O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
V.Baholash: guruhlar o‘zlari yig‘gan rag‘bat kartochkalari asosida baholanadilar. VI. Uyga vazifa
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
bitruv malaka ish o\'rolova
V.Baholash: guruhlar o‘zlari yig‘gan rag‘bat kartochkalari asosida
baholanadilar. VI. Uyga vazifa: “Mening bolalik xotiralarim” mavzusida ijodiy matn yozing. 3.2. TAJRIBA - SINOV ISHLARI B O ‘YICHA TAHLIL Avvalo, epik asarlarni tahlil qilish usullarini tavsiya etishdan oldin biz o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan badiiy asarlarni tahlil qilishga oid bo ‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning bugungi kundagi holatini o ‘rganish maqsadida tajriba- sinov ishlarini amalga oshirdik. Tajriba-sinov ishlari Toshkent shahri Yakkkasaroy tumanidagi 319-maktabning 10-“A ” sinfida amalga oshirildi. Tajriba-sinov boshida 10-“A ” sinf o ‘quvchilaridan 25 nafari bilan individual va jamoaviy tarzda suhbatlar, so‘ngra berilgan badiiy asarlarni tahlil qilish, qahramonlarga tavsif berish, badiiy tasviriy vositalarni aniqlash, badiiy asarda tasvirlangan voqealarning o ‘sha davr voqealari bilan bog‘liqligi, asar qahramonlarining fazilatlari hamda illatlari aniqlash va xulosa chiqarish kabi topshiriqlarni bajardilar. Tajriba-sinov boshida 10-“A ” sinf o ‘quvchilaridan 25 nafari, tajriba-sinov oxirida 29 nafaridan nazorat ishi olindi. Biz tavsiya etgan usullar, o ‘tilgan ochiq darslar, olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng o ‘quvchilarning badiiy asarlarni tahlil qilish, qahramonlarga tavsif berish, badiiy tasviriy vositalarni aniqlash, badiiy asarda tasvirlangan voqealarning o‘sha davr voqealari bilan bog‘liqligi, asar qahramonlarining fazilatlari hamda illatlari aniqlash va xulosa chiqarishga oid bo‘lgan bilim, ko ‘nikma va malakalarini sinash maqsadida guruhdan oldingi topshiriqlarga o ‘xshash topshiriqlardan iborat 64 bo‘lgan nazorat ishlarini olish tashkillashtirildi. Ushbu nazorat ishlari 29 nafar o‘quvchi bilan olib borildi. Biz ushbu matematik tahlil natijalarini o ‘zaro solishtirish imkoniyatini yuzaga keltirish maqsadida quyidagi jadvalga joylashga harakat qildik. O ‘quvchilar soni O ‘zlashtirish darajalari (foiz hisobida, birinchi natija) Yuqori O ‘rta Quyi 27 23 % 62 % 15 % O ‘quvchilar soni O ‘zlashtirish darajalari (foiz hiso' )ida, keyingi natija) Yuqori O ‘rta Quyi 29 41,2 % 43 % 15,8 % K o‘rinib turibdiki, tajribadan keyingi o‘zlashtirish darajalari tajribadan oldingi o ‘zlashtirish darajalaridan yuqori. Demak, biz tavsiya qilayotgan usullar ta’lim jarayonida o‘zining samarasini ko‘rsata oladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling