Biz G ‘afur G ‘ulom hayoti to ‘g ‘risida gapirganimizda uning ota-onadan yosh
yetim qolgani, hayotning juda ko ‘p og‘irliklarini boshidan kechirganini aytdik.
Uning qator asarlari, jumladan, “Sen yetim emassan” she’ri, “Shum bola” va
“Netay” qissalarida ayni o ‘sha kunlar asorati yaqqol sezilib turadi.
Siz bu asarlar
bilan yuqori sinflarda batafsil tanishasiz.
“Mening o ‘g‘rigina bolam” hikoyasi bejiz “voqeiy hikoya”
deb
nomlanmagan. Chunki hikoyaga yozuvchi bolaligida guvoh b o ‘lgan hayotiy hodisa
asos qilib olingan. Demak, u avtobiografik xarakterga ega.
Aslida biror odamning uyiga o ‘g‘ri tushishi favqulodda hodisa hisoblanadi.
Lekin, guvohi bo‘lganiningizdek, bu hikoyada yetimlar hovlisiga o ‘g ‘ri o‘ralashi
sokin tarzda, go‘yo kundalik voqeadek bayon qilinadi. Nega shunday, degan savol
o‘z-o‘zidan tug‘iladi? Bu savolga javobni esa asar
hodisalari yuz bergan zamon
tabiatidan izlash kerak.
1865-yil Q o‘qon xonligining taslim b o ‘lishi bilan Turkiston o ‘lkasi to ‘liq
Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylanib qoldi. O ‘lkani Rossiyadan kelgan,
“general-gubernator” deb ataluvchi harbiy kimsalar idora qilardi. Ular o ‘zlariga
quloq soladigan odamlarni mingboshi, ellikboshi sifatida joylarga boshliq etib
tayinladilar. Tug‘ilish darajasi katta bo ‘lgan Turkiston o ‘lkasida ishsizlik kuchayib
borar, xalqning peshana teri evaziga yaratilgan boyliklar
huzurini esa boshqalar
ko‘rardi.
Shu sharoitdan kelib chiqib, “Mening o ‘g ‘rigina bolam” hikoyasiga
yondashsak,
bilamizki, o‘g ‘rilik bu o ‘lkada oddiy hodisaga aylanib ulgurgan edi.
Yurt tepasida turganlarning har kuni qilayotgan o‘g ‘riligi oldida bir kambag‘al
oilaga boshqa bir nochorning o‘g ‘ri sifatida tushishi favqulodda hodisa bo ‘lmay
qolgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: