O 'z b e k I t o n r e s p u b L i k a s I o L i y


San bug'latkich kristallizatorida temir sulfat kristallarini olish


Download 39.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana30.09.2017
Hajmi39.54 Kb.
#16837
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

 San bug'latkich kristallizatorida temir sulfat kristallarini olish 
chizmasi: 
1,  9 —
 sig‘imlar; 
2 —
 yig‘gich; 
3 —
 bug‘latkich  qurilma;
4 —
 parrak;  5 — separator; 
6 —
 cho‘ktiruvchi  bak;  7 — filtr; 
8,  10—
  nasoslar.

ko‘p  ishlatiladi,  chunki  ko'pgina tuzlam ing  eruvchanligi  harorat 
pasayishi sababli  kamayadi.
K ristallar  faqat  to‘yingan  eritm alardan  ajraladi.  Eritm aning 
o‘ta to'yinishi o‘ta to‘yingan eritma konsentratsiyasi cn  va to‘yingan 
eritm a  konsentratsiyalari  c*  orasidagi  farq  bilan,  nisbiy to'yinish 
(c — c*)/c*  yoki  to ‘yinish  koeffitsiyenti  c(/c*  bilan  tavsiflanadi.
Kristallarning hosil bo‘lishi  ikki bosqichdan iborat:  1) to'yinib  
ketgan  eritm ada  kristallanish  markazlari  —  kristall  donachalari- 
ning  paydo  bo'lishi  va 
2
)  shu  donachalar  asosida  kristallarning 
o‘sishi.
Eritm aning  hajm  birligida  va  m a’lum   vaqt  oralig‘ida  hosil 
bo‘ladigan  kristall  donachalari  soni  quyidagi  form uladan  to pi­
ladi:
I= K cxp[- A / (R T )] 
y o k i
  I = K xp[- B / ln
2
(c / c * )],
bu yerda, 
K —
 proporsionallik koeffitsiyenti; 
A
 — kristall donacha- 
larining  hosil  bo'lishi; 
R
 — universal  gaz  doim iysi; 
T
— harorat; 
В
 — sistemaning xossa va parametriga bog'liq koeffitsiyent.
K ristall donacha hosil bo'lishi uchun  ish qancha kam bo'lsa, 
uning hosil bo'lishi ehtim oli shuncha ko'p.  Sfera shaklidagi  kristall 
donacha uchun hosil bo'lish  ishi  quyidagiga teng:
A   =  4/Злг2ст
O 'ta to'yingan eritma bilan muvozanatda bo'lgan kristall dona- 
chasi  o'lcham i to'yinish darajasi logarifmiga teskari proporsional:
r   =
  2ct  M / [p R T  
l n ( c ' / c * ) ] ,
bu yerda, 
r —
 donacha o'lcham i;  a  —  sirt taranglik  koeffitsiyenti, 
M —
 qattiq  fazaning  m olyar massasi,  p —  modda  zichligi.
D onachaning hosil bo'lish tezligi  quyidagi em pirik bog'liqlik 
orqali topiladi:
I = K t{ c   —  c * ) m
bu yerda, 
K {  —
 proporsionallik koeffitsiyenti, 
m
 =  3,5—4,5  (tajri- 
balardan topiladi).
Olinayotgan kristallarning o'lcham i donachaning hosil bo'lishi 
tezligi  va  kristallarning  ko'payish  tezligi  o'rtasidagi  o'zaro  nis- 
12 — S. M. Turobjonov va b. 
177

batga  bog'liq.  Agar  donacha  hosil  bo'lish  tezligi  nisbatan  katta 
boMsa,  mayda  kristallar  ko‘p  hosil  bo‘ladi.  Y irik   kristallar  oson 
filtrlanadi,  tindiriladi,  namligi  kam  bo'ladi,  oson  quritiladi.
Eruvchanligi  musbat  koeffitsiyentii  eritm alar  kristallanishi 
uchun havoli yoki suvli sovituvchi kristallizatorlar ishlatiladi.  U la r­
ning  quyidagi  turlari  mavjud:
1) 
A r a la sh tirg ic h li  r e z e r v u a r la r
 qobiq,  burama  naycha,  trub- 
kali  sovitkich  bilan  jihozlangan.  U lard a  sovitish  suv,  suyuq 
am m iak,  sovituvchi  namakob  yordam ida  am alga  o sh irilad i. 
Q urilm alarning  kam chiligi  sovituvchi  yuzaning  kristallar  bilan 
qoplanishi.
2) 
S h n e k li  k r is ta lliz a to r la r
  uzunligi  12— 25  m  va  kengligi
0,5—0,7 m boMgan, uncha katta boMmagan burchak ostida o‘matilgan 
yumaloq tagli tamovdan iborat. Eritm a suv yordamida qobiq orqali 
sovitiladi. Cho'kkan kristallar shnek yordamida aralashtiriladi.
3) 
V a k u u m li  k r is ta lliz a to r la r
  bir  va  ko‘p  bosqichli  bo'lishi 
mumkin.  U la r aralashtirgichli,  sirkulatsion  nasosli,  kristalli  sus- 
penziyalarni  quyuqlashtiruvchi  sinflovchi  uskunalar  bilan jihoz- 
lanishi  mumkin.
4) 
B a r a b a n li  a y la n u v c h i  k r is ta lliz a to m
ing  uzunligi  20  m  va 
diam etri  1,5  m boMadi. Aylanish tezligi 0,3 ayl/daq gacha boMadi. 
K ristallar  aylanuvchi  barabanning  ichki  yuzasida  hosil  boMib, 
zanjir yordam ida  olib tashlanadi.  Suv bilan  sovitish  qobiq  orqali 
amalga oshadi.  Havo bilan sovitishda uni baraban ichiga beriladi, 
bu yerda havo eritmaga qarama-qarshi yo'naladi.
Quritish. 
Oqova  suvdan  quruq  moddani  ajratib  olish  uchun 
purkovchi quritgichlar ishlatiladi.  Bunday quritgichlarda suspen­
ziya yoki kolloid eritma oMchami  10—50  mkm gacha boMgan tom- 
chilar holatida sachratiladi.  U la r quritgich hajmida issiq havo yoki 
o ‘txona gazlari oqimiga tushadi.  Quritish kamerasida bu oqimning 
chiziqli  tezligi  quritilgan  material  zarrachalarining  cho'kish  tez- 
ligidan kam bo'lishi va 0,2—0,5 m/s ga teng boMishi kerak.  M ate­
rial tom chilarining havo bilan bir-biriga tegish yuzasi 
1
  m
3
  mate- 
rialga 300000 m
2
 ga yetadi.  Bunday sharoitda quritish tezligi ancha 
oshadi,  uning davomiyligi esa kamayadi.  Quritilgan m aterialni gaz

oqim idan ajratish uchun siklon, skubber, yoqali filr va elektrofiltr- 
lar ishlatiladi.
Oqova  suvlarni  quritgichlarda  purkash  uchun  m arkazdan 
qochm a,  pnevm atik  yoki  m exanik  purkagichlar  q o 'lla n ila d i. 
Unum dorlik  yuqori  (20—40  t/s gacha)  bo'lganda  aylanish  tezligi 
100—200
  m/s  li  disksimon  markazdan  qochma  kuch  ta’sirida 
ishlaydigan purkagichlardan foydalaniladi.  Pnevm atik purkagich­
la r — oddiy  forsunkalar  bo'lib,  ularda  purkash  0,15— 0,3  M P a  
qoldiq bosimgacha siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.  Mexa­
nik purkagichlar — bu suyuqlik 20  M P a  gacha bosim ostida beri­
ladigan forsunkalar hisoblanadi.  U larda purkash  ingichka suyuq­
lik   oqim ini  devorga  urilishi  yoki  ikki  ingichka  suyuqlik  oqim ini 
bir-biriga urishilishi natijasida hosil  qilinadi.
Purkagichlarga quyidagi talablar q o'yiladi:  ular mash’alaning 
m a’lum  shaklini,  tom chilar o'lcham ining  bir  xilligini;  energiya­
ning m inim al sarfi va ishda ishonchli b o'lishin i ta’m inlashi;  tuzi- 
lishi  oddiy  va  unum dorligi  yuqori  ham da  narxi  arzon  b o'lishi 
kerak.
Purkashli  quritish  quyidagi jarayonlarga  ega:  m aterialni  dis- 
pergirlaydi,  dispergirlangan  material va  qurituvchi  agentning  ha­
rorati  va  ular  orasida  issiqlik  alm ashinishi  hamda  quriyotgan 
zarrachalarning issiqligi va massasini o'tkazadi. 7.10- rasmda purka- 
gichli  quritgich  sxemasi  keltirilgan.
Oqova  suv
7.
10- rasm.
  Purkagichli quritgich chizmasi:
1
—o ‘choq; 
2
—quritish  kamerasi; 
3—
 purkagich; 
4—
 nasos;  5—sig‘im; 
6—
 siklon;  7—parrak; 
8—
 yoqali  filtr.

Gazlarning boshlang'ich harorati materialning xossasiga bog'liq 
va 70— 1000°C atrofida bo'ladi.  Quritgichdan chiqayotgan material 
harorati  50— 120°C  ni tashkil  etadi.
Suyuqliklarni forsunka  va disk yordam ida  purkashda  ishlati­
ladigan  quritish  kam eralarining  tuzilishi  har  xil  bo'ladi  7.11- 
rasmda ularning ba’zilari keltirilgan.
Oqova 
suv
Issiq
.gaz
Issiq 
£ az
Oqova
Oqova
suv 
' ’ 
2
I  
Quru4  modda 
ь
  i  
Quruq  modda 
d
  I  
Qur.uf
gaz
Gaz
gaz
Oqova suv
Issiq
gaz
Щ
  i K   l f
П
] ) н
(
Oqova  suv  modda 
Issiq
 I 

Issiq
gaz
Quruq  modda\_

e
Oaova  suv
Gaz
  _
Quruq  modda
 |
Quruq
I
gaz
7.7
1-rasm.
  Quritgich kameralarining tuzilishi:
a —
  issiqlik tashuvchining markazga buralgan hol­
da  berilishi  (to‘g‘ri  oqimli; 
b
 —  issiqlik  tashuv­
chining  markazga  buralgan  holda  berilishi  hamda 
gazlar va  mahsulotning  bo‘lingan  holda  chiqarili- 
shi; 
d—
 gazlarni  gaz-taqsimlovchi  panjara  orqali 
kesim 
b o ‘y l a b  
bir  maromda  taqsimlash; 
e
 — for- 
sunkada gazlami mahalliy berish;  / — mash’ala usti- 
dan gazlarni  bir m e’yorda  kamera  bo'ylab berilishi; 
g —
 purkash mash’alasining 
tagiga to‘plab  berish; 
h
 — gazni mash’ala ostidan uzatish;  7 — forsunkalar; 
2 — 
panjaralar; 
3
 — disklar.

G azlar forsunkali  quritgichga  (7 .1 1-rasm, 
a )
  6— 12  m/s  tez- 
likda kamera  markaziga tangensial  ravishda beriladi,  pastdan  esa 
ularni  mahsulot bilan birga chiqarib  olinadi.
7.11-rasm, 
b
  da  gazlar  markazdan  panjara  orqali  beriladi, 
pastdan esa gazlar bilan birga faqat mayda zarrachalar quvur orqali 
chiqarib olinadi.
Kam eralar  (7 .1 1-rasm, 
d )
  yuqori  namlangan  m ateriallarni 
past haroratda gazlar yordamida quritish uchun qo'llaniladi.  G azlar 
panjaralar orqali bir maromda kam eraning barcha kesimi bo'ylab 
beriladi.
7.11-rasm, 
e
 da gazlarni  ajratib uzatish ko'zda tutiladi.  U la r­
ning  asosiy  qismi  forsunkaga  bevosita  beriladi;  ba’zi  holatlarda 
oqim   to'xtatib  qo'yiladi.  Changlangan  gaz  oqim i  va  purkash 
mash’alasi  kameraning yuqori to'siqlariga yopishib qolishi  mumkin 
bo'lgan m aterial sirkulatsiyasini hosil qiladi.  Bu n i tugatish uchun 
gazning  qolgan  qismi  panjara  orqali  kameraning  barcha  kesimi 
bo'ylab bir maromda  beriladi.  G azlarni  bunday usul  bilan  berish 
juda murakkab,  lekin quritish jarayonini tezlashishiga olib  keladi.
7.11-rasm ,/da  mash’ala  ustidan  gazni  bir me’yorda  kamera 
bo'ylab  berish,  7.11-  rasm, 
g
 da  esa  purkash  mash’alasining  ta- 
giga to'plab berish ko'rsatilgan.  Bunda gazlar va m ateriallar alohi- 
da-alohida kiritiladi.
7.11-rasm, 
h
 da gazlar taqsim lovchi qalpoqcha orqali pastdan 
beriladi.  G az  tugayotganda  tezlik  o 'zg arad i,  buning  n atijasida 
purkash  mash’alasining  joylashishi  rostlanadi.
N am   m ateriallarni  100°C  dan  yuqori  haroratda  qurituvchi 
agent yordam ida quritishda 5 ta bosqich bor:  1) m aterialni isitish;
2) tom chilarning  muvozanatli bug'lanishi;  3) qobiq hosil bo'lishi;
4)  qaynash;  5)  m uvozanatli  nam likkacha  quritish.
7 .3 .  Z ararsizlan tirish n in g  term oo k sid lash   usuli
K im yo   sanoatida  oqova  suvlarning  issiqlik  chiqarish  xususi- 
yatiga  qarab,  ularni  erkin  yonish  xususiyatli  va  termooksidlab 
zararsizlantirish  uchun  yo q ilg 'i  qo'shish  zarur  bo'lgan  oqova 
suvlarga ajratiladi.

Termooksidlash  usulida  oqova suvdagi barcha organik  mod­
dalar havo kislorodi bilan yuqori haroratda zaharsiz birikm alarga 
qadar  oksidlanadi.  Ushbu  usullarga  suyuq  fazali  oksidlash,  bug' 
fazali katalitik oksidlash, alangali yoki „olovli» usullar kiradi.  Usulni 
tanlash  oqova  suv  hajm i,  uning  tarkibi,  issiqlik  chiqarish  xu- 
susiyati, jarayon  tejam korligi  va  tozalangan  suvga  bo'lgan  talab- 
larga bog'liq.
Suyuq  fazali  oksidlash. 
Bunday  tozalash  usuli  suvda  erigan 
organik moddalarning kislorod bilan  100— 350°C da va 2—28 M P a  
bosimda oksidlanishiga asoslangan. Yuqori bosimda kislorodning 
suvdagi eruvchanligi oshadi.  B u  esa organik moddalarning oksid­
lanish jarayonining  tezlashishiga olib keladi. Oqova suvlardagi or­
ganik  moddalarning  suyuq fazali  oksidlash  sxemasi  7.12-rasm, 
a 
da keltirilgan.
Oqova  suv  havo  bilan  aralashiriladi  va  nasos  orqali  issiqlik 
almashtirgichga beriladi.  B u  yerda aralashma chiqib ketayotgan to­
zalangan  suvning  issiqligi  hisobiga  isitiladi.  K eyinchalik  u  zarur 
haroratgacha  isitish  o'chog'iga,  so'ng  oksidlanish jarayoni  bora- 
digan  reaktorga  beriladi.  Suv va  oksidlanish  mahsulotlari  (bug', 
gazlar,  kullar) reaktordan separatorga keladi.  B u  yerda gazni suy-
Gazlar
Kondensat 
Havo
7. 
i 2. -rasm.
 
Oquvi\ 
suvlarni tozalash chizmalari: 
a
 — suyuq fazada oksidlash:
1 —
 yig‘gich;  2 — nasos;  3  — issiqlik  almashtirgich; 
4 —
 o ‘choq;  5 — reaktor;
6 — separator; 
b
 —  katalitik  oksidlash: 
1 —
 sig‘im; 
2 —
 bug'latgich;
3 —
 issiqlik  almashtirgich;  4 — kontaktli  qurilma; 
5 —
 bug1  qozon-utilizator;

— o ‘choq;  7 — sentrifuga.

uqlikdan ajratish jarayoni boradi.  Gaz holatidagi mahsulotlar issiq- 
likni  chiqitga  chiqarishga  yuboriladi,  suv  bilan  kul  esa  issiqlik 
almashtirgichga uzatiladi.
Oqova suvdagi  organik  moddalarning yuqori  konsentratsiya- 
larida issiqlik ko‘p ajralishi hisobiga suv issiqlik almashtirgichda va 
o‘choqda isitilmaydi.
H arorat  ko 'tarilish i  bilan  oksidlanish  jarayonining  samara­
dorligi  oshadi.  U ch u vch an   m oddalar  jarayon  sharoitiga  ko‘ra, 
asosan  bug*-gaz  fazasida,  uchuvchan  bo‘lmagan  m oddalar  esa 
suyuq fazada  oksidlanadi.  Oqova  suvdagi  organik  m oddalarning 
konsentratsiyalari oshishi bilan  suyuq fazali oksidlanish jarayon i­
ning iqtisodi  oshadi.
K atta  hajmdagi  oqova  suvlarni  boshlang‘ich  konsentrlashsiz 
tozalash  im koniyatining  m avjudligi,  oksidlanish  m ahsulotlarida 
zararli  m oddalarning  bo‘lmasligi,  boshqa  usullar bilan  birga olib 
borishning osonligi,  ishning bexatarligi usulning afzalligi hisobla­
nadi.  A yrim   k im yo viy  m oddalarning  to ‘liq   oksidlanm asligi, 
qurilm alar  narxining  yuqoriligi  va  kislotali  muhitda  qurilm aning 
yem irilishi  usulning  kam chiligidir.  U sul  azot,  neftni  qayta  ish­
lash, selluloza-qog‘oz,  farmatsevtika va boshqa sanoat tarm oqlari 
oqova suvlarini tozalashda qoMlaniladi.
B ug‘-fazali  katalitik  oksidlash  usuli. 
Ushbu  usulda  sanoat 
oqova  suvlari  tarkibidagi  uchuvchan  organik  m oddalar  yuqori 
haroratda havo kislorodi bilan geterogen katalitik oksidlanadi. Ja ra ­
yon  mis-xromli,  rux-xromli,  mis-marganesli  yoki  boshqa  kata- 
lizatorlar  ishtirokida.bug‘  fazada juda tez  boradi.  Bunday oksid- 
lantirish qurilmasidan birining sxemasi 7.12-rasm, 
b
 da keltirilgan.
Ishlash prinsipi. 
Oqova suv yig‘gichdan bugMatgichga beriladi. 
Bu  yerda bug‘langan pulpa sentrifugaga keladi va suvsizlantiriladi. 
H osil bo'lgan cho‘kma yoqish uchun o ‘choqqa beriladi.  Suv bug‘i 
uchuchan  organik  m oddalar  bilan  birga  bug‘latgichdan  issiqlik 
almashtirgichga  yuboriladi.  Issiqlik  alm ashtirgichdan  so‘ng  bug

issiq  havo  bilan  aralashtiriladi  va organik  m oddalarning  oksidla­
nishi uchun kontaktli qurilmaga beriladi. Tutun gazlari o ‘choqdan 
qozon-utilizatorga beriladi, bu yerda bug‘latgichga yo‘naltiriladigan 
bug‘  hosil  boMadi.

Q urilm alar oqova  suvni  zararsizlantirish  bo‘yicha  yuqori  sa- 
maradorlikka ega bo‘lib,  99,8%  ni tashkil etadi. Asosiy kam chiligi
—  katalizatorlarni  fosfor,  ftor  va  oitingugurt  birikm alari  bilan 
zaharlash  hisoblanadi.  Shuning  uchun  dastlab  katalitik  zaharni 
oqova  suvdan yo ‘qotish  zarur.
Olovli  usul. 
Oqova suvlarni zararsizlantirishning bu usuli ter­
mik  usullar  orasida  universal  va  eng  samarali  usul  hisoblanadi. 
Usulning  m ohiyati  oqova  suvni  900— 1000°C  gacha  qizdirilgan 
o'txona  gazlariga  bevosita  purkashdan  iborat.  Bunda  suv  to‘liq 
bug‘lanadi, organik iflosliklar esa yonib ketadi.  Oqova suv tarkibi­
dagi  m ineral  moddalar  qattiq  yoki  erigan  zarrachalar  hosil  qila­
di,  ular  siklonlar  yoki  filtrda  tutib  qolinadi.
O lovli usulni tarkibida faqat mineral moddalari bo'lgan oqova 
suvlarni tozalashda qo'llash  maqsadga  muvofiq emas.  U sul hajmi 
unchalik  yuqori  bo'Imagan,  tarkibida  zaharli  organik  moddalar 
ko‘p bo‘lgan  oqova suvlarni boshqa  usullar bilan tozalash  imko- 
ni bo‘lmaganda va samaradorlik kam bo'lganda qo‘llanilishi mum­
kin.  Bundan tashqari olovli usulni yonuvchi chiqindilar bo'lganda, 
uni yoqilg‘i sifatida ishlatish mumkin bo'lganda qo'llash maqsadga 
muvofiq.
Turli tarkibli oqova suvlami zararsizlantirish jarayonida ishqoriy 
va ishaoriy-yer metallari oksidlari  (C aO ,  M gO ,  BaO ,  K
2
0 ,  N a 20  
va boshq.)  hosil bo'ladi.  Bularning ba’zilari tutun gazlari kompo- 
nentiari  biian  o'zaro  ta’sirlashishi  mumkin:
N a 20   +  C 0
2
 =  N a
2
C 0
3
X lo rid lar dissotsilanishi  natijasida tutun gazlarida xlor va vo­
dorod xlorid bo'ladi.  Bu  moddalar qurilm aning yem irilishiga olib 
keladi.
Oqova  suv tarkibi  va  konsentratsiyasiga  ko'ra  turli  tuzilishli: 
kamerali,  shaxtali, siklonli va mavhum qaynash qatlam li o'choqlar 
ishlatiladi.  Kam erali va shaxtali o'choqlarning solishtirma unum- 
dorligi  kam,  ya’ni 
100
  l/(m
3
  soat)  gacha  bo'ladi.
Siklonli o'choqlar nisbatan samarali  hisoblanadi.  U larda  gaz 
oqim i uyurm ali bo'lishi  hisobiga oqova suv tom chisi va gaz hola- 
tidagi  mahsulotlar o'rtasidagi  issiqlik va  modda  alm ashinishi tez

7.
13-rasm.
  Siklonli  o‘choq:  /  —  havo benivchi  qurilma;
2 —
  iste’mol  moslamasi; 
3 —
 o'clioq.
ro‘y  beradi.  Yonuvchan  chiqindilarni  yoqish  uchun  ishlatiladi­
gan o‘choq sxemasi  7.13- rasmda  keltirilgan.
0
‘choqdagi  havo aylanma  harakat  hosil  qiladi va silindr o ‘qi 
bo‘ylab  aralashadi.  Oqova  suv  forsunka  yordam ida  purkaladi  va 
yoqib yuboriladi.  Bunday o'choqlarning kam chiligi gaz oqim i bi­
lan  tuzlam ing  ko ‘p  miqdorda  chiqib  ketishi  hisoblanadi.
Oqova suvlarni yoqish uchun turli tuzilishga ega bo‘lgan quril­
malar  ishlatiladi: 
1
)  issiqlikni  rekuperatsiya  qilishsiz  va  gazlarni 
tozalashsiz; 
2
)  issiqlikni  rekuperatsiya  qilishsiz gazlarni  tozalash;
3)  issiqlikni rekuperatsiya qilib va gazlarni tozalamasdan; 4)  issiq­
likni  rekuperatsiya  qilish bilan gazlarni  tozalash.
Issiqlikni rekuperatsiya qilishsiz va gazlarni tozalashsiz qurilma­
sining  sxemasi  (7.14-rasm, 
a )
  tarkibida  faqat  organik  moddalar 
bo‘lgan  oqova  suvlarni  zararsizlantirishda  q o ila n a d i.  Bunday 
qurilm alarda shartli yoqilg'ining solishtirm a sarfi 
1
  m
3
  oqova suv 
uchun  300  kg  ga  yetadi.  Shu  bilan  birga  issiqlikni  rekuperatsiya 
qilishli,  lekin  gazlarni  tozalamasdan  ishlovchi  turli  qurilm alar 
ham  ta k lif  etilgan  (7.14-rasm, 
b - e
 lar).  7.14-rasm, 
b
  bo‘yicha 
tashlandiq  gazlarning  issiqligi  puflanuvchi  havoni  isitish  uchun 
qoM laniladi.  Bu n d ay  holatda  issiqlikni  rekuperatsiya  qilishsiz 
ishlovchi  qurilm aga nisbatan  issiqlik sarfi  20— 30%  ga kamayadi. 
7.14-rasm, 
d
 da oqova suv tutun gazlari issiqligi hisobiga bug‘lanadi.

Havo
7 ~
V
* ~
Havo
Oqova  suv
Atmosfera
7.
!4-rasm.
  Oqova suviarni oiovii zararsizlantirish sxemasi:
a
 — 
issiqlikni  rekuperatsiya  qilishsiz  va  tashlandiq  gazlarni  tozalashsiz; 
b —
 pufianuvchi  havoni  lsitish  bilan; 
d —
 oqova  suvlarni  tutun  gazlari  bilan 
bug'latib; 


  bug1  hosil  qilish  yordamida; 
1 —
 o ‘choq;  2 — tutun  uchun 
quvur; 
3  

 parrak; 
4
 —  havo  beruvchi;  5  — gaz  sarflagich; 
6 —
 tutun 
tortuvchi;  7 — havoni  isitgich;  
9 —
 sig'im; 
10—
 nasos;
11— 
bug‘-qozon-utilizator; /  — issiqlikni  rekuperatsiyali  va  gazlarni  quruq 
tozalashli: 
1 —
 o ‘ehoq; 
2 —
 bug‘-qozon-utilizator; 
3 —
 havoni  isitgich; 
4 —
 gazlarni  quruq  tozalash  qurilmasi; 
5
— tutun  uchun  quvur; 
6
 — tutun 
tortuvchi;  7 — havoni  beruvchi.
Bunday sxemalarda olovli zararsizlantirishga issiqlikning solishtir­
ma  sarfi  90  kg/m
3
  ni  tashkil  etadi.  7.14-  rasm, 
в
  bo‘yicha  tutun 
gazlarining issiqligi bug‘  olish uchun ishlatiladi.
Issiqlikni  rekuperatsiya  qilish va  ortiqcha gazlarni  turli  tuzi- 
lishga ega bo'lgan siklonlar,  elektrofiltr va skrubberlarda tozalash 
sxemalari ham  mavjud.  Ulardan biri  7.14-rasm ,/da keltirilgan.

1.  Oqova suvlarni termik zararsizlantirishning qanday usullarini 
bilasiz?
2.  Oqova suvlami konsentrlash usulida qanday oqova suvlar zarar- 
sizlantiriladi?
3.  Bug‘latuvchi  qurilmalar  qanday turlarga  bo'linadi?
4.  Konsentrlangan  eritmadan  moddalarni  ajratib  olish jarayo­
nining qanday afzallik va kamchiliklari bor?
5.  Kristallgidrat qurilmalarining ishlash prinsipi qanday?
6
.  Oqova  suvdan  quruq  moddani  ajratib  olish  uchun  qanday 
qurilmalar  ishlatiladi?
7.  Zararsizlantirishning termooksidlash usulining mohiyatini tu­
shuntirib  bering.
8
.  Oqova suvni olovli zararsizlantirish chizmasini tushuntiring.

Download 39.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling