O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Distillatsion ajratish va konsentrlash


Download 62.38 Kb.
bet15/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

2.6. Distillatsion ajratish va konsentrlash
Bu usul uchuvchan moddalarni haydashga asoslangan. Ma'lumki, moddalar turli haroratda haydaladi. Suyuq moddalar gazga ( bug'ga) aylanib haydalsa, ayrim qattiq moddalar suyuqlanmasdan birdaniga gazga aylanadi. Bu hodisa sublimatsiya deyiladi. Gaz holatiga oʻtgan modda sovutilib, kondensatlanadi va ajratib olinadi. Gaz holatidagi moddalarni kondensatlashdan tashqari yuttirib ham ajratish mumkin. Ayrim hollarda, u chuvchan modda haydalib, qoldiq tekshiriladi. Agar suyuqlik aralashmasini ajratish talab etilsa, aralashmadagi har bir moddani o'z qaynash haroratida ketma-ket haydab ajratish mumkin. Buning uchun pektifikatsion kolonnalardan foydalaniladi. Masalan, neftni fraksiyalarga ajratish bunga misol bo'la oladi. Ayrim moddalar uchuvchan emas, bunday moddalarni ajratish uchun ularni uchuvchan holatga aylantirish talab etiladi. Masalan, borni haydab ajratish uchun uni borat kislotaning efirga ( B(OCH3)3 ] aylantirish kerak. Mishyak AsCl3 ga, germaniy GeCl4 ga, temir FeCl3 ga, simob Hg ga, kremniy SiF4 ga aylantiriladi. Distillatsion ( pektifikatsion) kolonnaning yuqori qismidagi bug'ning tarkibi ajratish samarasini belgilaydi. Pektifikatsion kolonnada maxsus to'siqlar bo'ladi. Bu to'siqlar bug'ning kolonnaning o'zida kondensatlanishini ta'minlaydi. Natijada kondensat distillyatorga qaytib tushib, yuqoriroq haroratda bug'lanadigan suyuqlik sovutgichga o'tib ketmaydi. Pektifikatsion kolonnaning eng yuqori qismidagi bug' sovutgichga o'tadi va kondensatlanadi. To'siqlar qancha ko'p bo'lsa, distillatsiya samarali boradi. Aralashma bug'lanishi va kondensatlanishining bosqichlari nazariy tarelkalar deyiladi. Hamma nazariy tarelkalar ham pektifikatsion kolonna bilan bog'liq emas. Dastlabki bug'lanish va kondensatlanish suyuqlik solingan idishning o'zida bo'ladi. Agar berilgan distillatsion qurilmaning samaradorligi n ga teng bo'lsa, uning nazariy tarelkalari soni n-1 ga tengdir. Ko'pchilik suyuqliklarning aralashmalarini toza holda ajratish ancha qiyin, chunki ular azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Bir xil tarkibli gaz fazasi bilan muvozanatdagi suyuqliklar aralashmasiga azeotrop aralashma deyiladi. Masalan, tarkibida 50 % ( mol) suv bo'lgan etanolni ajratish talab etilsa, 95 % ( massa bo'yicha) etanol haydab ajratilishi mumkin. 100 % li etanolni haydab ajratib bo'lmaydi, buning uchun dunyodagi barcha nazariy tarelkalar ham yetishmaydi. Odatda, azeotrop aralashma toza moddalardan pastroq haroratda qaynaydi. Toza etil spirt 78,39 ° C da, uning azeotropi esa 78,17 ° C da qaynaydi. Bu haroratlar farqi toza spirt olish uchun yetarli emas. Agar shu aralashmaga benzol qo'shilsa, 65 ° C da tarkibida massa bo'yicha 74 % benzol, 18,5 % etanol va 7,5 % suv bo'lgan azeotrop haydaladi. Shundan so'ng 68,3 ° C da tarkibida 67,6 % benzol va 32,4 % etanol bo'lgan azeotrop haydaladi va haydash idishida faqat etanol qoladi. Qoldiqni 78,5 ° C da haydab toza holda etanol olish mumkin ( toza benzolning qaynash harorati 80,1 ° C ). Amalda azeotroplar barcha hollarda ham hosil bo'lavermaydi, lekin ularni hisobga olmaslik ham mumkin emas. Birinchi suyuqlikning uchuvchanligi v1 bo'lgan ikki suyuqlik aralashmasi olinsa, uchuvchanlik bug' bosimining shu suyuqlikning mol ulushiga (1) nisbatiga teng.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling