib 
yetilm asd an oldin SK-4 k o m b a y n lari b ilan y ig ‘ish tirib olinadi. 
D ukkaklarning chatnab, u ru g iarn in g to ‘kilishini kam aytirish uchun 
aw al JBA-3,5 rusumli o ‘ruv mashinalarida yanchiladi. Kombaynni ishga 
tushirgach, barabanlarning aylanishi daqiqasiga 400 martaga tushirilishi 
kerak. Aks holda u ru g ia rn i m aydalab, sindirib yuboradi. 0 ‘ruvchi 
o ‘ro q la r eng p astk i n u q ta sig a tu sh irila d i. L oviya u r u g ia r in i 
yig‘ishtiradigan maxsus tajribaga ega boiishi shart.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling