O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
bitruv malaka ish o\'rolova
qilishning usullari” deb nomlangan bo‘lib, unda epik turga mansub bo‘lgan
hikoya, qissa va roman janriga oid bo ‘lgan asarlarning o ‘ziga xos xususiyatlari hamda ularni tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha usul va tavsiyalarimizni berishga harakat qildik. Hikoya janriga oid bo‘lgan asarlar tahlilini amalga oshirishda hikoya janrining adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o ‘qituvchi va o ‘quvchi faoliyati quyidagi uch yo ‘nalish: tekstual tahlil, timsoliy tahlil, muammoli tahlil yo‘nalishida uyushtirilishi mumkinligi haqida m a’lumot berdik. Hikoya janriga oid bo‘lgan asarlarni tahlil qilish usullarini G ‘afur G ‘ulomning “Mening o ‘g ‘rigina bolam” hikoyasi misolida ko ‘rsatib berishga urindik. O ‘qituvchi o ‘quvchilarining tayyorgarligi ruhiy-aqliy darajasini hisobga olib, tahlilga chuqurroq kirishga undaydigan o‘z savol-topshiriqlarini va darslik mualliflarining yo‘naltiruvchi savollaridan foydalanishi mumkinligi, buning uchun “Bu kim, bu nima, bu qayer?”, “Nodir tashbehlar”, hikoya mazmunidan anglashiladigan insonlarga xos bo ‘lgan fazilatlar hamda illatlarning namoyon bo‘lish o ‘rinlarini aniqlashga qaratilgan jadvalni to ‘ldirish, “Nima uchun?”, “Eng m uhim i...” kabi usullarni tavsiya qilganmiz. Bitiruv malakaviy ishimizning “Qissa janriga oid b o ‘lgan asarlar tahliliga innovatsion yondashuv” qismida esa qissa janrining o ‘ziga xos xususiyatlari hamda uni tahlil qilishning innovatsion usullarini k o ‘rsatishga harakat qildik. 67 Ushbu o ‘rinda Ch. Aytmatovning “Oq kema” qissasi tahliliga alohida to ‘xtalishga qaror qildik. O ‘quvchilarning asar matni bilan to ‘liq tanishgan yoki tanishmaganligini tekshirish uchun “Mushohada” usulidan, o ‘qituvchi bolakay obrazini kengroq va chuqurroq ochib berish maqsadida “Ibtido va intiho” usulidan, tushunchalarni izohlash” usulidan, asar qahramonlari xarakterini ochib berish uchun “Men kimman?” usulidan, asar matni bilan bog‘liq bo‘lgan savol va topshiriqlar bilan ishlash qismida “O ‘n ikki oy bir yilda” usulidan foydalanishni tavsiya qildik. “Roman janriga oid bo ‘lgan asarlarni tahlil qilishga oid k o ‘nikmalarni shakllantirish usullari” qismida esa katta hajmga ega bo‘lgan epik asarlarni tahlil qilishning murakkab tomonlari hamda o ‘ziga xosliklari haqida nazariy m a’lumotlarni berdik. Shuningdek, ushbu b o ‘limda romanlarni tahlil qilishning bir qancha usullarini O ‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini tahlil qilish misolida ko‘rib chiqdik. Asar qahramonlarining namuna bo ‘lishi mumkin bo‘lgan sifatlarini yaqqolroq namoyon bo ‘lishi uchun “Mening qahramonim” usulidan, romanda ro‘y bergan voqealar hamda qahramonlarning xatti-harakatlariga nisbatan o‘quvchilarning shaxsiy fikrini aniqlash uchun “Meni hayajonga soldi... ” usulidan, urush davrining qancha qiyinchiliklarni o‘zbek xalqining boshiga solganligini, urushning oqibatlari nimalarga olib kelganligini, front va front ortidagi qiyinchiliklarni yanada yaxshiroq his ettirish uchun “Taqqoslash” usulidan foydalanish mumkinligi aytib o‘tilgan. Bitiruv malakaviy ishimizning uchinchi “Tajriba-sinov ishlari samaradorligi” bobida yuqorida biz tavsiya qilgan usullarimiz asosida badiiy asarlarni tahlil qilish jarayonlarini amaliyotda qo‘llab ko‘rganmiz. 5-sinfda “Mening o ‘g‘rigina bolam” hamda 10-sinfda “Ikki eshik orasi” romani bilan tanishish” mavzulari yordamida tajriba - sinov ishlarini amalga oshirdik. O ‘tkazilgan tajriba - sinov ishlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini jadvallar asosida foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatib berishga harakat qildik. Umuman olganda, badiiy asarni tahlil qilishning tamoyillarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan har qanday tahlil o ‘quvchining adabiy ta ’lim jarayonida, 68 badiiy asarni o ‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy m a’lumot va tushunchalarni shakllantirishda, shu asnoda m a’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda birlamchi vazifani bajaradi degan xulosaga keldik. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling