O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48

 

O’ Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I   O L I Y   V A  

O’ R T A    M A X S U S   T A ‘ L I M    V A Z I R L I G I 

 

 

 

 

 

Q. USMONOV,    M. SODIQOV,    S. BURXONOVA 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’ Z B E K I S T O N   T A R I X I 

 

 

Oliy o’quv yurtlari barcha bakalavr yo’nalishlari   

uchun  (tarix yo’nalishidan tashqari) 

 

D A R S L I K 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT – 2 0 0 5 

 

2

 



Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova 

O’zbekiston tarixi.  Darslik.  

–T.: ____________, 2005, 478 bet. 

 

 



Darslikda Vatanimizning qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha o’tgan bir 

necha ming yillik tarixi Oliy o’quv yurtlari uchun tavsiya etilgan «O’zbekiston tarixi» 

o’quv dasturi talablari doirasida yoritilgan. 

Darslik Oliy o’quv yurtlari barcha bakalavr yo’nalishlari (tarix yo’nalishidan 

tashqari)  talabalariga mo’ljallangan. Shuningdek, mazkur darslik Vatanimiz tarixini 

o’rganishga qiziquvchi kitobxonlarga ham ko’maklashadi, albatta. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Mualliflar jamoasi rahbari va mas’ul  



muharrir: t.f.d., prof. Q.Usmonov 

 

Taqrizchilar: t.f.d., prof. M.Ishoqov 

                     t.f.d., H.M.Bobobekov 

                     t.f.d., prof. A.Jo’raqulov     



 

 

 

 

 

 

 

3

KIRISH 



 

XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy 

O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust 

kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 

o’zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va 

suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. 1 sentyabr 

O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-

umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro’yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan 

qutildi. Dunyo XX asr so’nggi xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - 

O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.  

O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib 

borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik 

xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan 

guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining 

mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda.  

O’zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g’oyasini 

singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda «O’zbekiston tarixi» fanining 

o’rni, imkoniyatlari katta. Shu boisdan Respublika oliy o’quv yurtlarining bakalavriat 

bosqichida «O’zbekiston tarixi» fanini o’qitish asosiy fanlar qatorida turadi. 

Qo’lingizdagi darslik O’zbekiston tarixining eng qadimgi zamonlardan to hozirgi 

kungacha bo’lgan davrida sodir bo’lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishga, ularning 

sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini yoritishga bag’ishlangan. Darslik 

mazmunan Prezident Islom Karimovning 1998 yil 26 iyun kuni bir guruh tarixchi olimlar 

bilan bo’lgan suhbatida ilgari surilgan nazariy, kontseptual-metodologik tavsiyalari ruhi 

bilan sug’orilgan. Uni tayyorlashda Yurtboshimiz Islom Karimovning «Tarixga murojaat 

qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol 

kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», - degan 

so’zlari metodologik asos bo’lib xizmat qildi. 

Darslikda O’zbekiston tarixi fani predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik 

tamoyillari, manbalari va ahamiyati yoritilgan. O’zbekiston insoniyat tsivilizatsiyasining 

qadimgi o’choqlaridan biri ekanligi, o’zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanish 

bosqichlari, o’zbek xalqining shakllanish jarayoni kabi dolzarb masalalarni yangi 

manbalar, mustaqillik yillarida nashr etilgan ilmiy asarlar asosida ochib berishga alohida 

e’tibor qaratilgan. 

«Avesto» qadimgi tariximizni o’rganishda muhim tarixiy manba ekanligi, Buyuk 

ipak yo’lining shakllanishi va rivojlanishi, Vatanimiz hududidan o’tgan bu yo’lning ming 

yillar davomida Sharq va G’arbni savdo-iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va madaniy 

jihatdan bog’lashdagi ahamiyati yoritilgan. Vatanimizning o’rta asrlar davridagi ijtimoiy-

siyosiy va iqtisodiy hayoti, uyg’onish davridagi ilm-fan va madaniyat ravnaqi tahlil 

etilgan. 



 

4

Darslikda Amir Temur davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi, Amir 



Temurning buyuk davlat arbobi va mashhur sarkarda sifatidagi xizmatlari, Vatanimiz va 

jahon xalqlari tarixida tutgan o’rni va roli asoslab berilgan. 

Darslikda Turkistonning uch xonlikka bo’linib ketishi, ular o’rtasidagi o’zaro 

kurash, harbiy to’qnashuvlar oqibatida Turkistonning yuksalish darajasidan tushib ketishi, 

jahon taraqqiyotidan orqada qolishi,  Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib 

olinishi, uning Vatanimizda yuritgan mustamlakachilik siyosatining asl mohiyati, 

ajdodlarimizning mustamlakachilarga qarshi milliy ozodlik uchun kurash tarixi, 

jadidchilik harakati, uning atoqli rahnomalari faoliyati yoritilgan.  

Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning O’zbekistonda 

yuritgan milliy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy siyosatining mustamlakachilik 

mohiyati, SSSRning tanazzulga yuz tutishi va parchalanishi ochib berilgan. 

Darslikda  Vatanimizning milliy istiqlol davri tarixini yoritishga kengroq o’rin 

berilgan. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish, ochiq fuqarolik jamiyatini 

shakllantirish, tartibga solinadigan va ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 

yaratishga qaratilgan taraqqiyotning «O’zbek modeli», uning mazmun-mohiyati ochib 

berilgan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, 

ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, ularning natijalari dalillar asosida yoritilgan. 

Mamlakatimizda ko’p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi, yuksak 

texnologiyalar asosida bunyod etilgan yangi zamonaviy korxonalar va ularning faoliyati, 

ma’naviy-madaniy sohadagi yutuqlar tahlil etilgan. 

O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, dunyodagi yirik, 

rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli  siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy 

aloqalari yoritilgan. O’zbekiston tarixan qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib 

o’rin egalladi, global masalalarda o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga 

ko’tarildi. 

Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

hamda o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va 

yangilarini yaratish bo’yicha Respublika muovfiqlashtirish komissiyasi tomonidan 

tasdiqlangan «O’zbekiston tarixi» o’quv dasturi asosida tayyorlandi. Har bobga doir 

tayanch so’z va iboralar, nazorat va mulohaza uchun savollar, muhim voqealar solnomasi 

berilgan.  

Mazkur darslik bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirgan tarixchi olimlar va 

hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz. 


 

5

O’ZBEKISTON TARIXINING PREDMETI, UNI O’RANISHNING 



METODOLOGIK TAMOYILLARI, MANBALARI VA AHAMIYATI. 

 

 

Tayanch so’z va iboralar:   Tarix fani predmeti. Metodologik tamoyillar. 

Dialektik metod. Ilmiylik. Xolislik. Tarixiylik. Ijtimoiy yondashuv. Vorisiylik. 

Milliy istiqlol g’oyasi. Vatan tarixini davrlashtirish. Moddiy manbalar. Yozma 

manbalar. Tarixiy xotira. Vatan tarixini o’rganishning ahamiyati. 



 

1.

 



O’zbekiston tarixining predmeti.  

 

Tarix – arabcha so’z bo’lib, o’tmish «o’tgan voqealar haqida aniq    hikoya 

qilish», ma’nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o’tmishdan to 

hozirgi kunlargacha bosib o’tgan hayotiy yo’lini, avloddan avlodga meros 

qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, 

ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni 

etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o’rganuvchi, 

tasvirlovchi fandir. 



 

«Tarix millatlarning o’tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining 

sabablarini o’rganaturg’on ilmdir». 

Abdurauf Fitrat 

 

 

Tarixni o’rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish 



qonuniyatlarining taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o’tish 

jarayonini, insonlarning inqirozli, turg’unlik holatiga tushish sabablari va bu 

holatdan chiqish yo’lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o’tmish 

sabog’ini umumlashtirish, tushunib etish, anglab olish demakdir. Tarix fani 

tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi 

zamonni to’g’ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko’ra bilishga 

ko’maklashuvchi ilmdir. 

 

Tarix ko’p qirrali, keng qamrovli fan bo’lib, uni alohida mamlakatlar va 



xalqlar tarixi, mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo’lib o’rganish ham 

mumkin. 


Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega 

bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va 

sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan ona 

Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Hindiston, 

Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir. 

Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq 

chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma’lum darajada 

ta’sir etib bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, 

tsivilizatsiyalarning ham ta’siri bo’ldi. Ming yillar davomida o’zbek xalqining 

fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar bilan ma’lum darajada aralashchuvi 



 

6

sodir bo’lgan, ularning madaniyati, fani, san’ati va umuman turmush tarzi bir-



biridan bahra olgan, mushtaraklashgan. 

 

O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi 



O’zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi 

birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyb 3000 yil davomida 

takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga 

ko’tarilgani jahonga ma’lum. 

 

Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga 



ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad 

Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, 

Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, 

Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur, Mirzo Ulug’bek, Alisher 

Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan 

nafaqat o’zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari 

faxrlanadilar. 

 

Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko’hna shaharlar 



bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O’zbekistonga tashrif 

buyurayotgan xorijiy davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, 

ulardagi ajoyib tarixiy, milliy me’morchilik majmualari va yodgorliklarni ko’rib, 

ularda mujassamlashgan xalq ustalarining iste’dodi  va yuksak badiiy mahoratiga 

qoyil qolib, ularga tahsinlar o’qimoqdalar. Muqaddas erimiz orqali o’tgan Buyuk 

ipak yo’li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab 

turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.  

O’zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi 

zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o’tgan uzoq va murakkab tarixiy 

yo’lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona 

o’rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. 

O’zbekiston tarixi fani  ajdodlarimiz hayoti bilan bog’liq holda sodir 

bo’lgan voqealar rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar 

davomida to’plangan amaliy tajriba va saboqlarni o’rgatadi. 

 

Vatanimiz tarixi o’zbeklarning xalq, millat bo’lib shakllanish jarayonini, 



ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va 

ularning ichki va tashqi siyosatini o’rgatadi.  

O’zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, 

mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik 

jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga 

integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o’rgatadi. 



 

 

7

O’zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks 



ettiruvchi ko’zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar 

majmuasidir. 

 

O’zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog’liq 

holda o’rganiladi. Insoniyat hayotining ma’no-mazmuni va jamiyat 

taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda falsafa, davlat 

qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida Politologiya, iqtisodiy hayotni 

yoritishda Iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy 

mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik 

fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, 

arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab etishga 

ko’maklashadi. 

 

2. Tarixni o’rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari. 



 

Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy, metodologik 

asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy 

tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga 

bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik, 

kommunistik mafkuraviylik nuqtai nazarlaridan yondashildi. Mamlakat, butun 

bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va 

qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va 

kambag’allar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi. Boylar va mulkdorlar, 

ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblariga ommaga qarshi 

reaktsion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar guruhi deb qaraldi, qoralandi, 

nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag’allarni va 

yo’qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi. 

Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning e’tiqodlariga bepisand 

qaraldi. Ming yillar davomida ajdodlarimiz orasidan etishib chiqqan mashhur 

allomalar  ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo’lindi. Buyuk olimlar, 

allomalar, ma’rifatparvar shoiru ulamolar, yozuvchilarga u yoki bu dinga e’tiqod 

qilganlari, asarlarida olloh, payg’ambarlar nomini tilga olgan, ishonch 

bildirganlari uchun idealist – noilmiy degan tamg’a yopishtirildi, ularning ijodiy 

faoliyatini o’rganish chegaralandi, asarlari xalqdan yashirildi, yo’qotib yuborildi. 

Oqibatda ko’pgina tarixiy voqealar soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy 

qadriyatlarimiz kamsitildi. Yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb 

o’rgatildi. Tarix faqat jangu jadal, urushlardan iborat jarayon sifatida tasvirlandi. 

Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik 

metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Tarixni 

soxtalashtirishda, xalqni o’z  tarixiy xotirasidan judo qilishda, Turkistonning 

o’tmishini kamsitishda mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy 


 

8

roli katta bo’ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, 



kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. 

Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g’ri yoritish va o’rganish 

uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. 

Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. 

Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar 

umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda 

bo’ladi, deb ta’lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish 

nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, 

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gertsen va 

boshqa olim va ma’rifatparvarlarning xizmati kattadir. Ular moddiy va ma’naviy 

dunyoni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, 

o’zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib 

o’rganish qoidalarini yaratdilar. 

Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, 

O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqazo 

etadi. Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari 

bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy 

bog’lanishdadir. 

Darhaqiqat, O’zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari 

tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog’langan. 

Qadim zamonlardan buyon  Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko’pgina 

davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo’lib kelgan. Bu katta 

hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o’zaro 

ta’sirda va aloqada bo’lganlar, qo’shilish jarayonini boshidan kechirganlar, 

ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti bir-birlari bilan uzviy 

bog’liq o’tgan. Shu sababdan O’zbekiston tarixini qo’shni mamlakatlar tarixi 

bilan bog’liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo’ymagan 

holda o’rganish taqazo etiladi. Qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, 

afg’on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi 

bilsak, O’zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur, har tomonlama 

o’rganishga imkon yaratadi, ko’maklashadi. 

Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga 

xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik tamoyillardir. 

Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular 

bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga 

olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy 

hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish 

darkor. Oldindan to’qilgan bir g’oyani, uydirmani oqlash lozim bo’lsa faktlar 

silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir 

emas, albatta. Bunday yo’l bilan chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy 

bo’lmay, u bir tomonlamalikka olib keladi. 


 

9

Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O’zbek 



olimlarining kuch g’ayratlari bilan tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim 

sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri, 19-asr oxiri, 20-asr boshlari tarixi 

yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» 

vazifasi umuman olganda bajarib bo’lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni 

ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»

1

.  



Tarixni o’rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik 

qoidasi voqea, hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr 

muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo 

etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab 

o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o’rnini 

to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy 

tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur.  

Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu 

paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday 

asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini 

bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga 

tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u, birinchidan, qachon, 

qanday tarixiy sharoitda paydo bo’ldi, ikkinchidan, u o’z taraqqiyotida qanday 

bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan, uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan 

savollarga aniq javob berish zarur bo’ladi. 

Tarixiylik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, 

o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb 

qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda 

porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali 

o’tmishni, ajdodlarimizning tarixiy tajribasini yaxshi bilmog’i lozim. O’tmishni, 

ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab etsak, hozirgi zamonni 

shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz, 

taraqqiyotning alternativ yo’llaridan to’g’risini tanlay olamiz.  

Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib 

chiqadi va urug’chilik tuzumi emirilib, urug’ jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga 

bo’linadi, shu davrdan e’tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning 

manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati 

nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy 

manfaati bir-biri bilan to’qnashadigan, qo’zg’olonlar ko’tariladigan bo’lib qoldi. 

Bunday vaziyatda sodir bo’lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o’rganishda 

ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya etish zarur bo’ladi. Ijtimoiy yondashuv 

tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini, teng ta’sir 

etuvchi omillarni hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi. Voqealarni 

alohida bir ijtimoiy tabaqa - kambag’allar, yo’qsillar yoki mulkdor boylar 

                               

1

 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 



kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997, 141-bet. 

 

10

manfaati nuqtai nazaridan turib tahlil etish, yoritish bir tomonlama yondashuv 



bo’lib, bu tarixni soxtalashtiradi, to’g’ri xulosalarga olib kelmaydi.  

Shohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga adolat nuqtai nazaridan 

yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bo’lgani 

uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bo’lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, 

davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bo’lmasligini isbot etishning hojati 

bo’lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga 

qoralash ham to’g’ri emas. Jonajon Vatanimiz ko’hna tarixi ham ular orasida 

xalqparvar, ma’rifatparvar, adolat bilan siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari 

bo’lganligidan guvohlik berib turibdi.  

Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, 

partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga 

ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo’ldan 

rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.  

Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, 

davlatlar o’rtasida, hukmdorlar o’rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik 

maqsadlar yo’lida tez-tez qirg’inbarot urushlar bo’lib turgan, biri ikkinchisini 

bosib olgan, mag’lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini 

zo’rovonlik bilan o’z manfaatiga bo’ysundirgan va o’zlashtirgan. Bunday 

jarayonlarni siyosiy mezonlar nuqtai nazaridan turib baholash zarur bo’ladi. 

Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar, xalq an’analari va 

urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy ta’limotlar va 

ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga 

amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmatlash, e’zozlash va yanada boyitib 

borish nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar 

davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - 

ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar 

madaniyati va axloqiga bo’lish, birinchisini qoralashdan iborat yo’riqnomaning 

naqadar zararli ekanligini ko’rsatdi. Milliy madaniyatga, ma’naviy merosga 

bunday yondashuv ma’naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf-

odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko’pgina olimlar, ma’rifatparvarlar, 

ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik 

kerak. 


Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, 

o’rganishda Vatan manfaati nuqati nazaridan yondashish, milliy istiqlol g’oyasi 

tamoyillariga tayanmoq lozim. 

Vatanimiz tarixini o’rganishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom 

Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik 

davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy- 

metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. 

Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan 

bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy 


 

11

tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statistik, matematik 



va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.  

Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirishning 

ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan 

ortiq xalqlar tarixi, jumladan, Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy 

harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g’oyaga bo’ysundirilgan holda 

davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiy jamoa tuzumi, 

quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga va kommunizmga bo’lindi. 

Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta 

kommunizmga olib boradi, degan «g’oyani» ilgari surish va oqlashdan iborat edi. 

Bu g’oyaning qanchalik to’g’riligi XX asrda ko’pgina xalqlar taqdirida sinab 

ko’rildi, pirovard natijada fojiali oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish 

g’oyasi amalda kambag’allar, yo’qsillar uchun erkin va farovon turmush 

yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag’allar, yo’qsillar darajasiga 

tushirdi. Jamiyatda ommaviy loqaydlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib 

chiqardi. Shu bois insoniyat  XX asr oxirlariga kelib bu g’oyani o’z elkasidan 

uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy 

qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi.  

Tarixni davrlashtirishdek muhim masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. 

Ko’pgina arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini 

asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o’rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, 

bronza, temir davrlariga bo’lganlar. Bunday yondashuv to’g’ridek ko’rinsada 

kishilik jamiyati taraqqiyotining bir-biridan farq qiluvchi muhim davrlarini 

belgilashga etarli darajada asos bo’lolmaydi, albatta. 

Amerikalik tarixchi olim L.Morgan va F.Engels tarixni uch davrga 

bo’ladi: yovvoyilik davri (tayyor tabiat mahsulotlarini o’zlashtirish), vahshiylik 

davri (chorvachilik va dehqonchilikning vujudga kelishi) va tsivilizatsiya davri 

(sanoat rivojlanishi). 

XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga 

solish, jamiyat taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi, degan 

kommunistik g’oyani odamlar ongi va qalbiga singdirishni mo’ljallagan bunday 

davrlashtirishning ham nomukammal ekanligini isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, 

nafaqat O’zbekiston hududida, ko’pgina Osiyo mamlakatlarida ham quldorlik 

tuzumi bo’lmagan. Negaki, Vatanimizda qullar bo’lsada quldorlik ishlab 

chiqarish usuli, qullar mehnati emas, erkin dehqon jamoalari mehnati etakchi 

ijtimoiy-iqtisodiy uklad bo’lgan. XIX asr oxirlarida vujudga kelaboshlagan 

kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar 

tabaqasi ham barqaror shakllanib etish darajasiga ko’tarilmadi. 

Tarixiy jarayon tahlili kishilik jamiyatining zamonda ham, makonda ham 

bir maromda emas, notekis, to’lqinsimon-spiral shaklda riovjlanishidan guvohlik 

beradi. Bu – tarixiy rivojlanish qonunidir. Tarix – bu avlodlar almashinuvidan, 

taraqqiyot tsikllari almashinuvidan iborat. Jamiyatni harakatlantiruvchi asosiy 

kuch ishlab chiqarish qurollari, vositalari emas, insondir. Inson, uning ehtiyojlari, 



 

12

qobiliyatlari, bilimi, malakasi, xohish-irodasi bosh ishlab chiqaruvchi kuchdir. 



Yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar inson mehnatining mahsulidir. 

Insoniyatning taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tishi, uning 

barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va mahoratining o’sib borishi, maqsadli 

intilishi natijasida sodir bo’ladi. Inson tarixni yaratuvchi sub’ektdir. Tarixni 

davrlashtirishda mana shu omillarni nazarda tutmoq lozim. 

O’zbekistonning boy, betakror tarixi bo’lib, uning o’ziga xos tarixiy 

taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo’lish mumkin: 

 



Ibtidoiy-jamoa tuzumi. 

 



Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi. 

 



O’rta asrlar davri. 

 



Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri. 

 



Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi. 

 



Milliy istiqlol davri. 

Bu davrlarning har biri yana o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni 

mazkur darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko’rish mumkin. 

 Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo’lish oson emas. Negaki, biz 

o’rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular 

bizdan ancha ilgari bo’lib o’tgan, ularni qaytarib bo’lmaydi. Bundan ilgari bo’lib 

o’tgan tarixiy voqealarni bilib bo’lmaydi, degan xulosa chiqmaydi, albatta. 

Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo’q bo’lib ketmaydi, 

ulardan  tarixiy manbalar guvoh bo’lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga - 

moddiy va yozma manbalarga bo’linadi. 

 


Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling