O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet182/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Yetishtirish usuli. Yasmiq dukkakli o ‘simliklar ichida oim ishdosh 
ekinga talabchan hisoblanadi. Kartoshka kabi qator orasi ishlanadigan 
o ‘simliklardan keyin ekilishi lozim. Agar begona o ‘tlar ko‘p bo isa, yasmiq 
sust rivojlanadi. Yasmiqdan keyin tariq, suli, kartoshka o ‘simliklari 
ekilganda hosildorlik yuqori boiadi. M a’lumotlarga ko‘ra, kuzgi bug‘doy 
hosili yasm iqdan keyin ekilganda, a n g ‘izdan keyin ekilgandagiga 
qaraganda 8,2 sentnerga nisbatan past b o iib , hasharot va kasalliklar 
bilan ko‘p zararlangan.
Yasmiq ekilgan maydon yaxshilab haydaladi. Kuzda yer 28-30 sm 
chuqurlikda haydalib, gektariga 10-15 tonnadan go‘ng solinishi va 
yasmiq talab qiladigan fosforli o ‘g‘itning 75 % i berilishi lozim. Kuzda 
yer PYA-6-35 rusumli olti korpusli plug bilan haydaladi. Agarda yasmiq- 
kuzgi don ekinlaridan keyin ekilsa, lushilnik bilan yerda qolgan ildizlar 
eziladi.


Yasmiq boshqa ekinlarga nisbatan mineral va organik o ‘g ‘itlarga 
talabchandir. Yasmiq ildizlaridagi tuganak bakteriya orqali havoda sof 
azotni o ‘zlashtiradi. Yasmiq ekishdan oldin urugiari nitraginlanishi lozim, 
aks holda ildizlarida tuganaklar hosil bo‘lmaydi. Agar tuproqda yasmiqning 
tuganak bakteriyalari b o is a , unib chiqqanidan 15-20 kun o ‘tgach, 
tuganaklar hosil boiadi. Ammo bu vaqtda o ‘sish sekinlashadi, ya’ni o‘zini 
azot bilan ta ’minlay olmaydi. 0 ‘tkazilgan tajribalardan m a’lumki, 
yasm iqning tu p ro q d a m uqim tu g an ak lari b o iis h ig a q aram asdan, 
nitraginlanib ekilganda hosildorlik yuqori boiadi. Chunki bakteriyalar 
noqulay sharoitlar ta ’sirida kamayib ketishi yoki kam boiishi mumkin. 
Nitraginlangandan so‘ng bakteriyalar faollashib, o‘simlik o‘zini batamom 
azot bilan ta ’minlaydi. Barcha dukkakli o ‘simliklar kabi yasmiq fosforli 
o ‘g‘itlarga talabchan b o ia d i.. A kadem ik I.V. Y akushkinning izoh 
berishicha, yasmiq yerga chuqur kirgan ildiz sistemasi orqali tuproqdan 
k o ‘plab fosforni o ‘zlashtirib oladi. Tajribalarga k o ‘ra, fosforli o ‘g‘it 
berilgandan keyin hosildorlik 16-19 foizga oshadi. Agar yasmiq takroriy 
yoki ang‘izga ekilgan boisa, azotli o‘g‘it berilmaydi.
E rta bah o rda ekilgan b o is a , gektariga 60 kg R 20 3, 30 kg K 20
miqdorda o ‘g‘it berish lozim. Ekilgandan keyin ikkinchi kultivatsiya bilan 
15 kg azotli, 30 kg fosforli o ‘g‘itlar beriladi.
Nitraginlangan boisa, azot miqdori ikki baravar oshiriladi.
U ru g 1 ekilganda saralangan, begona o ‘tlar va boshqa q o ‘shim- 
chalardan tozalangan boiishi lozim. Urug‘ning unuvchanligi urug‘ uchun 
ekilganda 1-sinf u ru g ia r, yem-xashak uchun ekilganda esa 2-3-sinf 
uru g iar ekiladi.
Yasmiq imkoni boricha erta bahorda ekilishi lozim. Tajribalarga ko‘ra, 
faqat erta bahorda ekilgan yasmiqlargina yuqori hosil beradi. Bahorda 
ekilgan yasmiq o ‘simligining tupi baquvvat, u ru g ia ri yirik b o ia d i. 
Yasmiqning ekish muddatini to ‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. 
Bahorda 10 kun keyin ekilganda ham hosildorlik 4-5 sentnerga kamayadi.
Respublikamizning janubiy mintaqalarida yasmiqni kech kuzda ham 
ekish mumkin. Chunki yasmiq sovuqqa chidamli, kech kuzda ekilganda 
iyun oyida yigishtirib olinadi. Yasmiq ekishning eng yaxshi usuli keng 
qatorlab ekishdir. Tajribalar yasmiqning qator orasi 33-45 sm kenglikda 
ekish yaxshi natija berishini tasdiqlaydi. Qator oralari 60 sm boiganda 
o ‘simlik uchun zarur b o ig a n namlik, oziqa moddalarning fotosintez 
jarayoni me’yoriy sharoitda boradi. Qator oralari 2-3 marta kultivatsiya


qilinadi, natijada begona o‘tlar kamayadi, qator oralari zarur b o ‘lgan 
mineral moddalar bilan qo'shimcha oziqlantiriladi.
Yasmiqning ekish me’yori urug‘ning yirikligi, tuproq iqlim sharoitiga 
bog‘liq. Yirik urug‘li turlarining gektariga 100-140 kg, mayda urug‘liga 
esa 70-100 kg sarflab ekiladi. Namlik yuqori, unumdorligi past tuproqda 
ekish me’yori 15-20 foizga oshirilsa, qurg‘oqchil tumanlarida unumdorligi 
yuqori tuproqlarda ekish me’yori 15 foizga kamaytiriladi. Ekish chuqurligi 
tuproqdagi nam miqdori, havo haroratiga qarab 4-5 sm bo‘ladi. Yengil 
qumoq va quruq tuproqlarda urug‘lar 6-7 sm chuqurlikka tashlanadi.
Yasmiq urug‘i sabzavot va makkajo‘xori urugiari ekadigan seyalkalarda 
ekiladi. Yasmiq ekilgandan keyin qatqaloq hosil boisa, tishli boronalar bilan 
qatqaloq yumshatiladi. Nishlagan boisa, o ‘simlik unib chiqquncha dalaga 
hech qanday agregat kiritilmaydi. Yasmiqning bo‘yi 5-6 sm boigandan keyin 
yuza borona qilinadi. Aks holda unib chiqqan maysalar yulinib ketadi. Begona 
o‘tlar dalada juda ko‘p bo‘lsa, o‘simlikning bo‘yi 8-10 sm boigandan keyin 
kultivatsiya qilinadi. Qator oralarini yumshatib, begona o‘tlami yo‘q qilish 
tuproqdagi havo rejimini yaxshilab, tuganak bakteriyalarining yashashi uchun 
ham qulay sharoit vujudga keltiradi. Yasmiq qatorlari bir-biriga qo‘shilgandan 
keyin qator oralariga ishlov berish to‘xtatiladi.
Yasmiqning rivojlanish jarayonida 3-4 m arta sug'oriladi. Sug‘orish 
me’yori gektariga 300-400 m 3 bo iib , agar suv chuqur b o isa, sug‘orish 
m e’yori oshiriladi.
Pishib yetilgan dukkaklar tezda yiglshtirib olinmasa, hosilning ko‘pi 
to ‘kilib ketadi, rangi o ‘zgarib xunuklashadi. A garda u r u g ia r erta 
yiglshtirib olinsa, chala pishgan, ljujmaygan sifatsiz u ru g iar olinadi.
Yasmiqning yashil rangli u ru g ia ri yuqori baholanadi. Poyaning 
pastdagi barglari sarg‘ayib to ‘kilib, dukkaklari qota boshlagandan keyin 
yasmiq o ‘simligi yiglshtirib olinadi. SK-5 NIVA va Keys kombaynlarida 
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladi. Yasmiq yigishtirishni kechiktirmay, qisqa 
m uddatda o ‘tkazish lozim. K om bayn barabanlari, don kiruvchi va 
chiquvchi zazorlari moslashtirilishi shart. 0 ‘roqlar eng pastki o lis h
nuqtasigacha tushiriladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling