O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Eritmani bir idishdan ikkinchi idishga olish


Download 62.38 Kb.
bet12/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Eritmani bir idishdan ikkinchi idishga olish. Sentrifugalash tamom boʻlgach, eritma pipetka yordamida boshqa idishga olinadi. Pipetkaning rezina naychasini barmoqlar orasida qisib turib, choʻziq uchi eritmaga chuqurroq botiriladi, qisib turilgan rezina naychani sekin - asta bo'shatib, eritma pipetkaga olinadi. Soʻngra pipetkani suyuqlikdan chiqarib olib, undagi suyuqlik tegishli probirkaga solinadi. Shundan keyin, agar lozim boʻlsa, bu ish yana takrorlanadi. Probirkadagi suyuqlik juda oz boʻlgan taqdirda, uni choʻkmadan ajratish uchun uchi ingichka qilib choʻzilgan, rezina kiygizilmagan shisha naychadan foydalangan ma'qul. Bunda probirkani qiyshaytirib ushlab, kapillyar uchi suyuqlikka sekin botiriladi va suyuqlik kapillyar kuchi ta'sirida naychaga kiradi.
Filtrlash. Ba'zan sentrifugalash kutilgan natijani bermaydi, bunday hollarda eritmani filtrlashga toʻgʻri keladi. Eritmalarni turlicha filtrlash mumkin. Koʻpincha eritmalar filtr qog‘ozi orqali filtrlanadi. Byuxner yoki Shotta voronkasi orqali eritmalarni vakumda filtrlash yaxshi samara beradi va vaqtni kam oladi.
Choʻkmani yuvish. Eritmadan ajratilgan cho'kma hali nam boʻlib, unga eritmada boʻlgan ionlar adsorbsiyalangan boʻladi. Ionlarni toʻliq ajratib olish uchun choʻkmani tajriba olib borilgan probirkaning oʻzida yuvish kerak. Buning uchun sentrifugatdan ajratib olingan cho`kmaga 1-1,5 ml distillangan suv yoki yuvish uchun ishlatiladigan suyuqlikdan quyib, shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. So'ngra hosil qilingan aralashma sentrifugalanib, sentrifugat pipetka yordamida ajratib olinadi.
Reaksiyalarni bajarish. Hamma reaksiyalar kimyoviy toza Probirkada bajariladigan reaksiyalar. Yarim mikroprobirkalarda bajariladi. Probirkaga 3-5 tomchi tahlil qilinuvchi eritma solib, tegishli muhit hosil qilingach, ustiga probirka devorlariga tegizmasdan 2-3 tomchi reagent qoʻshib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, 1-2 min. so'ng tashqi samara kuzatiladi .
Mikrokristalloskopik reaksiyalar – yog’sizlantirilgan buyum oynasida bajariladi. Buyum oynasiga shisha tayoqcha bilan tahlil qilinuvchi eritmadan bir tomchi qo'shilib, yoniga bir tomchi reagent joylashtiriladi. Soʻngra ikkala tomchi shisha tayoqcha yordamida birlashtiriladi. Zarur boʻlsa, eritma bir oz bugʻlatiladi. Agar reaktiv qattiq holatda bo'lsa, uning kichik zarrachasi tahlil qilinuvchi eritmaning chetiga joylashtiriladi. 1-2 min.dan soʻng hosil boʻlgan kristallar mikroskop ostida kuzatiladi.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling