O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi central asian medical university tibbiyot fakulteti
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Download 158.92 Kb.
|
ТИББИЙ КИМЁ ДИ ishchi dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar
- 5. Modul bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari
- JORIY NAZORAT (JN)
4. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
4.1. Mustaqil ta’lim mavzulari
4.2. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning shakllari: ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; berilgan mavzular bo’yicha prezentatsiyalar tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; grafik organayzerlarni mustaqil tuzish va ular yordamida bilimlarni mustahkamlash ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k. 4.3.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo’yicha umumiy ko’rsatma va tavsiyalar: Tibbiy kimyo moduli bo’yicha mustaqil ish auditoriyadan tashqari o’tkaziladi. Talabalar tavsiya etilgan mavzulardan esse, referat, prezentatsiyalar va grafik organayzerlarini tayyorlab, o’qituvchiga darsdan tashqari bo’lgan vaqtda taqdim etadilar. Taqdim etilayotgan ishda mavzuning kimyoviy savollariga atroflicha ta’rif berilib, asosiy urg’u shu mavzuni tibbiyotdagi ahamiyatiga qaratilgan bo’lishi kerak. Bajarilgan ish dolzarbligi, yangi ilmiy ma’lumotlar saqlagan, animatsiya va videfilьmlar bilan boyitilgan bo’lishi kerak. 5. Modul bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari 5.1. Modul bo’yicha talabalarda nazariy bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari (shakllari va nazorat turlari bo’yicha JN, YaN) Tibbiy kimyo moduli bo’yicha baholash mezonlari haqidagi ma’lumot modul bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Talabalarning modul bo’yicha o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi: 1-semestr. - Joriy nazorat (JN) ga 2,0 kredit ; - Sinov 2-semestr. - Joriy nazorat (JN) ga 2,0 kredit ; - Sinov Modulga ajratilgan 4,0 kreditni talaba JN davomida yig’adi. JORIY NAZORAT (JN) JNda talabaning modulni mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholab borish ko’zda tutiladi. Tibbiy kimyo moduli bo’yicha JN og’zaki, o’rgatuvchi-nazorat tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli masalalar, testlar, laboratoriya ishlarini bajarilishi, natijalarni tushuntirish va uy vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlardagi materiallarini o’zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi. Har bir mashg’ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal ball 100, o’tish bali 55 ball. Joriy nazoratda talabalar bilimi ta’lim modeliga asoslangan xolda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: nazariy va amaliy qism. Joriy nazorat uchun 4 kredit ajratiladi (shu jumladan 1 kredit mustaqil ishga ajratilgan): 1 semestr – 2,0 kredit; 2 semestr – 2,0 kredit; Talaba har bir semestr bo’yicha belgilangan kreditlarni to’plagandan keyin, sinovga kiritiladi. Joriy nazoratda saralash (o’tish) ballidan kam ball to’plagan yoki uzrli sabablarga ko’ra joriy nazoratda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi semestr tugagincha bo’lgan muddatda topshirishga ruxsat beriladi. Semestr yakunida modul bo’yicha joriy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalarga 2-semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakulьtet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Download 158.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling