O ’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta ’lim Vazirligi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.12.2020
Hajmi1.33 Mb.
#159062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mikroiqtisodiyot

§ 

 

 Farqsizlik egri chizig

’i 

 

Båfarqlik  egri  chizig



’ining  barcha  nuqtalarida  bir  õil  darajadagi  foydalilik 

taúminlangani uchun F mahsulotni iståúmol hajmining o

’siShi hisobiga olinadigan 

umumiyfoydalilikning  kamayishi  S  mahsulot  iståúmolining  kamayishini 

muvozanatga kåltirishi zarur. 

     Mahsulotlarga  bo

’lgan  talab  hajmining  ko’p  yoki  oz  bo’lishi  oila  (uy 

xo

’jaligi)ning  moliyaviy  imkoniyatlariga,  ya’ni  oila  byudjetiga  bog’liq.  Oila 



byudjeti  yoki  oila  imkoniyati  deb,  eng  yuqori  miqdorda  mahsulotlar  sotib  olish  

mumkin  bo

’lgan    mablag’larga  aytiladi,  agar  oila  daromadi  pasaysa  unda  egri  

chiziq    pasayadi,  agar  oila  byudjeti  o

’zgarmasdan  tovarlar  bahosi  ko’tarilsa  ham 

byudjet egri chizig

’i ham pasayadi va aksincha. 

     Agar mahsulotlar narxi va iste

’molchilar daromadi bir xilda oshsa yoki pasaysa 

byudjet egri chizig

’i o’zgarmaydi. 

     Byudjet  egri  chizig

’i  har  bir  oilaning  nima  olishga  qodirligini  ko’rsatsa, 

befarqlik egri chizig

’i har bir oilaning nima olishga xohishi borligini ko’rsatadi.  

Agar  biz  ikki  turdagi  F  (oziq-ovqat)  va  S  (kiyim  bosh)  tovar  mavjud,  dåb 

faraz qilsak va uni õarid qiluvchi xaridorning daromadi 40 dollar dåb qabul qilsak; 

oziq-ovqat mahsulotining bir birligi bir dollar, kiyim-bosh bir donasining bahosi 2 

dollar  bo

’lsa  va  40  dollar  daromadning  hammasi  kiyim  õarid  qilish  uchun 

sarflansa, u holda xaridor eng ko

’pi bilan 20 birlik A turdagi tovardan õarid qilishi 

mumkin. Buni quyidagi jadval va chizma maúlumotlaridan ko

’riSh mumkin. V, S 

va D variantdagi tovarlar to

’plami 40 dollar daromadni sarf qilish imkoniÿt-larini 

ko

’rsatadi. 



 

Tovar tanlov va bþdjåt chizig

’i 

 

Tovarlar to

’plami 

(variantlar) 

Oziq-ovqatlar 

(F) 

Kiyim-bosh (S) 

Umumiyõarajatlar 

(dollar) 





10 


20 

30 


40 

20 


15 

10 


40 



40 

40 


40 

40 


 

 

20 


Jadval  ma

’lumotlarini  umumlashtirib,  grafik  tarzda  byudjet  chizig’ini  hosil 

qilish mumkin. 

 

S  A 



 

 

 



Kiyimlar 

20   


 

 



 

15   


 

 



 

10   


 

 



 

 

5   



 

 

 



 

 0    10 



20 

30 


40   

Oziq-ovqatlar. 

 

Agar  oilaning  talabini  xohlagan  mutanosiblikdagi  tovarlar  qondirsa,  unda 



oilaning bunday tovarga bo

’lgan talabi befarq bo’lib hisoblanadi. 



        



  



Asosiy tushunchalar va terminlar: 

a. Navflilik. 

b. Farqsizlik egri chizig

’i. 


v. Byudjet chizig

’i. 


g. Almashtirishning chegaraviy me

’yori. 


d. Almashtirish samarasi. 

e. "Daromad-iste

’mol" egri chizig’i. 

j. Chegaraviy navflilik. 

z. Daromad samarasi. 

i. "Narx - iste

’mol" egri chizig’i. 

 

1. 



Iste

’molchi  uchun  navflilikni  o’zgartirmagan  holda  bir  ne’matning  boshqa 

ne

’matga almashtirilishi nisbati. 



2. 

Tovarning  boshqa  ne

’matga  almashtirilishida  yuzaga  kelgan,  arzonlashgan 

tovarga talab qiymati o

’zgarishi ulushi. 

3. 


Xarid etilishi bir xil harajatlarni talab etuvchi har xil mahsulotlar to

’plamini 

grafik tarzda aks ettiruvchi chiziq. 

4. 


Farqsizlik kartasida narxlarning o

’zgarishi holatida iste’mol muvozanatining 

barcha nuqtalarini birlashtiruvchi egri chiziq. 

5. 


Real  daromadning  o

’zgarishi  orqali  yuzaga  kelgan,  ma’lum  tovarga  talab 

qiymatining  o

’zgarish ulushi. 

6. 

Daromadlarning  o



’sishi  bilan  farqsizlik  kartasidagi  barcha  muvozanat 

nuqtalarini birlashtiruvchi egri chiziq. 

7. 

Ma

’lum  bir  ne’matni  iste’mol  qilishning  bir  birlikka  o’sishida  umumiy 



navflilikning o

’sishi. 


8. 

Ne

’matning ehtiyojlarni qondira olish qobiliyati. 



9. 

Bir xil navflikka ega bo

’lgan ikkita mahsulot to’plamini aks ettiruvchi egri 

chiziq. 


 

                   



 



Mashqlar:

 

1.  Talaba  har  xaftada  ota  onasidan  cho

’ntak  harajatlari  uchun  2000    so’m  olib 

turadi.  (ovqatlanish  va  madaniy  hordiq  uchun).  Vertikal    o

’qda  oziq  -  ovqat 



 

21 


mahsulotlarini,  gorizontal  o

’qda esa madaniy  hordiqni belgilab, quyidagi har bir 

holat uchun talabaning byudjet chizig

’ini chizing: 

     a) Oziq- ovqat mahsuloti narxi (O.m.n.) - bir birlik uchun   50  so

’m, madaniy 

hordiq narxi (M.h.n.) - bir birlik uchun 50 so

’m. 


     b) O.M.N. = 50 so

’m; M. H. N. - 100 so’m; 

     v) O.M.N. = 100 so

’m; M. H. N. - 50 so’m; 

     g) O.M.N. = 40 so

’m; M. H. N. - 40 so’m; 

     d) O.M.N. = 50 so

’m; M. H. N. - 50 so’m; biroq, talaba daromad-lari xaftasiga 

2500 so

’mgacha o’sdi. 



  e) g) va d) byudjet chiziqlarini sharhlang a) byudjet chizig

’i bilan solishtiring. 

 

                        



 



Testlar: 

1. Quyidagi tasdiqlardan noto

’g’ri tasdiqni ko’rsating: 

   a)  Farqsizlik  egri  chizig

’idagi  har  bir  nuqta  ikkita  tovarning  turli 

kombinasiyalaridan ko

’rsatadi. 

   b) Byudjet chizig

’idagi har bir  nuqta  ikkita  tovarning  turli kombinasiyalarini 

ko

’rsatadi. 



   v) Farqsizlik egri chizig

’idagi  barcha  nuqtalar  ehtiyojlarni qondirishning bir xil 

darajasini ifodalaydi. 

   g)  Byudjet  chizig

’idagi  har  bir  nuqta  pul  daromadlarining    bir    xil  darajasini 

ko

’rsatadi. 



   d)  Farqsizlik  egri  chizig

’idagi  barcha  nuqtalar  pul    daromadlarining  bir  xil 

darajasini ko

’rsatadi. 



2. Quyida keltirilgan chegaraviy  foylalilik  qiymatlaridan  qaysi biri kamayib 

boruvchi cheraviy foydalilik qonunini ifoda etadi? 

     a) 200, 150, 100, 50. 

     b) 200, 300, 400, 500. 

     v) 200, 200, 200, 200. 

     g) 200, 250, 270, 280. 

     d) 200, 150, 150, 150. 



3.  Quyida  keltirilgan  umumiy  navflilik  qiymatlaridan    qaysi  biri  kamayib 

beruvchi chegaraviy navflilik qonunini ifoda etadi? 

     a) 200, 300, 400, 500. 

     b) 200, 450, 750, 1100. 

     v) 200, 400, 1600, 9600. 

     g) 200, 250, 270, 280. 

     d) 200, 350, 450, 600. 

 

4. Faraz qilaylik iste

’molchi 800 so’m daromadga ega bo’lsin. A tovar narxi - 

100  so

’mga,  V  tovar  narxi  50  so’mga  teng.  Quyidagi    tovarlar 

kombinasiyalaridan qaysi biri byudjet chizig

’ida joylashgan? 

     a) 8A va 1V. 

     b) 7A va 1V. 


 

22 


     v) 6A va 6V. 

     g) 5A va 6V. 

     d) 4A va 4V. 

 

5. Normal tovarlar - bu iste



’molchi daromadlari o’sishi bilan  talab hajmi ... 

tovarlardir. 

6. Past sifatli (ikkinchi darajali) tovarlar - bu iste

’molchi daromadlari o’sishi 

bilan talab hajmi ... tovarlardir. 

 

          



To

’g’ri - noto’g’ri: 

1. 


Farqsizlik egri chiziqlari hech qachon kesishmaydi. 

2. 


Byudjet chizig

’ining og’ishi ikki tovar narxining nisbatiga bog’liq. 

3. 

Daromad qiymatidagi o



’zgarishlar byudjet chizig’i og’ishining o’zgarishiga 

olib keladi. 

4. 

Tovar  narxining  o



’sish  sharoitida  o’rin  almashtirish  samarasi    ushbu   

tovarga talabning qisqarishiga olib keladi. 

5. 

Farqsizlik  egri  chizig



’ining  og’ishi  ikkita  tovarning    taqqoslangan  

chegaraviy navfliligini o

’lchaydi. 

6. 


"Narx - iste

’mol" egri chizig’i talab egri chizig’i asosida yotadi. 



                              



Aqliy trening:



 

1.  "Tovarning  navfliligi  tovar  qiymatini  belgilab  beradi"  -  degan  fikrga  o

’z 

munosabatingizni bildiring. 



2. Adam Smitning "suv, havo - brilliant" paradoksini sharhlab bering. 

 

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish harajatlari 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  ma



’lum bir mahsulot ishlab chiqarilar ekan, bu 

ishlab  chiqarish  ma

’lum  miqdordagi  xarajatlar  bilan  bog’liq  bo’lishi  tabiiydir. 

Ishlab  chiqarilgan  tovar  qiymati  shu  tovarni  ishlab  chiqarish  uchun  sarf  etilgan 

ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga bog

’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish harajatlarini 

chuqurroq  tushunish,    avvalo  foyda  olish  har  qanday  korxona  uchun  uning 

iqtisodiy faoliyatining zaruriy sharti ekanligini anglab etishni taqozo etadi.. Chunki 

foyda  olish  va  uning    hajmini  ko

’paytirish  har  bir  ishlab  chiqaruvchining  asosiy 

maqsadidir. Korxonaning rivojlanishi, korxona egasining boyligi va obro

’-e’tibori 

foyda miqdoriga bog

’liq bo’ladi. Ammo, korxonaning foyda olish yoki olmasligi, 

uning miqdori va boshqa ko

’rsatkichlari juda ko’p omillarga bog’liq bo’ladi. 

 

Ishlab  chiqarish  harajatlari  foyda  o



’lchamlarining  asosiy  cheklov-chisi  va 

ayni  vaqtning  o

’zida  taklif  hajmiga  ta’sir  etuvchi  asosiy  omil  hamdir.  Ishlab 

chiqarish  xarajatlari  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida    iqtisodiy  resurslarining 

cheklanganligi,  noyobligi  va  ulardan  muqobil  tarzda  foydalanish  imkoniyatlari 


 

23 


darajasiga  bog

’liq  bo’ladi.  Preziden-timiz  bu  haqda: 



“Sobiq  ittifoq  markazi 

o

’tkazgan  yangi  mustamlaka-chilik  hududiy  iqtisodiy  siyosat  oqibatida 

respublikada  xalq  xo

’jaligi  bir  tomonlama  xom-ashyo  bazasi  sifatida 

rivojlandi.  Texnologiya,  resurslar,  shuningdek  butlovchi  buyumlarni  bir 

qismini,  xalq  is

’temoli  mollarini  etkazib  berish  jihatidan  boshqa 

respublikalarga  juda  qaram  qilib  qo

’ydi.  Ammo  “O’zbekiston  -  kelajagi 

buyuk  davlat,  deb  ta

’kidlamoq  uchun  barcha  asoslar  bor.  Respublikada 

hamma  narsa:  tabiiy  boyliklar,  unumdor  er,  qudratli  iqtisodiy  va  ilmiy  - 

texnikaviy,  insoniy  va  ma

’naviy  salohiyat  mavjud”

  -  deb  aytib  o

’tadi.    (I.  A. 

Karimov "O

’zbekiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbekiston" 1998. 94 b.) 

 

O

’zbekiston  zaminida  juda  ulkan  va  noyob,  hali  ishlab  chiqarishga  jalb 



etilmagan  mineral  xom-ashyo  resurslari  to

’plangan.  Ularning  95  turi  aniqlangan. 

Respublikada  370  ta  kon  ishlab,  har  yili  200  million  tonnadan  ortiq  tog

’  jinslari 

qazib  olinmoqda.  Paxta  tolasini  etishtirishda  mamlakatimiz  jahonda  etakchi 

o

’rinlardan  birini  egallaydi.  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  etishtirilgan  paxta 



tolasining  1,5  million  tonnasi  yoki    75  foizi  O

’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi. 

Respublika moddiy boyliklardan samarali foydalanish ishlab chiqarish harajatlarini 

pasaytirish  bilan  chambarchas  bog

’liqdir.  Daromad  va  xarajatlarning  iqtisodiy 

aylanmasida  korxonalar,  ham  tovar  va  xizmatlarni  tovar  va  xizmatlar  bozoriga 

taklif  etuvchi,  hamda  uy  xo

’jaliklari  tomonidan  resurslar  bozoriga  etkazib 

beriluvchi resurslarning sof iste

’molchisi sifatida ishtirok etadilar. 

 

Korxona  birinchi  ko



’rinishda  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirish 

uchun  zarur  bo

’lgan  ishlab  chiqarish  omillarini  sotib  oluvchi  sifatida    faoliyat 

ko

’rsatadi va xarjatlarni amalga oshiradi, ikkinchi ko’rinishda esa, korxona bilan 



uy  xo

’jaliklari,  davlat  o’rtasida    yaratilgan  iqtisodiy  ne’matlarni  sotish  bilan 

bog

’liq  munosabatlar  vujudga  keladi.  Bu  o’rinda  korxona  doimo  eng  yuqori 



daromad (foyda) olish maqsadida harakat qiladi. Uning ishlab chiqarish omillariga 

qilgan  xarajatlari  korxonaning  yalpi  xarajatlarini  tashkil  etadi.  Ishlab  chiqarish 

xarajatlari  miqdori  ishlab  chiqarish  omillariga  bo

’lgan  baholarga  bog’liq.  Bozor 

munosabatlari  sharoitida  ishlab  chiqarish  omillariga  narxlarning  shakllanishi  o

’z 


navbatida  ushbu omillarga talab va taklif darajasiga bog

’liq bo’lib qoladi. Ishlab 

chiqarish omillari bilan ta

’minlanish darajasining yuqori bo’lishi, ishlab chiqarish 

xarajatlarining  past  bo

’lishini  ta’min  etadi.  Korxonalarda  ishlab  chiqarilgan 

ne

’matlarni  sotishdan  tushgan  pul  uning  yalpi  daromadini  tashkil  etadi.  Yalpi 



daromad  ishlab  chiqarish  xarajatlari  darajasiga  bog

’liq  bo’ladi.  Yuqoridagi 

fikrlarimizning  tasdig

’i  sifatida  prezidentimiz  I.  A.  Kari-movning  quyidagi 

fikrlarini  keltirib  o

’tishimiz  mumkin  bo’ladi: 



“  Yuqori    ishlab  chiqarish 

salohiyati  respublikani  yanada  samarali  rivojlantirish  uchun  ishonchli 

iqtisodiy  omildir.  Respublikada  mavjud  ulkan  resurslar,  aql-ziyo  va  ishlab 

chiqarish  potensiali  davlat  mustaqilligi  bilan  birgalikda  respublikada 

iqtisodiyotni  yangilash,  uni  ma

’rifiy  rivojlanish  yo’liga  o’tkazishga  doir  tub 

islohotlarni amalga oshirishga haqiqiy shart-sharoit va imkoniyat yaratadi." 

  (I. A. Karimov "O

’zbekiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbekiston" 1998. 99 b.) 


 

24 


Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  iqtisodiy  mazmunini  tahlil  etib,  ishlab 

chiqarish xarajatlari turlari haqida fikr yuritishimiz mumkin bo

’ladi.  

 

Har  qanday  korxonaning  iqtisodiy  faoliyati  u  o



’z  faoliyatini  moddiy 

ne

’matlar  ishlab  chiqarish  sohasida,  yoki  xizmatlar  ishlab  chiqarish  sohasida 



yuritishidan  qat

’iy  nazar,  ma’lum  miqdordagi  moddiy  va  mehnat  resurslari  sarfi 

bilan bog

’liqdir. Demak, 



ishlab chiqarish xarajatlari

 deb, ma


’lum bir tovar yoki 

xizmatni  ishlab  chiqarish  uchun  sarf  etilgan  ma

’lum  miqdordagi  moddiy,  pul  va 

mehnat  resurslari  sarflariga  aytiladi.  Avvalo,  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  ikki 

turda  ifodalanishini,  ya

’ni,  xarajatlar  natural  (xom  -  ashyo,  ishlab  chiqarish 

vositalari)  va  ishchi  kuchi  ko

’rinishida  ifodalanishini  sabablarini  tushunib  olish 

lozim.  Chunki  ana  shu  uch  omilsiz  ishlab  chiqarishni  yoki  jamiyat  a

’zolariga 

xizmat  ko

’rsatishni  tashkil  etish  mumkin  emas.      Ishlab  chiqarish  xarajatlari 

iqtisodiy kategoriya bo

’lib, korxo-nalar faoliyatida juda katta iqtisodiy ahamiyatga 

ega.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  hissasi  ma

’lum  bir  yaratilgan  tovarlar  miqdorida 

qanchalik  kam  ulushni  tashkil  etsa,  shu  tovarni  ishlab  chiqarish  manfaatdorligi 

shuncha  yuqori  bo

’ladi.  Ayni  paytda  past  xarajatlar  bilan,  yuqori  talab  bo’lgan 

tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  korxonaning  foyda  olish  motivini  tashkil 

etadi.  Vaqt  o

’tib  borishi  bilan  xarajatlar o’lchamlarining o’zgarib borishi  (ortishi 

yoki  kamayishi)  ishlab  chiqarish  xarajatlarining  o

’zgaruvchanlik  tavsifiga 

ekanligini ifoda etadi. Iqtisodiy xarajatlarning o

’lchamlari qanday darajada bo’lishi 

bozorda  mavjud  talab  va  taklif  hajmlariga,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish 

darajasiga bog

’liq bo’ladi. 

 Bozor  kon

’yunkturasining  doimiy  o’zgaruvchanligi  ishlab  chiqa-rish 

xarajatlarining  o

’zgaruvchanligini  belgilab  beradi.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari 

turlarini tasniflashda,  nimalarga  e

’tibor berish kerakligi to’g’risida fikr yuritamiz. 

Avvalo,  ishlab  chiqarish  xarajatlari  qiymat  jihatidan 



asosiy  (doimiy)

  ishlab 

chiqarish  xarajatlariga  va  o

’zgarib  turuvchan  ishlab  chiqarish  xarajatlariga 

bo

’linish sabablarini tushuntirishimiz lozim.  



 

Asosiy  (doimiy)  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  ishlab  chiqarishning  asosiy 

fondlari kiradi. Ular o

’zlarining avanslangan qiymatlarini  uzoq muddat davomida 

saqlab  qoladilar  va  asta  -  sekinlik  bilan  tovar  va  xizmatlar  qiymatiga  o

’tkazib 


boradilar. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish o

’lchamlariga bog’liq bo’lmay, balki, 

doimiylik  tavsifiga  ega  bo

’ladi.  Masalan,  ishlab  chiqarish  ko’lamlari  qanday 

bo

’lishidan  qat’iy  nazar,  ishlab  chiqarish  binolarini  yoritish,  isitish  yoki 



shamollatish xarajat-lari doimiy bo

’lib qolaveradi.  



 

O

’zgaruvchan  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  shunday  xarajatlarki,  ular  ishlab 



chiqarish  hajmlarining  o

’zgarishiga  mutanosib  tarzda  o’zgarib  boradi.  Masalan, 

tovar  va  xizmatlarni  yaratishda  foydalani-layotgan  xom  -  ashyo  sarflari  ishlab 

chiqarish  hajmining  o

’zgarib  borishi  bilan  mos  tarzda  o’zgarishga  uchraydi. 

Albatta,  jamiyat  ishlab  chiqarish  jarayonida  bu  xarajatlarning  o

’sishidan  emas, 

balki pasayib borishidan manfaatdordir. Bu vazifani amalga oshirish uchun, milliy 

iqtisodiyotning  tarmoq  tuzilmasini  o

’zgartirish  va  shu  yo’l  bilan  sifatli  va 

raqobatbardosh  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  lozim.  Mamlakatimiz 

rahbari  bu  haqda: 



“Iqtisodiyotimiz  strukturasini  tubdan  o’zgartirish,  xom 

 

25 


ashyo  etkazib  berishdan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishga  o

’tish,  uning 

sifatini  va  raqobatga  bardoshliligini  jahon  bozori  talablari  darajasiga 

etkazishdan  iborat.  Bunda  tarkibiy  o

’zgarishlarda  respublika  uchun  eng 

asosiy  hisoblangan  tarmoqlarni  jumladan,  yoqilg

’i-energetika  va  g’alla 

komplekslarini 

rivojlanti-rishda 

iqtisodiy 

mustaqillikni 

ta

’minlash 

shuningdek,  bu  o

’zgarishlar  respublika  iqtisodiyoti  uchun  ustuvor 

hisoblangan,  boy  tabiiy,  mineral  xom-ashyo,  mehnat  resurslariga  asoslangan 

hamda  istiqbolda  xalqaro  va  davlatlararo  mehnat  taqsimotida,  jahon 

bozorida  O

’zbekistonning  mustahkam  o’rin  egallashini  kafolatlovchi  ishlab 

chiqarishlarni  ildam  sur

’atlar  bilan  o’stirishga  qaratilishi  lozim.  Jahon 

talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning 

raqobatga  bardoshligini  oshirish  muhim  vazifa  hisoblanadi.  Buning  uchun 

korxonalarni  zamonaviy  ilg

’or  texnologiya,  eng  yangi  uskunalar,  ayniqsa, 

kichik  va  o

’rta  korxo-nalar  uchun  mo’ljallangan  ixcham  uskunalar  bilan 

jihozlash,  ichki  bozorni  to

’ldirish  uchun  kerakli  mahsulotni  ishlab 

chiqaradigan  kichik,  ixcham  texnologiyalarni  konsepsiyasini  va  milliy 

dasturini  ishlab  chiqish  zarurligi  g

’oyasi  ilgari  suriladi.  Bunday  dasturning 

ishlab  chiqilishi  va  amalga  oshirila  boshlanishi  -  iqtisodiy  islohotlar  ikkinchi 

bosqichining ustivor  vazifasidir"

-  deb ta

’kidlaydi. (I. A. Karimov "O’zbekiston 

buyuk kelajak sari" T. "O

’zbekiston" 1998. 333- 334  b.) 

 

O

’rtacha  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ishlab  chiqarish  xarajat-larining 



amaldagi  ko

’rinishlaridan  biridir.  O’rtacha  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  jami 

xarajatlar  qiymatini  korxona  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  barcha  tovarlar  va 

xizmatlar    qiymatiga  bo

’lish  orqali  xisoblanadi.  Xuddi,  shu  yo’l  bilan  o’rtacha 

doimiy va o

’rtacha o’zgaruvchan xarajatlarni ham aniqlash mumkin. 

 

Bu  iqtisodiy  ko



’rsatkichlarning  mohiyati  shundan  iboratki,  ular  ishlab 

chiqarish  jarayonida  resurslardan  qay  darajada  samarali  foydalanilayotganligini 

ko

’rsatib  beradi.  Ishlab  chiqarishda  foydalani-layotgan  resurslar  miqdorini 



o

’zgartirish  (kamaytirish  yoki  oshirish,  boshqa  resurlardan  foydalanish)  uchun 

ma

’lum  vaqt  talab  etiladi.  Aynan,  shu  tufayli,  iqtisodiyotda  qisqa, o’rta  va  uzoq 



muddatli  vaqt  oraliqlari  farqlanadi.  Qisqa  va  o

’rta  muddatli  vaqt  oraliqlarida 

korxona  ishlab  chiqarish  hajmlarini  oshirish  imkoniga  ega  bo

’lmaydi.  CHunki, 

yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  ishga  solish,  bozor  talabiga  muvofiq  yangi 

mahsulot turini o

’zlashtirish uzoq muddat talab etadi. 

 Uzoq 


muddatli 

vaqt 


oralig

’ida,  korxona  ishlab  chiqarishda 

foydalanilayotgan  omillar  miqdorini  o

’zgartirish  imkoniga  ega  bo’ladi.  Qisqa  va 

uzoq  davr  chegaralarini  farqlash    korxona  foydasini  ko

’paytirish  strategiyasi  va 

taktikasini  ishlab  chiqishda  katta  ahamiyatga  egadir.  Ma

’lumki,  korxonalar 

iqtisodiy faoliyat yuritish jarayonida resurslarning cheklanganligi muammosi bilan 

to

’qnash  keladilar  va  resurslardan  foydalanishning  muqobil  variantlaridan  birini 



tanlashlari lozim bo

’ladi. Ushbu holatda muqobil xarajatlar vujudga keladi. Ya’ni 

korxona ma

’lum bir mahsulot turini ishlab chiqarish uchun, ikkinchi bir mahsulot 

turini ishlab chiqarishdan butunlay yoki qisman voz kechishi kerak bo

’ladi.  


 

26 


Ishlab  chiqarishga  resurslarni  mahsulotlarga  aylantirish  jarayoni  sifatida  qaraladi. 

Resurslar  sarfi  tuzilmasi  va  mumkin  bo

’lgan  darajadagi    eng  yuqori  mahsulot 

ishlab chiqarish hajmi o

’rtasidagi texnologik bog’liqlik ishlab chiqarish funksiyasi 

yordamida ifodalanadi. 

     Ishlab  chiqarish  funksiyasi  izokvanta  kartasi  yordamida  grafik  tarzda 

ifodalanadi.  Izokvanta  ma

’lum  bir  mahsulot  hajmini  ishlab  chiqarishda 

foydalaniluvchi  ishlab  chiqarish  omillari  sarflarining  turli  kombinasiyalarini  aks 

ettiradi.  

Quyida  izokvantani  jadval  va  grafik  tarzda  ifodlashga  harakat  qilamiz. 

Jadvaldan  ko

’rinib  turibdiki,  2  birlik  kapital,  4  birlik  mehnat  sarflab  85  birlik 

mahsulot yaratishga muvaffaq bo

’lamiz, yoki mos tarzda 4 birlik kapital va 4 birlik 

mehnat sarflab 110 birlik mahsulot yaratamiz va hokazo. 


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling