O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I
Download 3.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonbobo madaniyati
- Tozabog’yob madaniyati
- 1-jadval 35 2-jadval
- II BOB. O’ZBEK DAVLATChILIGINING ShAKLLANIShI VA TARAQQIYoT BOSQIChLARI. BUYuK IPAK YO’LI Tayanch so’z va iboralar
davri deb ataladi. Odamlar dastlab misni er yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o’zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi.
29
Eneolit va bronza davri mehnat qurollari
Eritilgan mis, qalay aralashmasi quyiladigan tosh va loy qoliplar
Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o’roq, ketmon, tesha
Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar
Er haydaydigan omoch Yog’och arava
Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o’rtasida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog’laydigan aloqa yo’llarining paydo bo’lishiga olib keladi. Bronza davrida yashagan ajdodlarimiz ho’kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keladi. O’zbekiston hududidan eneolit va bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko’plab manzilgohlar topib o’rganilgan. Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 km. shimoli- sharqdagi Zamonbobo ko’li atrofida 1950 yillarda Ya.G’.G’ulomov, 1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri odamlarining makoni va qabristonini topib o’rganadilar. Bu Zamonbobo
erto’la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. Makonning sharqiy-janubiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida dambaga o’xshash devor bilan o’ralganligi ma’lum bo’ldi. Qazishlar vaqtida erto’la va uning atrofidan o’choq o’rni, ustunlar o’rnatilgan chuqurchalar, qoramol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug’doy va arpa donlari, qamish va poxol qoldiqlari, toshdan yasalgan yorg’uchoq siniqlari, chaqmoq toshdan yasalgan o’roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar topildi. Topilmalar Zamonboboliklarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganini ko’rsatadi. Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qabristonda 45 ta mozor ochilib o’rganiladi. Mozorlar hozirgidek lahat shaklida bo’lib, marhumlar o’ng va chap yoni bilan ona qornida yotgan chaqaloq singari gujanak shaklida ko’milgan. O’liklar yolg’iz, juft, ba’zan uchtalab /erkak, ayol va bola/ ko’milganligi, bir go’rga takror ko’milish hollari bo’lganligi aniqlandi. Erkaklar qabridan o’q-yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh munchoq, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar, bir qabrdan kichkina sopol haykalcha topiladi. Qazilmalarda topilgan Badaxshon la’lidan ishlangan munchoqlar, Turkmaniston sopol idishlari Zamonboboliklarning boshqa xududlardagi urug’ jamoalari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarda bo’lganligini ko’rsatadi.
30 Zamonbobo madaniyati bir urug’ jamoasining moddiy va madaniy merosi hisoblanadi. Zamonbobo makoni va qabristoni O’zbekiston tarixshunosligidagina emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir. Eneolit va bronza davriga xos yana bir yodgorlik Zarafshon vodiysida Tojikiston respublikasining O’zbekiston bilan chegaradosh qishlog’i - Sarazmdan topildi. Bu makonning maydoni 90 gektar bo’lib, odamlar uzoq yillar davomida istiqomat qilganlar, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Sarazmda bir xonali va xom g’ishtdan yasalgan ko’p xonali uylar, ikkita ibodatxona va qishloq ko’chalari ochildi. Qazishmalar natijasida uylar o’rtasida oilaviy e’tiqod joyi, dumaloq shaklda ishlangan olovxona /altar/, torozi toshlari, to’qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq, igna va bigizlar, sopol idish parchalari, mis oyna, taqinchoqlar topildi. Metall buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Kulolchilikda charx dastgohi kashf etilgan. Shunday qilib, So’g’d o’lkasining Zamonbobo va Sarazm yodgorliklari bobodehqonlarimizning soy va daryo etaklaridagi zaxkash erlarda yuritgan dehqonchilik xo’jaligi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi makonlardir. 1969-1974 yillarda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi Surxondaryo viloyati Muzrabod vohasida cho’lida qidiruv ishlari olib borib, Sopollitepa yodgorligini topib o’rgandilar. Sopollitepa 4 gektar chamasidagi tepalikdan iborat bo’lib, uning markaziy qismini baland qal’a tashkil etadi.Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib (82x82), atrofi yirik xom g’ishtlardan qilingan uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, devorning qalinligi o’rtacha 1,6 m, ba’zi joylarda 2 m bo’lgan. Qal’aning o’rta qismi bo’sh maydondan iboratligi, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo’lib turuvchi 6 ta ko’cha borligi ma’lum bo’ladi. Qal’a darvozasi uning janubiy tomoniga joylashganligi, uylarning devorlari va poli bir necha bor somon suvoq qilinganligi, har bir uyda mo’rili o’choq, o’choq yonida supa, ba’zi xonalarda sandal o’txonalari borligi aniqlandi. Sopollitepadan 150 ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar, bronza, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar, bronza mehnat qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol pishiradigan xumdon, vaza, ko’za, xurmacha, choynak, piyola, kosa, tog’ora, xum, lagan va boshqa 40 ga yaqin xildagi yaxshi pishirilgan nafis, jarangdor, engil idishlar topilgan.Xonalardan tosh yorg’uchoqlar, o’g’irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, bug’doy va tariq donlari topilgan. Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug’doy go’ja, umoch, qaynatma sho’rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan va paxtadan kiyimlar tikib kiyishganini ko’rsatadi. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ma’lumotlar olindi, erkaklar o’troq dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, binokorlik bilan shug’ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo’lgan. Urug’ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.
31
o’zlashtirganini, o’troq dehqonchilik madaniyati barpo bo’lganligini isbotlab berdi. Kulolchilik rivojlanib, nafis idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan ishlash hunarmandchiligi ham rivojlanganligi aniqlandi. Sopolli madaniyati o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. 1953-1961 yillarda M.E.Voronets boshliq arxeologlar guruhi Namangan viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan mil. av. 2 minginchi yillar oxiriga oid makonni topib o’rgandilar. Izlanish natijasida yana Dalvarzintepa, Qoraqo’rg’on, To’raqo’rg’on, Chimboy, Ashqoltepa va boshqa o’ndan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ularning barchasi Chust madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo’lda yasalgan guldon, sopol tovoqlar, labi bukilgan turli shakldagi sopol idishlar, piyolalar, xurmosimon idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari tushirilgan. Tadqiqotlar Chustliklarning asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik ekanligini ko’rsatdi.Ketmon, tosh yorg’uchoq, xovoncha, o’roqsimon pichoq, bronza o’roqlaridan foydalanishgan. Topilgan ashyolar Chustliklar bug’doy, arpa, suli ekib dehqonchilik qilganini, erni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha o’n chaqirimdan iborat kanal qurganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ovchilik va baliqchilik ham qadimgi chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan. Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyma holda yasalgan. Qazish vaqtida ot uzangilari va suvligi, bilaguzuk, xalqa, qarmoq, paykonlar, suyak va toshdan yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ldi. Buni yodgorliklardan topilgan 13 xil mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa bo’ladi. Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllanganligini ko’rsatuvchi misol bo’lib xizmat qiladi. Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda diniy tasavvurlarning shakllanganligini ko’rsatadi. Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlaridan ham topilib o’rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog’yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog’yob madaniyati, Amirobod kanali etaklaridan topilib o’rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. Bu manzilgohlarda yashagan odamlar o’troq holda urug’ jamoa bo’lib 32 yashaganligi, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligi aniqlandi. Mamlakatimizning shimolidagi cho’l va dasht joylarida chorvador urug’ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo’jalikning asosiy tarmog’i bo’lgan. Otliq cho’ponlar qoramol, qo’y, echkilardan iborat podalarni uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos joylarga ko’chib yurganlar, novdadan to’qilgan uylar, ho’kizlar qo’shilgan g’ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi. Ular o’zaro fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo’ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy so’zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o’zaro tushunarli tilda gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi. Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o’z podalarini haydab o’troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo’rlik bilan kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib, shimol va janub qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o’zbek va tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi. Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtiradilar va mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir
Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari ancha keng maydonlarni haydash, to’g’onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi. Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Temirdan qattiq va o’tkir pichoqlar, o’roqlar yasalishi mehnat umumdorligini oshirishga yordam berdi. Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarzi ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular aholining ko’payishini ta’minladi. Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo’lgan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro’zg’or va turli xil bezak buyumlari yasashgacha ko’tarildilar. Yalang’och holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish,
33 qishloq-qishloq bo’lib yashashgacha bo’lgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to’daning o’sib urug’chilik jamoasiga ko’tarilishi insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar bir- birini taniydigan, muloqotda bo’ladigan, bir urug’ga, avvalo, ona urug’iga, keyinroq ota urug’iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo’ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o’zlashtirish xo’jaligi o’rniga iste’mol qilinadigan maxsulotlarni o’zlari ishlab chiqaradigan xo’jalik yaratdilar. Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalariga, uy- joylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar. Sug’orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o’troq dehqonchilik
Vatanimizning ko’pgina hududlari - Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon, Farg’ona va boshqa vohalari tsivilizatsiya taraqqiyotining markazlariga aylandi. Cho’l va dashtlarda yashovchi chorvador urug’ jamoalari ko’chmanchilik turmush tarziga o’ta bordilar va ko’chmanchilarga aylandilar. O’troq dehqon jamoalari bilan chorvadorlar o’rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o’sib bordi. Ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi, mehnat unumdorligining ortishi urug’doshlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikning, mulkiy tabaqalarning vujudga kelishi, urug’chilik jamoasining emirilishi uchun zamin tayyorladi.
1-2-jadvallardagi ma’lumotlarga e’tibor bering.
34 Ilk bosqichi 3-2,5 mln. -100 ming yil- lar avval Selung’ur g’ori yoshi mil.av. 1,5 mln. yil Ko’lbuloq yoshi 200 ming yil
O’rta
bosqichi 100-40 ming yillar avval Teshiktosh, Omonqo’ton, Қo’tirbuloq, Obirahmat, Xo’jaxayr, Uchtut, 50 tacha makon topilgan
So’nggi bosqichi mil.av. 40-12 ming yillar
Samarqand, Xo’ja Go’r, Shug’nov 30 tacha makon topilgan
Neolit davri mil.av. 6-4 ming yilliklar, Jay- tun, Kaltaminor, Sazag’on, Uchtut (neolit shaxtalari) Eneolit davri mil.av. 4 minginchi yillar Zamonbobo, Sarazm
Bronza davri mil.av. 3-2 ming yilliklar Sopollitepa, Jarqo’toon, Tozabog’yob, Chust Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizdan topib o’rganilgan manzilgohlar Paleolit davri
3-2,5 mln. - 12 ming yillar avval Mezolit davri mil.av. 12-7 ming yilliklar Qo’shlish,Obishir, Mochay, 100 gacha makon topilgan 1-jadval 35
Davrlar Odamlarning kashfiyotlari Paleolit Ilk bosqichi
O’rta bosqichi
So’nggi bosqichi
Mezolit Neolit Eneolit Bronza Toshdan uchi o’tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt shoxlaridan tayoq va so’yil kabi qurollar yasaldi. Termachilik, ovchilik.
Olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan qo’l chopqichi, pichoq, teshuvchi bigizlar yasaldi.
Urug’ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va erto’lalar qurildi. Arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari, igna, nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o’zlashtirildi. Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash vujudga keldi.
O’q-yoy (kamon), irg’ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka ovchilik, daydi hayot yuzaga keldi. Mollarni qo’lga o’rgatila boshlandi, boshoqli o’simliklarni o’stirish o’rganildi. Qoyatosh suratlari paydo bo’ldi.
Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh moslamali suyak o’roq, don yanchgich, sopol idishlar yasaldi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga keldi. Suvda suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va o’troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, to’quv dastgohlari vujudga keldi. Jun va o’simlik tolasidan kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish xo’jaligi shakllandi.
Mis kashf etildi, misdan bolta, o’roq, nayza uchlari, xanjar qurollari, taqinchoq va bezak buyumlari yasaldi. Patriarxatga o’tildi.
Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o’roq, ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar, zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g’ildirak, arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo’ldi. Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o’zlashtirildi. Yorg’uchoq, o’g’ur, charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo’ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi. 36
1. Vatanimiz hududida ibtidoiy odamlar manzilgohlarini topib o’rgangan olimlardan kimlarni bilasiz? 2. Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday asarlarni bilasiz? 3. Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo’linadi va nima uchun? 4. Paleolit davriga doir odamlar manzilgohlari qaerlarda va kimlar tomonidan topib o’rganilgan? 5. Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 6. Urug’chilik jamoasi qaysi davrda shakllandi, uning bosqichlarini bilasizmi? 7. O’q-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati nimada? 8. Mezolit davriga oid odamlar manzilgohlari qaerlarda, kimlar tomonidan topib o’rganilgan? 9. Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o’rgangan olimlar kimlar? 10. Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan? 11. Ishlab chiqarish xo’jaligi nima, u qachon shakllandi? 12. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik qachon vujudga keldi? 13. Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir bo’ldi? 14. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilikning shakllanishi haqida nimalarni bilasiz? 15. Bronza davriga oid manzilgohlarni, ularni topib o’rgangan olimlarni bilasizmi?
37
TARAQQIYoT BOSQIChLARI. BUYuK IPAK YO’LI Tayanch so’z va iboralar: O’zbek davlatchiligi: shakllanishi, rivojlanishi. Qadimgi Xorazm. Baqtriya. So’g’diyona. «Avesto». To’maris. Shiroq. Spitamen. Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang’a. Davan. Kushonlar. Xioniylar. Buyuk ipak yo’li.
Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi. Davlatchilik sohasidagi bosh yo’limiz mustahkam demokratik huquqiy davlat barpo etishdan iborat. Bu o’rinda ajdodlarimizning davlat qurilishidagi tarixiy tajribalariga tayanilmoqda. Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qachon paydo bo’lgan, qanday bosqichlarni bosib o’tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz bor? Bu savollarga asosli javob berish har bir talabaning burchidir. «Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. …O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir» 1 . Mustabid sovet hokimiyati davridagi tarixiy asarlarda, darslik va qo’llanmalarda O’rta Osiyoda, hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik tizimi bo’lganligi haqida yozilgan, ammo tilga olingan davlatlarga to’g’ridan–to’g’ri o’zbek halqi, o’zbek jamiyati bilan bog’liq holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan jarayon sifatida qaralmagan. Yurtimizda shakllangan, qariyb uch ming yil davomida faoliyat yuritgan davlatlar yoki bir kichik hudud, yoki hokimiyat tepasida turgan hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy manbai, mohiyati, ya’ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilmagan, to’g’rirog’i ochib berishni xohlamaganlar. «Nima emish, O’zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog’i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi?» 2 . Ishonmaymiz, albatta. O’zbek xalqi eng qadimdan davlat barpo etgan xalqlar qatorida turadi. Download 3.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling