O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet14/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

pH

Metall ioni

11

Mg 2+

9

Ag +, Mn 2+, La 3+, Hg 2+

8

Ge 3+, Co 2+ ,Ni 2+, Cd2+, Pt, Nd , J

7

Sn, Fe 2+ ,Pb

6

Zn, Be, Cu, Cr

5

Al 3+

4

U (IV), Th

3

Sn 2+, Zr, Fe 3+

Agar M n+ metall ioni L-anion bilan cho'kma hosil qilayotgan bo'lsa:


M n+ + nL <=> ML n;

bu yerda, - hosil bo'lish konstantasi. 1.4. Elektrolitik ajratish va konsentrlash Bu hodisa elektroliz jarayoniga asoslangan bo'lib, tekshiriladigan modda eritmasiga ikkita inert elektrod tushirilib, ular o'zgarmas tok manbaiga ulanadi, elektrolitdan o'tayotgan tok elektrodlarda ( yoki elektrod yaqinida) moddalarni ajratib chiqaradi. Elektroliz vaqtida ajralayotgan modda miqdori elektrolitdan o'tayotgan elektr miqdoriga mutanosib bo'ladi va u Faradey qonuniga binoan quyidagicha ifodalanadi:

bu yerda,
m-elektrodda ajralgan modda massasi, g ;
I - tok kuchi, A,
𝜏 -elektroliz uchun sarflangan vaqt, sek,
F-Faradey soni, 96500 kulon ;
n-reaksiyada qatnashgan elektronlar soni.
Elektrolitdan 1 kulon elektr miqdori o'tganda ajraladigan modda miqdoriga elektr kimyoviy ekvivalent ( E/F, E – ajralgan modda ekvivalenti) deyiladi. Elektroliz vaqtida katodda qaytarilish, anodda esa oksidlanish jarayoni sodir bo'ladi. Masalan, CuSO4 eritmasidagi misni ajratish qarab chiqilsa, katodda
Cu2+ + 2e = Cu
va anodda
2H20 - 4e = 02 + 4H+
reaksiyalar sodir bo'ladi. Eritmada H2SO4 yig'iladi. Agar eritmada Cu2+ va Pb2+ ionlari bo'lsa, katodda
Cu2+ + 2e = Cu
va anodda
Pb2+ + H20 - 2e = PbO2
reaksiyalar kuzatiladi. Har qanday modda elektroliz qilinganda, u elektrodning muayyan potensialida ajrala boshlaydi. Bu potensialga ajralish potensiali deyiladi. Odatda, potensial ionning normal oksred potensiali va erituvchining ajralish potensiallari asosida aniqlanadi. Masalan,
Cu2++ 2e = Cu
reaksiya E = 0,34 V potensialda,
(1/2) 02 + 2H + + 2e = H2O
reaksiya esa E0 = 1,23 V potensialda sodir boladi. Bundan misning nazariy ajralish potensiali 0,34-1,23 = -0,89V ekanligi ma'lum bo'ladi. Agar tashqi kuchlanish shu qiymatdan kichik bo'lsa, bo'g'indan tok o'tmasligi kerak, bundan katta kuchlanishda nazariy jihatdan tok kuchi bo'g'inning qarshiligi bilan belgilanadi. Elektrolitik ajratish usuli yordamida moddalarni selektiv ajratish imkoniyati mavjud. Masalan, eritmada qo'rg'oshin va kadmiy bo'lsa, oldin qo'rg'oshin ( E Pb2+/Pb = - 0,126V ), keyin kadmiy ( E Cd2+/Cd = - 0,402F) ajraladi. Agar elektrodlarga - 0,30 -0,35V potensial berilsa, katodda faqat qo'rg'oshin ajraladi. Odatda, hamma vaqt elektroliz potensiali ajralish potensialidan yuqoriroq bo'lishi kerakligi misni ajratish misolida ko'rib o'tildi. Elektrolitik ajratishning eng kata kamchiligi shundaki, bu usul yordamida aralashmadagi moddani to'liq ajratish ancha murakkab. Har qanday elektrolitik ajratish tegishli sharoitni ( modda tabiati, pH, potensial, elektrod va boshqalar) talab etadi. Masalan, mis va qo'rg'oshin aralashmasi nitrat kislota muhitida ajralsa, nikel bu muhitda ajralmaydi. Elektrkimyoviy kuchlanishlar qatorida vodoroddan oldinda turgan metall shu qatorda vodoroddan orqada turgan metallning biror birikmasi eritmasiga tushirilsa, aktiv metall ( manfiy zaryadlanadi) sirtida passiv metall cho'kadi. Bu hodisaga sementatsiya deyiladi. Bu usul ham aralashmalarni to'liq ajratishga imkon bermaydi. Elektrolitik ajratish va konsentrlash voltamperometriya va polyarografiyada ham keng qo'llaniladi.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling