O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


Download 3.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/48
Sana17.02.2017
Hajmi3.26 Mb.
#652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48

Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100 minginchi yillargacha 

bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700-

300 ming yillar ilgari bo’lib o’tgan Shel

1

 va taxminan 300-100 ming yillar ilgari 



bo’lib o’tgan Ashel

2

 davri bo’lganligini ham ta’kidlaydilar. 



 

O’rta paleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar ilgarigi davrdir. 

Arxeologiyada bu davr Muste

3

 madaniyati ham deb yuritiladi.  



 

So’nggi paleolit bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar ilgarigi 

davrdir. 

 

Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit /yunoncha «mezos» - o’rta, 



«litos» - tosh degan ma’noni bildiradi/ - o’rta tosh davri deyiladi va u miloddan 

avvalgi 12 minginchi yillardan 7 minginchi yillargacha davom etadi. 

 

 

 



Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va 

ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o’zlashtirish, 



iste’mol qilish xo’jaligi deb ham ataladi. 

 

    



Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni 

amal qila boshlaydi. Negaki, sayyoramizning turli mintaqlaridagi tabiiy iqlim 

sharoiti turlicha bo’lganligi sababli ayni bir vaqtning o’zida yashash uchun qulay 

iqlim sharoitlari mavjud bo’lgan hududlarda rivojlanish tezroq, noqulay 

hududlarda sekinroq borganligi kuzatiladi. 

 Uchinchi 

davr 

Neolit /yunoncha «neos» - yangi, «litos» tosh degan 

ma’noni bildiradi/-yangi  tosh davri bo’lib, unga miloddan avvalgi  6-4 

minginchi  yillar kiradi. 

 

 



Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va 

hunarmandchilik orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o’zlari yaratishga 

asoslangan turmush tarzi ishlab  chiqarish xo’jaligi shakllangan bosqich deb 

ham ataladi. 

 

To’rtinchi davr  eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o’zlashtirilgani 



uchun tosh-mis davri deyiladi,  u miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yuz 

beradi. 


 Beshinchi 

davr 


bronza, ya’ni mis va qalay  qotishmasidan mehnat 

qurollari yasash o’zlashtirilgan davr bo’lib, miloddan avvalgi 3-2 minginchi 

yillarni o’z ichiga oladi.  

Miloddan avvalgi bir minginchi yillar boshlarida  temirdan turli  qurollar 

va asbob-uskunalar yasashning o’zlatirilishi natijasida temir asri boshlanadi. 

                               

1

 XIX asrning 60-yillarida  frantsuz arxeologi G.Mortile tomonidan Frantsiyaning Shel shahri  yaqinidan topilgan 



arxeologik  madaniyatning nomi. 

2 Frantsiyaning Amen shahri yaqinidagi Sent-Asheldan topilgan madaniyatning nomi. 

3 G. Mortile tomonidan Frantsiyaning  janubi-g’arbi (Dordon  departamenti) dagi Le-Muste g’oridan topilgan 

madaniyatning nomi. 

 

 


 

22

 



Ibtidoiy jamiyat davrlarining xronologik yillari taxminan  belgilangan 

bo’lib, ma’lum bir davr ayrim mintaqada  oldinroq, boshqasida keyinroq  

boshlanishi va tugallanishi mumkin, albatta. 

 

 



Tarixiy tadqiqodlar kishilik jamiyatining neolit va undan keyingi 

davrlarga o’tishi zamon nuqtai nazardan sayyoramizning turli mintaqalarida har 

xil vaqtlarda sodir bo’lib, keyingi davr oldingilaridan qisqaroq bo’lib 

borganligidan guvohlik beradi. Bu jarayonni zamon va makonda tarixiy 



rivojlanish sur’atlarining jadallashish qonuni bilan izohlash mumkin bo’ladi. 

 

2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari. 



 

 

 



 Mamlakatimizning 

ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko’ra, tabiiy-

geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog’ingarchilik  kam bo’lgan iqlim 

tartibi qaror topgan davrga to’g’ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, 

xayvonot olami va o’simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar 

davomida tabiiy muhit ham o’zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida 

sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez yog’ingarchilik 

bo’ladigan bo’lib qoladi. O’lkamizda cho’l va voha landshaftlari shakllanib, 

o’simliklar va hayvonlar dunyosi  o’zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham 

aqliy jihatdan takomillashadi. 

 

O’zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar 



Farg’ona vodiysining So’x tumanidagi Selung’ur g’oridan va Toshkent 

viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko’lbuloq makonidan topilgan va 

o’rganilgan. 

 

Selungur g’ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab 



arxeolog olim O’.Islomov tomonidan o’rganilgan. Tadqiqotlar Selungur 

manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini 

ko’rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan 

yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon, 

karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar 

Selungur g’orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan, degan 

xulosaga keldilar

1

. Selungur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u 



mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo’lgan mintaqalardan biri ekanligini 

isbotlab berdi.  

 

Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent 



viloyati Chotqol tog’ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi Jarsoyning 

qirg’og’idagi Ko’lbuloq makonidir. 1963-1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov 

rahbarligidagi guruh Ko’lbuloq makonida 10 dan ortiq qatlamni o’rgandi. 730-

830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga to’g’ri 

keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag’al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari 

                               

1

 Islomov U.I., Kraxmal K.A. Ranniy paleolit Uzbekistana: problemi i perspektivi// Problemi kamennogo veka 



Sredney i Tsentralnoy Azii. Novosibirsk: SO RAN, 2002. str. 108-113. 

 

23

topiladi. Ko’lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o’rganilgan boshqa 



madaniy qatlamlar bu erda odamlar paleolit davrining o’rta va so’nggi 

bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. 

 

Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi. 



Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo’llarini tizzasigacha osiltirgan holda 

yurganlar, qo’llari oddiy ishlarni - biron narsani ushlash, urish, er kovlash 

kabilarni bajarishga qodir bo’lgan. Qadimgi odamlarning peshonasi tor, miyasi 

kichik bo’lgan, hali gapira olmagan, uzuk-yuluq ovozlar chiqarib g’azab va 

qo’rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar. 

 

Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa topish uchun 



toshdan, suyakdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu 

tufayli ularni «homo-habilis»- «bilag’on odam» deyiladi.  

 

 

Dastlabki 

mehnat 

qurollari 

 

O’tkir qirrali, yassi, tuxumsimon tosh qurollari. 



Ular qo’l cho’qmori ham deyiladi. 

 

Daraxt shoxlaridan tayyorlangan er kovlaydigan 



tayoq. 

 

Hayvonlarni zarb bilan uruvchi so’yil. 



 

 

Ilk paleolit davrida odamlar to’da-to’da bo’lib asosan g’orlarda 



yashaganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik 

ildizlarini kovlab eb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni 

ovlab, ushlab eganlar, shuningdek, mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham 

iste’mol qilganlar. 

 

Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish, 



hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat 

bo’lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odamlarning o’zlari ham o’zgarib, 

takomillashib borgan. 

 Mamlakatimiz 

hududida 

o’rta paleolit yoki muste davri, avvalo, odamlar 

qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning

1

 vujudga kelishi bilan farqlanadi. 



Ularning peshonasi va jag’ tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo’lgan, 

tik yuraolgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’ori o’rta 

paleolitga xos neandertal turidagi odamlarning manzilgohi ekanligidan dalolat 

beradi. G’ordan 8-9 yashar bolaning qabri, kalla suyagi, odam suyaklarining 

qoldiqlari, ular ovlab tirikchilik qilgan hayvon suyaklari, toshdan yasalgan 

o’choq, kul qatlamlari, hayvon va qushlarning suyaklari topilgan. 

 

O’rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir 



Temur g’oridan, Samarqand viloyatining Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Zirabuloq, 

Toshkent viloyatining Xo’jakent, Obirahmat, Farg’ona vodiysining Qayrag’och 

qishlog’idagi Boqirg’on darasi, Palmon qishlog’i yaqinidagi Xo’jaxayr soyi, 

Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog’ yon 

                               

1

 Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan, bundan 100-40 ming yillar yashagan odamlarga berilgan nom.  



 

24

bag’irlaridagi o’ng’ur va buloq yoqalaridan topildi va o’rganildi. O’rta Osiyoda 



bu davrga mansub 50 dan ortiq manzilgoh topilgan. Bu manzilgohlardan turli xil 

tosh qurollari, hayvon shoxlari va suyaklari topilgan. Odamlarning mehnat 

qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq 

toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi 

Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan 

foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l 

chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan. 

 

Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo’ladigan 



momoqoldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo’ladigan olov 

lavasidan, dahshatli yong’indan qo’rqar edi, keyinchalik undan foydalana 

boshlaydilar, olovni o’chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox-shabba 

tashlab turishgan.  

O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar

gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishgan, yirtqich 

hayvonlarni olov bilan qo’rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, 

ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. 

 O’zbekiston 

hududida 



so’nggi paleolit odamlari yashagan anchagina 

manzilgohlar topilgan. 1939 yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi 

muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o’tgan Siyobcha soyi 

yoqasidan so’nggi paleolit davriga xos odam manzilgohini topadi. Bu 

manzilgohda Samarqand davlat universitetining arxeologlari D.N.Lev va 

M.Jo’raqulovlar tomonidan o’tkazilgan izlanishlar natijasida uchta madaniy 

qatlam ochilib o’rganiladi. Bu makondan odam skeletlari, ikkita pastki jag’ 

suyagi, hayvon suyaklari, chaylasimon kulba izlari, uning markazida o’choq va 

kul qatlamlari, 10 mingga yaqin tosh qurollari /tosh pichoq, qirg’ich, tosh bolta/ 

topilgan. Samarqand makonidan tasviriy san’atning eng qadimgi namunasi - 

hayvonning qovurg’a suyagiga chizilgan beshta o’yiq shakl, bir qancha suyak 

bezaklari topilgan. 

 

So’nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surhondaryo 



viloyatlarida ham topilgan. O’rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib 

o’rganilgan. Mamlakatimizning so’nggi paleolit manzilgohlarida o’tkazilgan 

tadqiqotlar bu davrda mehnat qurollari yasash texnikasida, odamlarning turmush 

tarzi va dunyoqarashida, xo’jalik yuritishida keskin o’zgarish yuz berganligini 

ko’rsatadi. Odamlar jismoniy jihatdan ham takomillashdi. Odamlarning yangi 

turi, hozirgi zamon odamlariga o’xshash bo’lgan kramononlar

1

 shakllandi. Fanda 



bu odamni «homo-sapiens» - «aql-idrokli odam» deb ataladi. Ularning miya 

hajmi «homo-habilis»dan ikki baravar katta, bo’yi baland, qomati tik bo’lgan, 

nutqi rivojlanib, oddiy gap tuza olgan. Xo’jalikda baliq ovi kelib chiqadi. 

Odamlar yashash uchun kulbalar qurganlar. 

 

                               



1

 L.Larte tomonidan Frantsiyaning Dordon departamentidagi Kro-Manon g’oridan topilgan, bundan 40-12 ming 

yillar avval yashagan odamlarga berilgan nom.  


 

25

 



So’nggi 

poleolit 

mehnat qurollari 

 

arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari 



 

suyak va yog’ochdan yasalgan tishli qarmoq-

garpunlar 

 

ignalar, nayza uchlari 



 

 

So’nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o’zgarish ibtidoiy to’da o’rnida 



urug’ jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Qon-qarindoshlikka 

asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida rasmiylashdi, u tarixda 

matriarxat deb nom oldi. Bir urug’dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g’orda 

yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat 

qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining umumiy mulki 

hisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni 

o’rgatish ishlariga urug’ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali va 

hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan.  

 

Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni,  ayollar uchun turli bezak va 



taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning 

devorlariga yirik hayvonlarning  tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini 

tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini 

namoyon etuvchi o’yin-raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy 

san’at paydo bo’ladi. 

 

 So’nggi paleolit davridayoq insonning evropoid, negroid, mongoloid kabi 



irqiy turlari paydo bo’ladi.Bu irqlar odamlar taraqqiyotining  sifat ko’rsatkichi 

bo’lmay, tabiiy shart-sharoitlar  ta’sirida vujudga keladi. Evropoidlar Evropada, 

Negroidlar Afrikada, Mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda 

yashaganlar. 

 

3. Mezolit va Neolit davri manzilgohlari. 



 

Ulug’ muzlikning erishi, erning isiy boshlashi, ko’plab daryo va 

ko’llarning hosil bo’lishi, yaylovlar, to’qay va o’rmonlarning vujudga kelishi, 

yangi o’simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o’lkamizning barcha 

vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni 

arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham 

ko’rsatadi. 

 

1970-1980 yillarda O’.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi 



Farg’ona viloyati So’x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari 

olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug’ jamoalarining 

izlarini topdi. Bu guruh 1967 yilda Toshkent shahriga yaqin bo’lgan Bo’zsuv 

soyining ikki tarmog’i qo’shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi, 

bu yodgorlikning yoshi miloddan avvalgi o’n  mingginchi yilliklarga to’g’ri 

keladi. Bu manzilgoh Qo’shilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari, 

mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi 


 

26

Ko’hitongning Machay soyi qirg’og’idagi g’orda olib borilgan tadqiqotlar 



natijasida bu g’orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida 

yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay 

manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o’choq va kul 

qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog’ arxari va 

jayronlar bo’lganligi aniqlandi. Machayliklar shoxli va mayda hayvonlarni 

xonakilashtirishni o’zlashtira boshlaganlari ham ma’lum bo’ladi. 

 

Mamlakatimizning boshqa hududlaridan topilgan mezolit davriga oid 



manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat 

qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklarini ko’rsatadi.  

 

Mezolit 

davri 

qurollari 

 

O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar). 



 

tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilgan 

irg’ituvchi nayza qurollari. 

 

O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega 



bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan 

daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi 

hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. 

 

Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali 



mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi 

hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish 

orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar. 

Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod 

shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Machay qabristonida jasad 

chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar 

terib qo’yilgani aniqlangan. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi 

Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga 

kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi 

tasvirlangan. Bu manzarada yirik shoxli hayvonlar podasi orqasidan ovchilar o’z 

itlari bilan ketayotgani, ovchilar esa o’q-yoy bilan, poloxmon toshlar bilan 

qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar buqani o’rab 

olgani manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi bu suratlar o’sha davr 

rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik 

darajada aks ettirilganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi. 

Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub  o’zgarish - inqilob sodir 

bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash  usullari 

ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar 

paydo bo’ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. 

Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning 

uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. 

Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga 

keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va 



 

27

qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega 



bo’ladilar.   

 

 Neolit 



davrida 

ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu 

insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay 

qutiladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot 

kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning 

turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi.  

Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va 

o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. 

Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi. 

 

 

 

Neolit 

davri 

mehnat 

qurollari 

 

Tosh bolta, pona, iskana 



 

Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi 

 

Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq 



 

Toshdan yasalgan don yorg’uchoq 

 

Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar 



 

Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato 

to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan. 

 

Yog’och g’o’lalarni bir-biriga bog’lab yasalgan suvda 



suzuvchi sol, qayiqlar. 

 

Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko’plab arxeologik 



yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi 

Okchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir 

odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog’i va Orol dengizining 

shimoliy-sharqiy bo’ylaridan yana ko’plab makonlar topib o’rganildi. Bularning 

hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti, 

xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3 

ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko’rsatdi. 

Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4 

hisoblanadi. Jonbos-4 da o’tkazilgan qazish ishlari natijasida maydoni 300 kv.m. 

qeladigan g’oyat katta turar joy-yarim erto’la shaklidagi kulba ochildi. 

Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib 

ketganligini, odamlar foydalangan barcha uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat 

qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko’rsatdi. Kulba tomini ko’tarib 

turgan birnecha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin 

kishi istiqomat qilishgan. Uning o’rtasidan katta o’choq, atrofida yana 20 dan 

ortiq mayda o’choqlar, ko’mirga aylangan yog’ochlar va qamishlar topildi. Har 

bir o’choq atrofidan baliq, yovvoyi cho’chqa, bug’u, qirg’ovul, suv qushlarining 

suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumining po’choqlari, yovvoyi jiyda danaklari 

topildi. Katta o’choq o’t og’asi ixtiyoridagi otashkada /altar/ bo’lib, Kaltaminor 

urug’ jamoasi katta o’choqdagi o’tga topinishgan, bu odamlarning diniy 

e’tiqodini ko’rsatadi. Kulbadagi mayda o’choqlar esa ona urug’i doirasida 


 

28

ko’plab juft oila mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Jonbas-4 manzilgohidan chaqmoq 



toshdan yasalgan juda ko’p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari, 

turli xil naqshlar, o’yib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topiladi. 

Topilgan qoldiqlarning deyarli ko’pchiligi baliq va qush suyaklari bo’lib, 

kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi. 

Kaltaminorliklar o’q-yoydan keng foydalanganlar.  

1950 yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G’.G’ulomov Zarafshon bo’ylab 

qidiruv ishlari olib boradi va o’nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit 

davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960 

yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O’.Islomovlar davom etkazadilar. 

Natijada 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan 

urug’ jamoalarining baliq ovi bilan shug’ullanganligi, termachilik xo’jaligida 

tosh yorg’uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi. 

Zarafshon daryosining  o’rta havzalarida yana bir yodgorlik-Sazag’on 

makoni /Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’i/ topib o’rganiladi. Ko’plab 

tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topiladi. Sazag’on jamoasi 

qoramollarni qo’lga o’rgatib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. 

Zarafshon vodiysi urug’ jamoalari sifatli tosh xom ashyolardan qurollar 

yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut 

chaqmoqtosh konida 4-5 metrlik shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib 

qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo’nish oson bo’lganligini bilganlar. 

Zarafshon vodiysida yashagan urug’ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa baliq 

ovlash alohida ahamiyat kasb etgan. 

 

4. Eneolit va bronza davri madaniyati.  



 

Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi. 

Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni 

o’rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan 

qurollar mo’rt,yumshoq va tez egiluvchan bo’lgan. Shu sababdan toshdan 

mehnat qurollari yasash ham davom etgan. Bu davrni eneolit, ya’ni mis-tosh 



Download 3.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling