O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
milliy valyutamiz-so’ming muomalaga kiritilishi
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi.
- 2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
- Tabiiy gaz ishlab chiqarishning o’sishi, mlrd. m 3 hisobida 41,882 48,886 54,76
- Gaz-kimyo va engil sanoat
- G’alla ishlab chiqarishning o’sishi, ming tonna hisobida 1908 609 3215 2317 3916
- Iqtisodiyotda barqaror yuksalish
- 3. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot
- Ma’naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi Tarixiy xotiraning tiklanishi
milliy valyutamiz-so’ming muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki o’z milliy valyutasiga ega bo’lmagan davlat chinakam mustaqil bo’la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab so’m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko’tarildi.. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko’p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.
331
Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida 38,1 74,5 10,4 79,9 7,6 87,7 65 99,2 51 98,6 14 69,3 0 20 40 60 80 100 Ялпи ички махсулот Саноат Кишлок хужалиги Пуллик хизмат курсатиш 1990 йил 2004 йил 1 январь Mulk shakllarining 2003 yilgi ulushi, foiz hisobida 47,8
9,2 40 3 Хусусий
мулк Давлат
мулки Жамоа
мулки Кушма
ва ижара
мулк
2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
332
Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga etdi. Yoqilg’i mustaqilligi Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini - 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor edi. Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga erishildi. 1991 yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.
333
Tabiiy gaz ishlab chiqarishning o’sishi, mlrd. m 3 hisobida 41,882 48,886 54,76 56,4 58,1 0 10 20 30 40 50 60 1991 й 1995 й 1998 й 2000 й 2003 й Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994 yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIz mash» qo’shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug’idir, deb e’tirof etildi. 1992 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomabil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996 yillarda Asaka shahrida «O’zDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1996 yilda 25,3 ming, 1997 yilda 64,9 ming, 1998 yilda 54,4 ming, 1999 yilda 58,4 ming, 2004 yilda 70 ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. «O’zDEU» zavodida 1999-2003 yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000 yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o’nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «O’zDEU» zavodi uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni engib o’tdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000 yilda 954 ta, 2001 yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.
Lummus Global» kompaniyasi o’rtasida Sho’rton gaz-kimyo majmuasini qurish bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua qurilishida 1mlrd. AQSh dollari hajmida sarmoya o’zlashtirildi. 2001 yil dekabrda 334
Sho’rton gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Engil va to’qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta ishlovchi «Qabul-O’zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», «Karakulteks», «Chinoz to’qimachi», «Qabul-Farg’ona», «Oq saroy to’qimachi» qo’shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004 yilda 17 ta engil sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq ist’emoli mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab yangi ish o’rinlari yaratildi. Agar 1991 yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatkich 28 foizga etdi. Kalava, ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.
Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit kombinati, Qung’irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyo’l va Andijon spirt zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko’plab korxonalar bunyod etildi. Don mustaqilligi Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga e’tibor berildi. Xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo’li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog’i 1991 yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda 42 foizga o’sdi. Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash yo’li izchillik amalga oshirildi. Agar 1991 yilda mamlakatimizda 1,9 mln. tonna don, shu jumlandan 609,5 ming tonna bug’doy tayyorlangan bo’lsa, 2003 yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug’doy etishtirildi. O’zbekiston g’alla mustaqilligiga erishdi. Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil etishtirish imkonini yaratdi.
1908 609 3215 2317 3916 3555 6103 5439 0 1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 1991 1995 2000 2003 Дон махсулотлари Шу жумладан бугдой
335
Iqtisodiyotda barqaror yuksalish Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002 yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1990 yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992 yilda 94,7 foizga, 1993 yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997 yilda 106,5 foizga, 1998 yilda 105,8 foizga, 1999 yilda 106,1 foizga, 2000 yilda 106,4 foizga, 2001 yilda 108,1 foizga, 2002 yilda 108,1 foizga, 2003 yilda 108,4 foizga, 2004 yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim- kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995 yillarda pasayib bordi, 1996 yildan boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996 yilda YaIM 101,7 foizga, 1997 yilda 105,2 foizga, 1998 yilda 104,4 foizga, 1999 yilda 104,4 foizga, 2000 yilda 104 foizga, 2001 yilda 104,5 foizga o’sdi. Natijada, 2001 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991 yilga nisbatan 103 foiz o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan mamlakatdir. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o’sdi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o’sdi. Birgina 1999 yilda 4,5 ming km gaz tarmog’i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog’i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi. Jahondagi etakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston Havo yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi.
O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi. Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to’lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. 336
Faqat 2000 yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi. Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi. Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy yordam ko’rsatmoqda. 1994 yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda.
337
3. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O’zbekiston taraqqiyotining ustivor yo’nalishi deb belgilandi. Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. «Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q bu dunyoda». Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1, 202-bet. Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat hamda
an’analar va muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay Ma’naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi Tarixiy xotiraning tiklanishi 338
turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o’quv adabiyotlari yaratildi. Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YuNESKO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferentsiya va ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi. 1999 yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling