O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Konsentrlash usullarining tavsifi


Download 62.38 Kb.
bet5/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

1.3. Konsentrlash usullarining tavsifi
Zamonaviy analiz usullarining mikroaralashmalarni aniqlashdagi sezuvchanligi har xil bo'lib, sezuvchanligi yuqori usullar maxsus asboblar talab qilgani, analiz tannarxining qimmatligi, ulardan foydalanishni ancha cheklaydi. Tannarxi arzon va qulay usullarning esa sezuvchanligi yetarli emas, bundan tashqari, aniqlanadigan modda miqdori qancha kam bo'lsa, aniqlash xatosi shuncha katta bo'ladi. Moddalarning juda kam miqdorini aniqlash uchun zaruriy miqdor sifatida 10-7 – 10-8 mol/l olingan, ayrim hollarda bu miqdor ancha kam bo'lishi ham mumkin. Bunday oz miqdordagi moddani aniqlash uchun ko'pincha atom-absorbsion, neytron-aktivatsion, rentgenofluoressent singari fizik usullar ishlatiladi. Mikrotarkibiy qismlarni aniqlash, asosan, ikki masalaga qaratilishi mumkin:
1) asosiy tarkibiy qismlar miqdorini kam massa yoki hajmdagi namunalardan aniqlash, 2) kam miqdordagi moddani massasi yoki hajmi ancha katta bo'lgan namunalardan aniqlash. Birinchi masalani hal qilish uchun ultramikroanaliz usullari, jumladan, ultramikrokimyoviy tahlil ishlatilishi mumkin. Bunda moddaning massasi mikrotarozilarda o'lchanadi, choʼkmalar mikroskop yordamida kuzatiladi. Eritmalarning hajmi mikrobyuretka va mikropipetkalar yordamida o'lchanadi. Ikkinchi masalani hal qilish uchun tekshiriladigan modda tarkibidagi aniqlanadigan modda konsentrlanadi, aks holda uni ajratish, topish va aniqlashning iloji bo'lmaydi. Konsentrlash mutlaq ( absolyut) va nisbiy bo'lishi mumkin. Mutlaq konsentrlashda aniqlanadigan mikrotarkibiy qism ko'p hajmdan kam hajmga o'tkaziladi. Nisbiy konsentrlashda mikrotarkibiy qismning makrotarkibiy qismdan ajratilishi natijasida mikrotarkibiy qism konsentratsiyasining makrotarkibiy qism konsentratsiyasiga nisbati ortadi .
Konsentrlash doimo ajratish bilan bog'liq bo'ladi, shuning uchun ham barcha ajratish usullari konsentrlashda ishlatiladi. Konsentrlashning cho'ktirish, birgalashib cho'kish, elektroliz, haydash, ekstraksiya, xromatografiya, flotatsiya, zonalab suyuqlantirish va shular singari boshqa usullarini sanab o'tish mumkin. Har qanday ajratish va konsentrlash topish va aniqlash bilan bog'liq bo'lganligi uchun u gravimetriya, titrimetriya va boshqa aniqlash usullari bilan tugaydi. Bunday usullar gibrid usullar deb ataladi. Aytib o'tilgan konsentrlash usullaridan qaysi birini tanlash masalasi juda muhim. Bu masalani hal qilish tekshiriladigan obyektning tabiati, uning kimyoviy tarkibi, moddani aniqlash uchun qo'llanilishi ko'zda tutilgan usul, tahlilning qancha cho'zilishi, laboratoriya sharoitida mavjud bo'lgan asbob va jihozlar, reaktiv va erituvchilar singarilarga bog'liq. Ba'zan bir necha usuldan ketma-ket foydalanish mumkin. Odatda, konsentrlash gruppaga bo'lib yoki ayrim-ayrim olib boriladi. Gruppaga bo'lib konsentrlashda bir amal davomida bir necha mikrotarkibiy qism ajratiladi. Ayrim-ayrim konsentrlashda tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalardan bittasi-aniqlanadigani konsentrlanadi. Konsentrlashda boshqa tarkibiy qismlar, ya'ni negiz yo'qotilishi yoki mikrotarkibiy qism ajratilishi mumkin.
Konsentrlash miqdoriy jihatdan chiqarib olish darajasi -R va konsentrlash koeffitsienti -k: bilan ifodalaniladi:

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling