O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet8/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Fe3+ + 3 0H - <=> Fe(OH)3 ;
= [ Fe3+ ] [ OH - ] 3 = 1*10-38
va niqoblash reaksiyasida
Fe3+ + Y 4- <=> FeY - ;

hosil bo'ladi. Fe(OH)3 hosil bo'lishining oldini olish uchun eritmadagi [ Fe3+ ] qiymatning mumkin qadar kam bo'lishini ta'minlash zarur.
Niqoblash samaradorligini baholashni osonlashtirish uchun Cheng mezonidan ( MR) foydalanish qulay:

( n - niqoblash, ch — cho'ktirish ). MR > 7 bo'lganda niqoblash samarali hisoblanadi. Ayrim hollarda, niqoblash uchun cho'ktirish reaksiyasidan ham foydalanadilar. Masalan, magniyni EDTA yordamida kompleksonometrik aniqlashda eritmada bo'lgan bariy ioni analizga xalaqit beradi, chunki bariy ham EDTA bilan kompleks hosil qiladi. Agar eritmadagi bariy ioni bariy sulfat shaklida cho'ktirilsa, u magniyni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Niqoblash maqsadlarida oksidlanish darajasini o‘zgartirish amali ancha keng qo'llaniladi. Masalan, kobaltni tetrarodanokobaltat ( ko'k rangli) shaklida fotometrik aniqlashga temir ( III) ioni rodanid bilan qizil rangli kompleks hosil qilgani uchun xalaqit beradi. Agar temir ( III) temir ( II) ga aylantirilsa, kobaltni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Shuningdek, temir ( III) ionini gravimetrik aniqlashga xrom ( III) ioni xalaqit beradi, chunki xrom ( III) ham gidroksid hosil qilib cho'kadi. Agar xrom ( III) ion xrom ( VI) ionga aylantirilsa, u analizga xalaqit bermaydi. Biz yuqorida analitik reaksiyalar o'tkazish uchun zarur bo'lgan pH qiymatini bufer aralashmalar yordamida hosil qilishni ko'rib o'tgan edik. Bu reaksiyalar ham ionlarni niqoblashning bir turi sanaladi. Masalan, bariyni kaliy dixromat ta'siridan bariy xromat shaklida cho'ktirishda hosil bo'ladigan kislota cho'kmaning ko'p qismini eritib yuboradi. Agar shu eritmaga cho'ktirishni boshlashdan oldin natriy atsetat qo'shilgan bo'lsa, hosil bo'ladigan kuchli kislota kuchsiz sirka kislotaga aylanadi va u cho'kmaning eruvchanligiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Agar eritmada temir ( III) va mis ( II) ionlari bo'lsa, ular gidrofosfatlar ta'siridan fosfatlar hosil qilib cho'kadi. Agar eritmaning pH qiymati 4-5 bo'lishi ta'minlansa, mis temirni cho'ktirishga xalaqit berolmaydi.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling