O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida deklaratsiya»
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida deklaratsiya», ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkorlik, moliya, qishloq xo’jaligiga oid qator hujjatlar imzolandi. AQSh ni sinovli damlarda qo’llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O’zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir. Shunday qilib, O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik tobora o’sib bordi va mustahkamlandi. Bugungi kunda O’zbekiston va AQSh strategik hamkor va sherik mamlakatlardir.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish va tobora chuqurlashtirish alohida o’rin tutadi. 1996 yil 21 iyunda Florentsiya shahrida imzolangan O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasidagi «Sheriklik va hamkorlik O’zbekistonning Evropa mamlakatlari bilan hamkorligi 385
to’g’risidagi bitim», uning 1999 yil 1 iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi.
O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan-yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Respublikamizda Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditatsiya qilindi. Evropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi yuz foizlik Evropa kapitaliga ega. 1995-2002 yillarda Evropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati qariyb 8 mlrd. AQSh dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002 yilda O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd. 65,8 mln. AQSh dollarini, 2003 yil yanvar-oktyabr oylari yakunlari bo’yicha esa 910,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonning Evropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo’lgan Germaniya bilan o’zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Germaniyaga 1993 yil 28 aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O’zbekiston bilan Germaniya o’rtasida munosabatlarni yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga egadir. I.Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon Vayzenker va Federal kantsler Gelmut Kol bilan samimiy, o’zaro tenglik asosida, ishonch va qatiyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o’rtasida madaniy hamkorlik to’g’risida, sarmoyalar qo’yishni amalga oshirish va o’zaro himoya qilishga ko’maklashish to’g’risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini tashkil etish to’g’risida bitimlar imzolandi. "Doyche bank", "Mersedes-Bents" va "Simens" kompaniyalarining rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko’ra O’zbek-Germaniya hamkorligi masalalari bo’yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki-tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994 yil 1 sentyabrda GFR poytaxti Bonnda O’zbekiston Respublikasining Evropada birinchi elchixonasi ochildi. Ґozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yuritmoqda. "Toshkent- Frankfurt" havo yo’li ochildi, O’zbekistonda "Doyche-bank"ning bo’limi faoliyat ko’rsatmoqda. Germaniyaning “Geydelber” firmasi O’zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. “Geydelber” firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo’l kitob fabrikasi, Toshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi “Tong” nashriyoti qayta jihozlandi. O’zbekistondagi “Rastr” va “Groteks” nashriyotlari “Geydelber” firmasi texnologiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o’quv qo’llanmalari va boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001 yilda O’zbekiston-Germaniya-Rossiya hamkorligidagi “Namangan qog’oz” qo’shma korxonasi qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil 2-5 aprel kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kantsleri Gerxard Shrederning 2002 yil 9-
386
10 may kunlari O’zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O’zbekiston-Germaniya o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doirlari o’rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997 yilda O’zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich 80 taga etdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va boshqalardir. 2003 yilda Germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida engil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko’rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega. o’zbekistonga kiritlayotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001 yildayoq 1 mlrd. AQSh dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 2001 yilda 283,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O’zbekistonning Evropadagi eng yirik iqtisodiy hamkoridir. O’zbekiston bilan Frantsiya o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktyabr kunlari O’zbekiston delegatsiyasining Frantsiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I.Karimov Frantsiya Prezidenta F.Mitteran, Frantsiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan do’stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so’zlab: "Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda etakchi o’rinni egallab turgan mustaqil O’zbekiston Sharq bilan Fapb o’rtasida ishonchli ko’prik bo’lishi mumkin. Ko’p asrlik tarix, teran an’analarga ega bo’lgan, insoniyatning faxriga aylangan allomalarni etkazib bergan O’zbekiston doimo frantsuzlarning dikqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo’lib qoldi", deb ta’kidlagandi. Bu Vatanimiz to’g’risida, uning shon- shuhratini ulug’lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda «O’zbekiston Respublikasi va Frantsiya Respublikasi
texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, sarmoyalarni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim imzolandi. Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respublikamizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O’zbekistonning Evropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Milliy banki bilan Frantsiyadagi yirik "Kredit Kommersial de Frans" banki o’rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko’zda tutildi. Taniqli "Elf-akiten" neft- kimyo kontserni, "Texnip" firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Frantsiya va O’zbekiston o’rtasida savdo-sotiq hisob- kitoblarini ta’minlab turgan "Kredi kommersila de Frans" banki zavod qurilishini ham mablag’ bilan ta’minladi. O’zbekiston bu bankka mablag’ qo’ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo’lib turibdi. 387
1994 yil 25-27 aprel kunlari Frantsiya Prezidenti F.Mitteranning O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risida, O’zbekiston va Frantsiya o’rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek havo transporti sohasida hamkorlik to’g’risidagi deklaratsiyalar imzolandi. O’zbekiston bilan Frantsiya o’rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda. Qishlok xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ozik-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. O’zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo’lgan Buyuk
Prezidenti I.Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo’lishi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo’ldi. Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Elizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq o’zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo’lib o’tdi. Safar samarali bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o’rtasida o’zaro iqtisodiy aloqalar to’g’risida shartnoma, sarmoyadorni o’zaro rag’batlantirish va himoyalash to’g’risida bitim, havo yo’llarini ochish to’g’risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. "Toshkent-London" havo yo’lida samolyot qatnovining yo’lga qo’yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1996 yilning boshlarida O’zbekistonda Britaniya Kengashi bo’limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytarish yo’lidagi yangi qadam bo’ldi. O’zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Evropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o’rnatildi va kengayib bormoqda. Shveytsariyaning Altendorf shahrida O’zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo’ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo’lib qolmay, O’zbekistonning Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat - Shveytsariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi mamlakatimizning Evropa mamlakatlari bilan hamkorligini yangi bosqichga ko’tardi. 1996 yilda Evropa Ittifoqi Kengashi bilan O’zbekiston o’rtasida sheriklik va hamkorlik bitimi imzolandi. Bitim tufayli O’zbekiston Evropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 davlat bilan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, investitsiya, moliya, bojxona, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, telekommunikatsiya, transport va boshqa sohalarda sheriklik va hamkorlik munosabatlari o’rnatdi. O’zbekiston Oliy Majlisi bilan Evroparlament o’rtasida ham aloqalar o’rnatildi. Bu aloqalar O’zbekiston parlamenti bilan Evroparlament o’rtasida 1998 yilda tuzilgan hamkorlik qo’mitasi darajasida kengayib bormoqda. O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi 388
o’rtasida imzolangan sheriklar va hamkorlik to’g’risidagi bitim bunga aloqador davlatlar parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg’or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko’plab qo’shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir.
2003 yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 2087 ta qo’shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatdi. Ular 386,7 mlrd. so’m hajmida iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aholiga xizmat ko’rsatdi. Jahondagi 80 dan ortik xorijiy bank bilan o’zaro munosabatlar o’rnatilgan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonga kiritilgan chet el investitsiyalari 14 mlrd. AQSh dollaridan oshdi. Bir yilda taxminan 1 mlrd. AQSh dollari o’zlashtirilmoqda. O’zbekiston jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Ґar yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6-8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Ilg’or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo’lga qo’yishda, etakchi birjalar bilan aloqalar o’rnatishda, qonunchilik tajribasini o’rganishda respublikamizga ko’maklashmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Sinov savollari
1. Xalqaro vaziyatda qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 2.
3.
O’zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nimalardan iborat? 4.
Qanday geosiyosiy jihatlar O’zbekistonga qiyinchiliklar tug’dirmoqda? 5.
Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar yaratildi? 6.
O’zbekistonning tashqi siyosati qanday tamoyillarga tayanadi? 7.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasini daftaringizga yozib oling. 8.
Dunyodagi qaysi davlatlar Toshkentda o’z elchixonalarini ochgan? 9.
Qaysi mamlakatlarda O’zbekistonning elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda? 10.
O’zbekiston nima uchun jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lidan bormoqda? 11.
12.
O’zbekistonning EXHT bilan hamkorligi haqida nimalarni bilasiz? 389
13.
O’zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi haqida so’zlab bering. 14.
Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 15.
GUUAM tashkiloti to’g’risida nimalarni bilasiz? 16.
MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo’lib kirdi? 17.
MDH muassislari tomonidan qabul qilingan Almati Deklaratsiyasida nimalar haqida bayonot berildi? 18.
MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 19.
20.
O’zbekiston va Rossiya o’rtasida davlatlararo munosabatlarning o’rnatilishi haqida so’zlab bering. 21.
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar haqida so’zlab bering. 22.
Markaziy Osiyo respublikalari o’rtasida aloqalarning yo’lga qo’yilishi haqida nimalarni bilasiz? 23.
Orol muammosini hal qilish yo’lida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda? 24.
do’stlik to’g’risidagi shartnomalarning mohiyati nima? 25.
Nima sababdan MOIH Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti etib qayta tuzildi? 26.
27.
O’zbekiston va Turkiya aloqalari haqida so’zlab bering. 28.
O’zbekistonda Pokiston sarmoyadorlari bilan qanday qo’shma korxonalar barpo etilgan? 29.
O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat yozing. 30.
31.
O’zbekiston bilan Koreya Respublikasi o’rtasida qanday sohalarda hamkorlik qilinmoqda? 32.
O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalar nimalarda o’z ifodasini topmoqda? 33.
O’zbekiston bilan AQSh o’rtasidagi hamkorlik haqida nimalarni bilasiz? 34.
35.
Siz yashayotgan viloyat, shahar va tumanda chet el sarmoyalari ishtirokida qanday qo’shma korxonalar tuzilgan? Ular faoliyatini o’rganing va referat yozing.
390
XOTIMA
Aziz talaba, Siz mazkur darslikni qo’lga olib, uni mutolaa qilib, dono xalqimizning necha ming yilliklar bilan bo’ylasha oladigan, o’ziga xos betakror tarixi, betimsol osori atiqalari, yuksak ma’naviy qadriyatlari bilan tanishib chiqdingiz. Shubhasizki, buning natijasida tarixiy xotirangiz, tasavvur olamingiz yanada boyidi, aqlu zehningiz, shuuringiz tag’inda charxlandi. Eng muhimi, Siz ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob bisotlar, tarixiy merosni o’rganish barobarida o’zligingizni tanish, kimlarning qonuniy vorislari, davomchilari ekanligingizni yana bir bor anglab etishga musharraf bo’ldingiz.
Shu o’rinda muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas», degan donishmandona so’zlari beixtiyor yodga keladi. Ha, haqqoniy tarix tom ma’noda bilimlar manbai, ma’naviyat negizi, qolaversa, chinakam tarbiya maktabidir.
Ne baxtki, milliy mutaqillikka erishganimiz tufayli ona tariximiz to’g’risidagi chin haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to’sib kelgan g’uborlar, «oq» va «qora» dog’lar butkul supirib tashlandi. Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi, ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka daxldor o’lmas merosi yangidan to’la kuch bilan namoyon bo’ldi.
Qo’lingizdagi ushbu darslik ham milliy istiqlol sharofati bilan tug’ilgan bebaho imkoniyatdan foydalanib, Vatan tarixiga yangicha tamoyillar nuqtai nazaridan yondashilib, asrlar silsilasini xolis, haqqoniy va ilmiy asosda o’rganilib yaratilgandir. Siz uning sahifalarini qunt bilan o’rganib, bu azim yurt bag’rida uzoq davrlar davomida yuz bergan xilma-xil tarixiy jarayonlarni, voqea, hodisalarni ko’z o’ngingizdan birma-bir o’tkazdingiz hamda ularning nechog’lik murakkab, ziddiyatli kechganligiga guvoh bo’ldingiz. Ayni chog’da ne-ne ulug’ tarixiy siymolarimizning o’z kindik qonlari to’kilgan shu muqaddas yurt uchun, uning erki, ozodligi, hurligi va mustaqilligi uchun fidoyilik bilan kurashganligiga, o’z ongli hayoti, faoliyatini shu oliyjanob maqsadlarga baxshida etganligiga amin bo’ldingiz. Boshqa bir o’rinda esa buyuk bobokalonlarimizning boy ilmiy, madaniy meros yaratib, yurt dovrug’ini dunyoga ma’lumu mashhur etganligini anglab, o’zingizda faxru iftixor tuyg’usini his qildingiz.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov Amir Temur siymosi haqida to’xtalib «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g’ururimiz», deb bejiz aytmaganligining boisi ham mana shundan.
Xullas, o’z tarixini puxta bilish, undan yaxshi xabardor bo’lish, navqiron avlodimizning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havodek zarurdir. Negaki, u Sizni shu muborak Vatanni farzand yanglig’ sevish, uning har bir siqim tuprog’ini ko’zga to’tiyo etish, ona yurt xizmatiga kamarbasta bo’lish, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan, g’animlardan himoyalash, kerak bo’lsa aziz jonni ham fido qilishga chorlaydi. Bunda ulug’ ajdodlarimizning ibrati, jasorati Sizga ruhiy madadkor bo’ladi.
Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o’rganish orqaligina milliy istiqloldek bebaho ne’matning qadrini yanada teran tushunamiz. Va, u bizning qo’limizga osonlik bilan kelmaganligiga, unga erishish yo’li og’ir, mashaqqatli kechganligiga, bu borada mislsiz qurbonlar berilganligiga jonli guvoh bo’lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini
391
avaylab asrash, uni non kabi, jon kabi ulug’lash, bugina emas, uni mustahkamlash va kuchaytirish borasida doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlik har birimizning jonajon ishimiz, fuqarolik burchimiz bo’lmog’i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o’g’il-qizlarimiz, buni hamisha yodingizda tutmog’ingiz kerak bo’ladi.
392
MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI Mil. av. VIII-VII asrlar Qadimgi Xorazm va Baqtriya ilk davlat tuzilmalarining vujudga kelishi
O’rta Osiyo Eron ahomaniylari hukmronligi ostida.
Marg’iyonada ahomaniylarga qarshi Frada boshchiligida qo’zg’olon. Mil. av. 329 yil Iskandarning O’rta Osiyoga yurishi.
O’rta Osiyo xalqlarining Spitamen boshchiligida Iskandar qo’shinlariga qarshi kurashi.
O’rta Osiyoda Salavkiylar hukmronligi.
Baqtriya davlatining qayta tiklanishi, rivojlanishi va inqirozi
Qang’ davlatining tashkil topishi, rivojlanishi
Qang’ davlatining So’g’d va Shoshni qo’shib olishi.
Davan (Farg’ona) davlatining tashkil topishi, rivojlanishi
Kushonlar sulolasi hukmronligi.
Xorazmda Afrig’iylar sulolasi hukmronligining boshlanishi.
Eftaliylar sulolasi hukmronligi.
Markaziy Osiyo xalqlari Turk hoqonligi tarkibida.
Turk hoqonligining g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketishi.
Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari.
Arablarning Movarounnahrni zabt etishi. Qutayba ibn Muslim hukmronligi.
Muqanna qo’zg’oloni.
Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo’zg’olon.
Xurosonda Tohiriylar sulolasi hukmronligi.
393
864-888 yillar Movarounnahrda Nasr ibn Ahmad Somoniy hukmronligi.
Xurosonda Safforiylar hukmronligi
Ismoil Somoniy hukmronligi.
Sobuqteginning G’aznaga hukmronligi
Xorazmda Afrig’iylar sulolasining tugatilishi
Xorazmdan Ma’mun ibn Muhammad xukmronligi
Buxoroning Nasr Bug’roxon tomonidan zabt etilishi. Movarounnahrda Qoraxoniylar xukmronligining o’rnatilishi
Mahmud G’aznaviy hukmronligi
Xorazmda Abdul Abbos Ma’mun ibn Ma’mun hukmronligi
Dondaniqon jangi
Saljuqiylarning Xorazmni zabt etishi
Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’ati turk» asarining yaratilishi.
Xorazmda Anushtagin hukmronligi
Xorazmda Qutbiddin Muhammad hukmronligi.
Qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib kirishi.
Saljuqiy Sulton Sanjar hukmronligi
Xorazmshoh Otsiz ibn Qutbiddin Muhammad hukmronligi.
Qatvon cho’lida Sulton Sanjar qo’shinlarining qoraxitoylar tomonidan tor-mor qilinishi.
Xorazmda Elarslon ibn Otsizning hukmronligi
Xorazmshoh Takash ibn Elarslon hukmronligi
Muhammad Xorazmshoh hukmronligi
394
1219 yil Chingizxonning O’rta Osiyoga yurishi
Mo’g’ullar tomonidan O’tror, Buxoro va Samarqand shaharlarining bosib olinishi. Temur Malik tomonidan Xo’jand shahrining mudofaa qilinishi
Mo’g’ullar tomonidan Termiz, Balx, Urganch shaharlari, Xuroson va Afg’onistonning zabt etilishi
Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullarga qarshi kurashi
1225-1238 yillar Savdogar Mahmud Yalavoch Movarounnahr noibi
Chig’atoy ulusi
Buxoroda Mahmud Torobiy qo’zg’oloni
Mahmud Yalovochning o’g’li Mas’udbekning Chig’atoy ulusiga noibligi
Xurosonda sarbadorlar harakatining boshlanishi
Amir Temur tavalludi
Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temurning Movarounnahrga yurishi
Ilyosxo’janing Movarounnahrga yurishi
Samraqandda sarbadorlar qo’zg’oloni
Sohibqiron Amir Temur saltanati
Amir Temurning Eronga (uch yillik) yurishi
Amir Temurning To’xtamishga qarshi yurishi
Qunduzcha yonidagi jang
Amir Temurning besh yillik yurishi.
Amir Temurning To’xtamishga qarshi uchinchi yurishi.
Amir Temurning Ґindistonga yurishi.
395
1398-1404 yillar Amir Temurning etti yillik yurishi.
Anqara jangi
Amir Temurning vafoti.
Movarounnahrda Ulug’bek hukmronligi.
Buxoroda madrasa qurilishi.
Samarqandda Ulug’bek madrasasi qurilishi.
Ulug’bekning pul islohoti.
Ulug’bek rahbarligida Samarqand rasadxonasining bunyod etilishi.
Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati.
Mirzo Ulug’bekning fojiali vafoti.
Movarounnahr va Ґirotda temuriy Abusaid Mirzo hukmronligi.
Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati.
Movarounnahrda temuriy Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi.
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyati.
Shayboniyxon tomonidan Samarqand va Buxoroning egallanishi.
Ґirotni Shayboniyxon tomonidan egallanishi.
Shayboniyxonning Eron shchohi Ismoil I bilan to’qnashuvi va halok bo’lishi.
Ko’chkunchixon hukmronligi.
Mustaqil Xiva xonligining tashkil topishi.
Ubaydullaxon hukmronligi.
Ubaydullaxon tomonidan Xorazmning zabt etilishi.
396
1551-1556 yillar Navro’z Ahmad (Baroqxon) hukmronligi.
Abdullaxon II hukmronligi va markazlashgan davlat tuzishi.
Toshkentda Abdullaxon II ga qarshi qo’zg’olon.
Shayboniyxonlarning so’ngi vakillari Abdulmo’min va Pirmuhammad II hukmronligi.
Ashtarxoniy Boqimuhammad va Valimuhammad hukmronligi.
Xorazmda Arab Muhammad hukmronligi.
Buxoro xonligida Imomqulixon (Ashtarxoniy) hukmronligi.
Toshkentda Imomqulixonga qarshi xalq qo’zg’oloni.
Samarqandda amir Yalangto’sh tomonidan Sherdor va Tillakori madrasalarining qurilishi.
Xivada Arab Muhammad madrasasining qurilishi.
Xorazmda Asfandiyorxon hukmronligi.
Xivada Abdulg’ozi I hukmronligi.
Buxoroda Abdulazizxon hukmronligi.
Xivada Anushaxon hukmronligi.
Buxoroda Subxonqulixon hukmronligi.
Qoraqalpoqlar qo’zg’oloni.
Xorazmning Buxoro xonligiga qo’shib olinishi.
Xivada Shohniyoz Eshik og’asining hukmronligi.
Buxoroda Ubaydullaxon II hukmronligi.
Xivada Arab Muhammad II hukmronligi.
Samarqand va Buxoroda xalq qo’zg’oloni.
397
1710 yil Shohruhbiy tomonidan Qo’qonda o’zbeklarning minglar urug’i hukmronligining o’rnatilishi.
Buxoro xonligida Abulfayzxon hukmronligi.
Xivada Sherg’ozixon madrasasining qurilishi.
Eron shohi Nodirshohning O’rta Osiyoga yurishi.
Buxoroda mang’it amir Muhammad Rahimxon hukmronligi.
Qo’ng’irot urug’idan Muhammad Ali Inoqning Xivada hokimiyatni egallashi.
Buxoroda Shohmurodxon hukmronligi.
Qo’qonda Olimxon hukmronligi.
Buxoroda Amir Ґaydar hukmronligi.
Xivada Eltuzarxon hukmronligi.
Muhammad Rahim I hukmronligi.
Qo’qonda Muhammadalixon (Madalixon) hukmronligi.
Buxoroda amir Nasrullo hukmronligi.
Qo’qonda Madalixonga qarshi qo’zg’olon.
Amir Nasrulloning Qo’qonni bosib olishi.
Xorazmda Muhammad Rahimxon II (Feruz) hukmronligi.
Qo’qon xoni Ґudayorxonning birinchi hukmronlik davri.
Ruslar tomonidan Oqmachit istehkomining bosib olinishi.
Qoraqalpoqlar qo’zg’oloni.
Mallaxon hukmronligi.
Amir Muzaffar hukmronligi.
398
1862-1863 yillar Xudoyorxonning ikkinchi marta taxtni egallashi.
Rus qo’shinlarining Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlarini bosib olishi.
Toshkentning rus qo’shinlari tomonidan bosib olinishi.
Xudoyorxonning uchinchi marta hukmronligi.
Chor Rossiyasi tomonidan O’ratepa va Jizzaxning bosib olinishi.
Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston okrugining tashkil topishi.
Buxoro amiri qo’shinlarining Zirabuloqdagi mag’lubiyati mag’lubiyati.
Buxoro bilan Rossiya o’rtasidagi tuzilgan bitimga ko’ra Buxoroning qaram davlatga aylantirilishi.
Toshkentda birinchi tipografiya va litografiyalar qurib, ishga tushirildi.
Toshkentda kimyo laboratoriyasi ochildi. Toshkentda birinchi bor shahar nizomi joriy qilindi. Toshkentda Turkiston ommaviy kutubxonasi ochildi.
Pomirga tutash bekliklarni Buxoro ixtiyoriga o’tkazish haqida Rossiya va Buxoro o’rtasida tuzilgan shartnoma.
Rus qo’shinlari tomonidan Xivaning bosib olinishi.
Xiva bilan Rossiya o’rtasida Gandimiyon shartnomasining tuzilishi. Xivaning Rossiyaga qaram davlatga aylantirilishi.
Farg’ona vodiysida Po’latxon qo’zg’oloni.
Qo’qon xonligining tugatilishi va uning hududida Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyatining tashkil etilishi.
Axaltekin harbiy ekspeditsiyasi tomonidan Mixaylovskiy bo’g’ozidan Qizil Arvatgacha temir yo’l qurishga kirishildi.
399
1881 yil Kaspiy orti viloyatining tashkil topishi.
Buxoroda Sayyid Abdulahad hukmronligi.
Farg’onada bug’ yordamida ishlaydigan birinchi paxta tozalash zavodining qurilishi.
Zarafshon okrugining Samarqand viloyatiga aylantirilishi.
Amudaryo filotiliyasining ta’sis etilishi.
Temir yo’l Samarqandgacha etkazilgan.
Turkiston o’lkasiga rus dehqonlarining ommaviy ko’chirib keltirilishi.
Toshkent qo’zg’oloni
Buxoroda birinchi rus-tuzem maktabining ochilishi.
Samarqand-Andijon temir yo’lining qurilishi.
Andijonda Dukchi eshon qo’zg’oloni.
Andijon va Yangi Marg’ilon shoxobchalari bilan Samarqand- Toshkent temir yo’lning qurib bitkazilishi.
Birinchi o’zbek alifbosi «Ustodi avval»ning yaratilishi.
Toshkent-Orenburg temir yo’lining qurilishi.
Mirzacho’lda sug’orish ishlarining yo’lga qo’yilishi.
Toshkent temir yo’lining ishga tushirilishi. O’rta Osiyo va Toshkent-Orenburg temir yo’llarining qo’shilishi.
Toshkentda ikkinchi Davlat Dumasiga saylovlar.
Qadimshunos V.L.Vyatkin tomonidan Ulug’bek rasadxonasi (Samarqand) xarobalarining ochilishi.
Buxoro amirligida Sayid Olimxonning hukmronligi.
400
1910-1911 yillar Podsho qo’shinlari tomonidan Turkistonda yangi usul maktablarining ommaviy tarzda yopilishi.
Turkistonda Qo’qon-Termiz, Qo’qon-Andijon-Farg’ona- Jalolobod temir yo’llari qurilishi.
Gorchakovo-Skobelev, Qo’qon-Namangan, Kogon-Buxoro temir yo’l shoxobchalarining ishga tushirilishi.
Front orti ishlariga mardikorlikka safarbarlikka qarshi O’rta Osiyoda xalq qo’zg’olonlari.
Jizzax qo’zg’oloni
Rossiyada fevral burjua-demokratik inqilobi va samoderjaviening ag’darilishi.
Toshkentda “Sho’roi Islomiya“ tashkiloti tuzildi.
Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi ochildi.
Moskvada Butun rossiya musulmonlarining I Qurultoyi bo’lib o’tdi.
1917 yil iyun “Shuroi Ulamo” tashkiloti vujudga keldi.
Qozon shahrida Butunrossiya musulmonlarining II Qurultoyi bo’lib o’tdi.
Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyi bo’lib o’tdi.
Toshkentda sovet hokimiyati o’rnatildi.
Butunturkiston musulmonlarining III qurultoyi bo’lib o’tdi.
Turkiston o’lka sovetlarining III qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuzildi.
Qo’qonda Turkiston musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston Muxtoriyati tashkil etildi.
Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va dehkonlarining I favqulodda qurultoyi bo’lib o’tdi.
401
1918 yil 19-21 fevral Turkiston Muxtoriyati fojiali ravishda tugatildi.
Buxoro-Kogon yo’nalishida Kolesov qonli voqeasi yuz berdi.
Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatiga qarshi harakatiing boshlanishi.
Toshkentda Turkiston Xalq universiteti ochildi.
1 may Toshkentda Butunturkiston Sovtelarining V Qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR) tuzildi.
O’lka bolsheviklari (kommunistlari)ning qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Turkiston Kompartiyasi tashkil topdi.
Turkiston o’lka sovetlarining IV qurultoyi bo’ldi. Unda TASSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Toshkentda Osipov isyoni uyushtirildi.
O’lka musulmon kommunistlari byurosi (o’lka Musbyuro) tuzildi.
Markazdan Toshkentga katta vakolatlarga ega bo’lgan Turkkomissiya yuborildi.
Xivada xonlik hokimiyati ag’darildi.
Butunxorazm xalq vakillari I qurultoyi Xorazm Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
Buxoroda amirlik hokimiyati ag’darildi.
Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan XXSR o’rtasida ittifoq shartnomasi tuzildi.
Butunbuxoro xalq vakillari I qurultoyi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. 1921 yil 4 mart Moskvada BXSR bilan RSFSR o’rtasida ittifoq shartnomasi imzolandi.
Tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va o’rganish ishi bo’yicha Turkiston qo’mitasi tashkil qilindi.
402
1921-1922 yillar Turkiston ASSRning Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida dastlabki er-suv islohoti o’tkazildi.
Moskvada Butunittifoq sovetlarining I s’ezdi bo’ldi. Unda SSSR tuzish to’g’risidagi Deklaratsiya va ittifoq Shartnomasi imzolandi.
Toshkentda O’rta Osiyo Respublikalarining I iqtisodiy konferentsiyasi bo’ldi. Unda O’rta Osiyo iqtisodiy Kengashi (Sredazbyuro) tuzildi.
Hukmron Markaz rahbarligida O’rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi amalga oshirildi.
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
O’zbekiston kompartiyasining I ta’sis s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Kompartiyasi tuzilganligi rasmiylashtirildi.
Buxoroda Butuno’zbek sovetlarining I qurultoyi ochildi. Unda “O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya” qabul qilindi.
O’zbekiston SSR SSSR tarkibiga kiritildi.
Arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvidan lotin yozuviga o’tildi.
Toshkent Moliya instituti tashkil etildi.
Toshkentda observatoriya ochildi.
Moskvada 1 o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasi bo’lib o’tdi.
Farg’ona kanali qurildi.
Birinchi ovozli o’zbek kinofilmi – “Azamat” yaratildi.
O’zbekistonda lotin yozuvidagi alfavitdan krillitsa yozuviga o’tildi.
O’zbekiston davlat Fan qo’mitasi SSSR FAning filialiga aylantirildi.
O’zbekiston ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi.
403
1943 yil 4 noyabr O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil qilindi.
Bekobodda O’zbekiston metallurgiya zavodi ishga tushirildi.
O’z Vatanidan badarg’a qilingan chechenlar, ingushlar, qrim- tatarlari, mesxeti turklari, ponteya greklari O’zbekistonga ko’chirib keltirildi.
Bekobod shahrining tashkil topgan vaqti .
Olmaliq shahrining tuzilgan vaqti.
O’z KP (b) MQ ning X Plenumida «Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risida» qaror qabul qildi. Ko’plab ijodkor ziyolilar tanqid va badnom qilindi.
Taxiatosh shahrining tuzilgan vaqti
Toshkent televizion markazi ishlay boshladi.
Yangier shahrining tuzilgan vaqti
Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
Jarqoq-Buxoro–Samarqand-Toshkent gaz quvuri yo’li qurildi.
Guliston shahrining tuzilgan vaqti
Buxoro-Ural gaz quvuri yo’li qurildi.
Navoiy-Uchquduq temir yo’li qurildi.
Jizzax-Mehnat temir yo’li qurildi.
Sirdaryo viloyati tuzildi.
Muborak –Toshkent-Chimkent –Bishkek –Almata gaz quvuri yo’li qurildi.
O’rta Osiyo-Markaz gaz quvuri yo’li qurildi.
Qo’ng’irot shahrining tuzilgan vaqti.
Zaravshon shahrining tuzilgan vaqti.
404
1973 yil 29 dekabr Jizzax viloyati tuzildi.
Toshkent metrosining Chilonzor yo’nalishi ishga tushirildi.
Toshkentda balandligi 350 metrli televizion minora qurildi.
Navoiy viloyati tuzildi
Islom Karimov O’z KP MQ sining birinchi kotibi etib saylandi.
O’zSSR Oliy Kengashi «O’zbekiston SSR ning Davlat tili to’g’risida» Qonun qabul qilindi.
«Qoraqalpog’iston Assr davlat tili to’g’risida» Qonun qabul qilindi.
O’zbekiton Prezidenti lavozimi ta’sis etildi.
Islom Karimov Respublika Oliy Sovet sessiyasida O’zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Respublika Oliy Soveti «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni qabul qildi.
1990 yil 14 dekabr Qoraqalpog’iston Oliy Soveti «Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat suverereniteti to’g’risida Deklaratsiya» qabul qildi.
1991 yil 31 avgust O’zR Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, umumhalq bayrami.
O’zbekiston halq demokratik partiyasi tashkil topdi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum o’tkazildi.
405
1991 yil 29 dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo’ldi. I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
O’zbekiston ishtirokida MDH tuzildi.
Viloyat, tuman shaharlarda xokimlik lavozimi ta’sis etildi.
Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi.
«O’zbekiston xavo yo’llari» milliy kompaniyasi tashkil etildi.
O’zbekiston EXHT ga a’zo bo’ldi.
Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika inistitutlari unversitetlarga aylantirildi.
O’zbekiston BMT ga a’zo bo’ldi. 1992 yil 16 mart Toshkentda birinchi bo’lib AQSh elchixonasi ochildi.
Prezident farmoni bilan Ro’za hayitining birinchi kuni dam olish, bayram kuni deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
Vatan himoyachilari kuni.
Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi.
O’zbekiston YuNESKO ga a’zolikka qabul qilindi.
O’zbekistonda aholi qo’lidagi rubl o’rniga so’m-kupon (1 so’m- kupon 1 rublga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
406
1994 yil aprel Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi tuzildi.
Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati tashkiloti tashkil topdi.
etildi.
1994 yil 1 iyul O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-so’m (1so’m kursi 1000 so’m- kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
O’zbekiston NATO ning «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturiga qo’shildi.
GFR poytaxti Bonnda O’zbekistonning Evropada birinchi elchixonasi ochildi.
Mirzo Ulug’bek tavaludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi bor saylovlar bo’lib o’tdi.
«Adolat» sotsial demokratik partiyasi tuzildi.
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi etib saylandi.
Inson huquqlari bo’yicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman) instituti ta’sis e’tildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish bo’yicha referendum o’tkazildi.
Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.
Toshkentda EXHT ning mintaqaviy byurosi ochildi.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili to’g’risida» yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi.
«Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi.
407
1996 yil mart-avgust oylari «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiqlar birinchi ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Amur Temur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
«Amir Temur» ordeni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
O’zbekistonning AQSh da elchixonasi ochildi.
O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.
«O’zDEUavto» qo’shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. «Damas», «Tiko», «Neksiya» rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Prezident farmoni bilan har yili avgust oyining uchinchi yakshanba kuni «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi.
Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi. Ishga tushirildi.
Samarqandda «Sharq taronalari» birinchi xalqaro festivali bo’lib o’tdi. Har ikki yilda shunday festivalni o’tkazish an’anaga aylandi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.
O’zbekiston alpinistlari Himolay tog’ining eng baland «Everest» cho’qqisiga chiqdilar
«El-yurt xurmati» ordeni ta’sis etildi
Samarqandda Imom al-Buxoriy tavalludining xijriy-qamariy tavqim bo’yicha 1225 yilligi nishonlandi, yodgorlik majmui ochildi.
Farg’ona shahrida Ahmad al-Farg’oniyga haykal o’rnatildi, bog’ yaratildi.
408
1998 yil 28 dekabr «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi tashkil topdi.
Toshkentda terrorchi kuchlar tomonidan portlashlar sodir etildi.
«SamKochavto» qo’shma korxonasi ishga tushdi. «Otayo’l» rusumli avtobus va yuk avtomabillari ishlab chiqarish boshlandi.
O’zbekiston GUUAM tashkilotiga a’zo bo’ldi.
Toshkentda «Xotira maydoni» majmuasining ochilish marosimi bo’ldi.
Toshkentda o’zbek milliy kurashi bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi.
Toshkent islom universiteti ochildi.
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning xotirasiga bag’ishlangan ulug’vor haykal, yodgorlik majmui ochildi.
O’zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi.
2000 yil 9 yanvar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’ldi. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui ochildi.
MDH sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror qabul qilindi.
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi
Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilliga va Imom Abu Mansur Maturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi, ular xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik majmualari ochildi.
«Kamolot»yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topdi.
Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus yo’nalishi bo’ylab qurilgan yangi temir yo’lda dastlabki yuk poezdi harakati boshlanadi.
O’zbkiston «Shanxay forumi»ga a’zo bo’ldi. Uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti deb o’zgartirildi.
409
2001 yil avgust Toshkent metrosi Yunusobod yo’nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi ko’rilib foydalanishga topshirildi.
16-17 noyabr O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida shartnoma imzolandi.
Sho’rton gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.
Ikki palatali parlament tuzish masalasida O’zbekiston Respublikasining referendumi bo’lib o’tdi.
Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkiloti tashkil etildi. 2002 yil 2 aprel Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Toshkentda «Qatag’on qurbonlari xotirasi»muzeyi ochildi.
«O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida» Qonun qabul qilindi.
ShHT ning Toshkent sammiti bo’lib o’tdi. 2004 yil dekabr 2005 yil yanvar O’zbekistonda ikki palatali parlament saylovlar bo’lib o’tdi. 2005 yil 27 yanvar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi.
410
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 1999. 2.
O’zbekiston, 1996. 3.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. -T: O’zbekiston, 1996. 4.
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. -T.: O’zbekiston, 1996. 5.
Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan T.4. -T.: O’zbekiston, 1996. 6.
Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5. -T.: O’zbekiston, 1997. 7.
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. –-T.: O’zbekiston, 1998. 8.
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T.7. –-T.: O’zbekiston, 1999. 9.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush-pirovard maqsadimiz. T.8.. -T.: O’zbekiston, 2000. 10.
2001. 11.
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmaoq kerak. T.10. –T.: O’zbekiston. 2002. 12.
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11. –T.: O’zbekiston, 2003. 13.
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamiz bog’liq. –T.: O’zbekiston, 2004. 14.
Levitin L. O’zbekiston tarixiy burilish pallasida. -T.: O’zbekiston, 2001. 15.
Xorazmshohiy; Ibrat: Farg’ona tarixi. -T.: Meros, 1991. 16.
Ahmedov B. Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). -T.: 1996. 17.
Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. -T.: Sharq, 2001. 18.
G’ulom, 1998. 19.
Buyuk siymolar, allomalar (uch kitob). -T.: Meros, 1995, 1996, 1998. 20.
21.
Jabborov I. O’zbek xalqi etnografiyasi. -T.: O’qituvchi, 1994. 22.
3iyoev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. -T.: Sharq, 1998. 23.
3iyoev H. O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi - T., 2001. 24.
Istoriya Uzbekistana. T. III (XVI-pervaya polovina XIX veka). -T.: Fan, 1993. 25.
Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. -T.: Cho’lpon, 1994. 26.
Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. -T.: Fan, 1968. 27.
Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O’zbekiston tsivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. -T.: Adolat, 2001. 28.
Sagdullaev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarida. -T.: Universitet, 1996. 29.
Sharq, 1999. 30.
Sulaymonova F. Sharq va G’arb. -T.: O’zbekiston, 1997. 31.
32.
Temur tuzuklari. -T.: G’afur G’ulom, 1991. 411
33.
Usmonov Q, Sodiqov M, Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. I qism. O’quv qo’llanma. - T.: Meros, 2002. 34.
Usmonov Q va boshqalar. O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. -T.: O’qituvchi, 1996. 35.
Usmonov Q. O’zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi. –T: G’afur G’ulom, 2004. 36.
Shaniyazov K. O’zbek xalqining shakllanish jarayoni. -T.: Sharq, 2001. 37.
Uzbekistane. –T.: Izdatelskiy dom «Mir ekonomiki i prava», 2002. 38.
Sharifxo’jaev M. O’zbekiston: Yangi g’oyalar, yangi yutuqlar. –T.: Sharq, 2002. 39.
tafsilotlari. –T.: O’zbekiston-Yozuvchi, 1999. 40.
O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullaev B.Eshov tahriri ostida. -T.: Unversitet, 1999. 41.
O’zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. –T: Sharq, 2000. 42.
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000. 43.
O’zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. - T.: Sharq, 2000. 44.
O’zbekiston tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). -T.: Sharq, 2000. 45.
46.
O’zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo’lishi. -T.: O’zbekiston, 1992. 47.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida (Usmonov Q, G’aniev D.). -T.: O’zbekiston, 1994. 48.
O’zbekiston: Mustaqillikning 5 yili (Usmonov Q, G’aniev D.). –T.: Sharq, 1996. 49.
boshqalar). –T: O’qituvchi, 2004. 50.
Qosimov B. Ismoilbek Gasparali. -T., 1992. 51.
52.
G’ulomov S., Usmonov Q. Mustaqillik O’zbekistonga nima berdi. -T.: O’AJBNT, 2000, 2001. 53.
G’ulomov S., Salimov O., Usmonov Q, G’aniev D. Asrlarga teng yillar. T.: O’AJBNT, 2001. Document Outline
Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling