O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48

davri deb ataladi. Odamlar dastlab misni er yuzasidan sof holda uchratib, undan 

mehnat qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va 

undan turli xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar. 

Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay 

aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq 

mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari 

yasashni o’zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning 

kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik 

korxonalarini vujudga keltirdi.  


 

29

 



 

Eneolit 

va bronza 

davri 

mehnat 

qurollari 

 

Eritilgan mis, qalay aralashmasi quyiladigan tosh va loy 



qoliplar 

 

Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o’roq, 



ketmon, tesha 

 

Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich 



 

Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar 

 

Er haydaydigan omoch 



 

Yog’och arava 

 

Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o’rtasida 



mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog’laydigan aloqa 

yo’llarining paydo bo’lishiga olib keladi. Bronza davrida yashagan ajdodlarimiz 

ho’kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar 

qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keladi. O’zbekiston hududidan eneolit va 

bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko’plab manzilgohlar topib 

o’rganilgan. Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 km. shimoli-

sharqdagi Zamonbobo ko’li atrofida 1950 yillarda Ya.G’.G’ulomov, 1960 

yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri 

odamlarining makoni va qabristonini topib o’rganadilar. Bu Zamonbobo 

madaniyati deb ataladi. Zamonbobo makonidan maydoni 170 kv.m bo’lgan 

erto’la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. 

Makonning sharqiy-janubiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida 

dambaga o’xshash devor bilan o’ralganligi ma’lum bo’ldi. Qazishlar vaqtida 

erto’la va uning atrofidan o’choq o’rni, ustunlar o’rnatilgan chuqurchalar

qoramol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug’doy va 

arpa donlari, qamish va poxol qoldiqlari, toshdan yasalgan yorg’uchoq siniqlari, 

chaqmoq toshdan yasalgan o’roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar 

topildi. Topilmalar Zamonboboliklarning dehqonchilik va chorvachilik bilan 

shug’ullanganini ko’rsatadi. 

Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qabristonda 45 

ta mozor ochilib o’rganiladi. Mozorlar hozirgidek lahat shaklida bo’lib, 

marhumlar o’ng va chap yoni bilan ona qornida yotgan chaqaloq singari gujanak 

shaklida ko’milgan. O’liklar yolg’iz, juft, ba’zan uchtalab /erkak, ayol va bola/ 

ko’milganligi, bir go’rga takror ko’milish hollari bo’lganligi aniqlandi. Erkaklar 

qabridan o’q-yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh 

munchoq, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar, bir qabrdan 

kichkina sopol haykalcha topiladi. Qazilmalarda topilgan Badaxshon la’lidan 

ishlangan munchoqlar, Turkmaniston sopol idishlari Zamonboboliklarning 

boshqa xududlardagi urug’ jamoalari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarda 

bo’lganligini ko’rsatadi. 


 

30

Zamonbobo madaniyati bir urug’ jamoasining moddiy va madaniy merosi 



hisoblanadi. Zamonbobo makoni va qabristoni O’zbekiston tarixshunosligidagina 

emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir. 

Eneolit va bronza davriga xos yana bir yodgorlik Zarafshon vodiysida 

Tojikiston respublikasining O’zbekiston bilan chegaradosh qishlog’i - 



Sarazmdan topildi. Bu makonning maydoni 90 gektar bo’lib, odamlar uzoq 

yillar davomida istiqomat qilganlar, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. 

Sarazmda bir xonali va xom g’ishtdan yasalgan ko’p xonali uylar, ikkita 

ibodatxona va qishloq ko’chalari ochildi. Qazishmalar natijasida uylar o’rtasida 

oilaviy e’tiqod joyi, dumaloq shaklda ishlangan olovxona /altar/, torozi toshlari, 

to’qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq, igna 

va bigizlar, sopol idish parchalari, mis oyna, taqinchoqlar topildi. Metall 

buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Kulolchilikda charx dastgohi 

kashf etilgan. 

Shunday qilib, So’g’d o’lkasining Zamonbobo va Sarazm yodgorliklari 

bobodehqonlarimizning soy va daryo etaklaridagi zaxkash erlarda yuritgan 

dehqonchilik xo’jaligi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi makonlardir. 

1969-1974 yillarda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi 

Surxondaryo viloyati Muzrabod vohasida cho’lida qidiruv ishlari olib borib, 



Sopollitepa yodgorligini topib o’rgandilar. Sopollitepa 4 gektar chamasidagi 

tepalikdan iborat bo’lib, uning markaziy qismini baland qal’a tashkil 

etadi.Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib (82x82), atrofi yirik 

xom g’ishtlardan qilingan uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, 

devorning qalinligi o’rtacha 1,6 m, ba’zi joylarda 2 m bo’lgan. Qal’aning o’rta 

qismi bo’sh maydondan iboratligi, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo’lib 

turuvchi 6 ta ko’cha borligi ma’lum bo’ladi. Qal’a darvozasi uning janubiy 

tomoniga joylashganligi, uylarning devorlari va poli bir necha bor somon suvoq 

qilinganligi, har bir uyda mo’rili o’choq, o’choq yonida supa, ba’zi xonalarda 

sandal o’txonalari borligi aniqlandi.  

Sopollitepadan 150 ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar, bronza, 

kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar, bronza mehnat 

qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol pishiradigan xumdon, vaza, 

ko’za, xurmacha, choynak, piyola, kosa, tog’ora, xum, lagan va boshqa  40 ga 

yaqin xildagi yaxshi pishirilgan nafis, jarangdor, engil idishlar 

topilgan.Xonalardan tosh yorg’uchoqlar, o’g’irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, 

bug’doy va tariq donlari topilgan. 

Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug’doy go’ja, umoch, qaynatma 

sho’rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan va paxtadan kiyimlar 

tikib kiyishganini ko’rsatadi. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimoti 

haqida ma’lumotlar olindi, erkaklar o’troq dehqonchilik, chorvachilik, 

kulolchilik, binokorlik bilan shug’ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi 

bilan band bo’lgan. Urug’ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.  


 

31

Sopolli madaniyati odamlarning sug’orma dehqonchilikni 

o’zlashtirganini, o’troq dehqonchilik madaniyati barpo bo’lganligini isbotlab 

berdi. Kulolchilik rivojlanib, nafis idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. 

To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan 

ishlash hunarmandchiligi ham rivojlanganligi aniqlandi. Sopolli madaniyati 

o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq 

mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. 

1953-1961 yillarda M.E.Voronets boshliq arxeologlar guruhi Namangan 

viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan 

mil. av. 2 minginchi yillar oxiriga oid makonni topib o’rgandilar. Izlanish 

natijasida yana Dalvarzintepa, Qoraqo’rg’on, To’raqo’rg’on, Chimboy, 

Ashqoltepa va boshqa o’ndan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ularning 

barchasi  Chust madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati 

odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. 

Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo’lda yasalgan guldon, sopol 

tovoqlar, labi bukilgan turli shakldagi sopol idishlar, piyolalar, xurmosimon 

idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari 

tushirilgan.  

Tadqiqotlar Chustliklarning asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik 

ekanligini  ko’rsatdi.Ketmon, tosh yorg’uchoq, xovoncha, o’roqsimon pichoq, 

bronza o’roqlaridan foydalanishgan.  

Topilgan ashyolar Chustliklar bug’doy, arpa, suli ekib dehqonchilik 

qilganini, erni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali 

dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha o’n chaqirimdan iborat kanal 

qurganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ovchilik va baliqchilik ham qadimgi 

chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan. 

Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi 

rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda 

oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyma holda yasalgan. Qazish vaqtida ot 

uzangilari va suvligi, bilaguzuk, xalqa, qarmoq, paykonlar,  suyak va toshdan 

yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi 

ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ldi. Buni yodgorliklardan topilgan 13 xil 

mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa 

bo’ladi. 

Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik 

madaniyati shakllanganligini ko’rsatuvchi misol bo’lib xizmat qiladi. 

Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda diniy tasavvurlarning 

shakllanganligini ko’rsatadi. 

Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog’iston 

hududlaridan ham topilib o’rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog’yob 

kanali yaqinidan topilgan Tozabog’yob madaniyati, Amirobod kanali 

etaklaridan topilib o’rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. 

Bu manzilgohlarda yashagan odamlar o’troq holda urug’ jamoa bo’lib 



 

32

yashaganligi, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligi 



aniqlandi. 

Mamlakatimizning shimolidagi cho’l va dasht joylarida chorvador urug’ 

jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo’jalikning asosiy 

tarmog’i bo’lgan. Otliq cho’ponlar qoramol, qo’y, echkilardan iborat podalarni 

uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos 

joylarga ko’chib yurganlar, novdadan to’qilgan uylar, ho’kizlar qo’shilgan 

g’ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon 

turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi. Ular o’zaro 

fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo’ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy 

so’zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o’zaro tushunarli tilda 

gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi. 

Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o’z podalarini haydab 

o’troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo’rlik bilan kirib 

borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib, shimol va janub 

qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o’zbek va 

tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi. 

Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat 

qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtiradilar va 

mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir 

davri boshlanadi. 

Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari 

ancha keng maydonlarni haydash, to’g’onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv 

chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi. 

Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga 

ko’tardi. Temirdan qattiq va o’tkir pichoqlar, o’roqlar yasalishi mehnat 

umumdorligini oshirishga yordam berdi. 

Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar 

keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov 

berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish 

tobora kengayib bordi. 

Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta 

maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga 

mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarzi 

ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular 

aholining ko’payishini ta’minladi. 

Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo’lgan ilk mintaqalardan 

biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. 

Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni 

bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni 

kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro’zg’or va turli xil bezak 

buyumlari yasashgacha ko’tarildilar. Yalang’och holda yashashdan jun, paxta, 

pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish, 


 

33

qishloq-qishloq bo’lib yashashgacha bo’lgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini 



boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to’daning o’sib urug’chilik  jamoasiga ko’tarilishi 

insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar bir-

birini taniydigan, muloqotda bo’ladigan, bir urug’ga, avvalo, ona urug’iga, 

keyinroq ota urug’iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan 

bo’ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik 

o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq 

bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o’zlashtirish xo’jaligi 

o’rniga iste’mol qilinadigan maxsulotlarni o’zlari ishlab chiqaradigan xo’jalik 

yaratdilar. 

Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalariga, uy-

joylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat 

mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar. 

Sug’orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o’troq dehqonchilik 

madaniyati shakllandi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. 

Vatanimizning ko’pgina hududlari - Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon, Farg’ona 

va boshqa vohalari tsivilizatsiya taraqqiyotining markazlariga aylandi. Cho’l va 

dashtlarda yashovchi chorvador urug’ jamoalari ko’chmanchilik turmush tarziga 

o’ta bordilar va ko’chmanchilarga aylandilar. O’troq dehqon jamoalari bilan 

chorvadorlar o’rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o’sib bordi. 

Ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi, mehnat unumdorligining ortishi 

urug’doshlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikning, mulkiy tabaqalarning vujudga 

kelishi, urug’chilik jamoasining emirilishi uchun zamin tayyorladi. 

 

1-2-jadvallardagi ma’lumotlarga e’tibor bering. 



 

 

 



 

34

  Ilk bosqichi  



3-2,5 mln.  

-100 ming yil-

lar avval 

Selung’ur g’ori 

yoshi mil.av. 1,5 

mln. yil  

Ko’lbuloq yoshi 

200 ming yil

 

 O’rta


 bosqichi  

100-40 ming  

yillar avval 

Teshiktosh, 

Omonqo’ton, 

Қo’tirbuloq, 

Obirahmat, 

Xo’jaxayr, 

Uchtut,  

50 tacha makon 

topilgan

 

 So’nggi  



bosqichi 

mil.av.  

40-12 ming 

yillar 


Samarqand, 

Xo’ja Go’r, 

Shug’nov  

30 tacha makon 

topilgan

 

Neolit davri 



mil.av. 6-4 ming yilliklar,  Jay-

tun, Kaltaminor, Sazag’on, 

Uchtut (neolit shaxtalari) 

Eneolit davri mil.av. 

4 minginchi yillar 

Zamonbobo, Sarazm

 

Bronza davri 



mil.av. 3-2 ming yilliklar 

Sopollitepa, Jarqo’toon, 

Tozabog’yob, Chust 

Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizdan 

topib o’rganilgan manzilgohlar

Paleolit davri

 

3-2,5 mln. - 12 ming yillar avval



Mezolit davri  

mil.av. 12-7 ming        

yilliklar 

Qo’shlish,Obishir, 

Mochay, 100 gacha 

makon topilgan 



1-jadval 

 

35

2-jadval 



 

Davrlar 

Odamlarning kashfiyotlari 

Paleolit 

Ilk bosqichi 

 

 

 



O’rta bosqichi 

 

 



So’nggi bosqichi 

 

 



 

 

 



 

Mezolit 

 

 

 

 

Neolit 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eneolit 

 

 

 

Bronza 

 

Toshdan uchi o’tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt 

shoxlaridan tayoq va so’yil kabi qurollar yasaldi. 

Termachilik, ovchilik. 

 

Olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan 



qo’l chopqichi, pichoq, teshuvchi bigizlar yasaldi. 

 

Urug’ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va erto’lalar 



qurildi. Arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari, igna, 

nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o’zlashtirildi. 

Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash 

vujudga keldi. 

 

O’q-yoy (kamon), irg’ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka 



ovchilik, daydi hayot yuzaga keldi. Mollarni qo’lga o’rgatila 

boshlandi, boshoqli o’simliklarni o’stirish o’rganildi. 

Qoyatosh suratlari paydo bo’ldi. 

 

Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh 



moslamali suyak o’roq, don yanchgich, sopol idishlar 

yasaldi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik 

vujudga keldi. Suvda suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy 

qurilishi va o’troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, 

to’quv dastgohlari vujudga keldi. Jun va o’simlik tolasidan 

kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish xo’jaligi shakllandi. 

 

Mis kashf etildi, misdan bolta, o’roq, nayza uchlari, xanjar 



qurollari, taqinchoq va bezak buyumlari yasaldi. Patriarxatga 

o’tildi. 

 

Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o’roq, ketmon, tesha, 



nayza, pichoq, qilich, xanjar, zargarlik buyumlari yasaldi. 

Omoch, g’ildirak, arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo’ldi. 

Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o’zlashtirildi. 

Yorg’uchoq, o’g’ur, charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik 

dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O’troq dehqonchilik, 

sug’orma dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi. 

Shaharlar paydo bo’ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy 

tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi. 



 

 

 

 

36

Sinov savollari 



 

1. Vatanimiz hududida ibtidoiy odamlar manzilgohlarini topib o’rgangan 

olimlardan kimlarni bilasiz? 

2. Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday asarlarni bilasiz? 

3. Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo’linadi va nima uchun? 

4. Paleolit davriga doir odamlar manzilgohlari qaerlarda va kimlar 

tomonidan topib o’rganilgan? 

5. Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 

6. Urug’chilik jamoasi qaysi davrda shakllandi, uning bosqichlarini 

bilasizmi? 

7. O’q-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati nimada? 

8. Mezolit davriga oid odamlar manzilgohlari qaerlarda, kimlar tomonidan 

topib o’rganilgan? 

9. Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o’rgangan olimlar 

kimlar? 

10. Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 

11. Ishlab chiqarish xo’jaligi nima, u qachon shakllandi? 

12. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik qachon vujudga keldi? 

13. Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir bo’ldi? 

14. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilikning shakllanishi haqida 

nimalarni bilasiz? 

15. Bronza davriga oid manzilgohlarni, ularni topib o’rgangan olimlarni 

bilasizmi? 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

37

II BOB. O’ZBEK DAVLATChILIGINING ShAKLLANIShI VA 



TARAQQIYoT BOSQIChLARI. BUYuK IPAK YO’LI 

 

Tayanch so’z va iboralar:  O’zbek davlatchiligi: shakllanishi, 

rivojlanishi. Qadimgi Xorazm. Baqtriya. So’g’diyona. «Avesto». To’maris. 

Shiroq. Spitamen. Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang’a. Davan. Kushonlar. 

Xioniylar. Buyuk ipak yo’li. 

 

Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi. 



Davlatchilik sohasidagi bosh yo’limiz mustahkam demokratik huquqiy davlat 

barpo etishdan iborat. Bu o’rinda ajdodlarimizning davlat qurilishidagi tarixiy 

tajribalariga tayanilmoqda.  

Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qachon paydo bo’lgan, qanday bosqichlarni 

bosib o’tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz bor? Bu savollarga asosli 

javob berish har bir talabaning burchidir. 

«Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega 

deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot 

yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, 

xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. 

…O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning 

puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan 

tarixini yaratishdir»

1



Mustabid sovet hokimiyati davridagi tarixiy asarlarda, darslik va 

qo’llanmalarda O’rta Osiyoda, hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik tizimi 

bo’lganligi haqida yozilgan, ammo tilga olingan davlatlarga to’g’ridan–to’g’ri 

o’zbek halqi, o’zbek jamiyati bilan bog’liq holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan 

jarayon sifatida qaralmagan. Yurtimizda shakllangan, qariyb uch ming yil 

davomida faoliyat yuritgan davlatlar yoki bir kichik hudud, yoki hokimiyat 

tepasida turgan hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy manbai, mohiyati, 

ya’ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilmagan, to’g’rirog’i ochib 

berishni xohlamaganlar. «Nima emish, O’zbekiston XX asrning 20-yillarida, 

aniqrog’i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz 

kerakmi?»

2

. Ishonmaymiz, albatta. O’zbek xalqi eng qadimdan davlat barpo 



etgan xalqlar qatorida turadi.    


Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling