O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


ASOSIY QISM 1.1. Sifat tahlili usullarining tasnifi


Download 62.38 Kb.
bet3/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

ASOSIY QISM

1.1. Sifat tahlili usullarining tasnifi
Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat analizi quyidagilarga boʻlinadi :

Oldingi nomlanish

Yangi nomlanish

Olingan modda

miqdori







g

ml

Makroanaliz

Gramm -usul

1-10

10 - 100

Yarimmikroanaliz

Santigramm - usul

0,05 - 0,5

1 – 10-2

Mikroanaliz

Milligramm - usul

10-3 – 10-6

10-1 – 10-4

Ultramikroanaliz

Mikrogramm - usul

10-6 – 10-9

10-4 – 10-6

Submikroanaliz

Nanogramm - usul

10-9 – 10-12

10-7 – 10-10

Subultramikroanaliz

Pikogramm - usul

10-12

10-10

Analitik kimyodagi sifat analizining vazifasi modda va aralashmalarning sifat tarkibi, ya'ni tekshirilayotgan obyekt qanday elementlar, ionlar va funksional gruppalardan iboratligini aniqlashdan iborat.


Sifat analizini o'tkazish uchun moddalarning turli xil miqdori bilan ishlash mumkin. Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab sifat analizi makro-, mikro-, yarimmikro-, submikro, subultramikro- usullarga bo'linadi. Makroanalizda moddaning nisbatan ko'proq ( 0,5-10,0 g) miqdori yoki bu modda eritma holida boʻlsa, uning 10-100 ml hajmi tekshiriladi. Reaksiyalar sigʻimi 10–20 ml.li probirkalarda, kimyoviy stakanlar va kolbalarda o'tkaziladi. Cho'kmalar eritmadan qog'oz filtrlar yordamida filtrlanib, eritmadan ajratib olinadi.
Mikroanalizda moddaning makroanalizdagiga qaraganda taxminan 100 marta kam miqdori, ya'ni qattiq moddaning bir necha milligramm yoki eritma millilitrining bir qismi tekshiriladi. Bunda tekshirilayotgan modda tarkibidagi element yoki ionlarning har birini, ular, hatto, juda oz miqdorda boʻlganda ham, aniqlashga imkon beradigan juda seziluvchan reaksiyalardan foydalaniladi. Reaksiyalar mikrokristalloskopik yoki tomchi usulida bajariladi.Mikrokristalloskopik usul bilan analiz qilishda reaksiyalar odatda, shisha plastinka ustida o'tkaziladi va hosil boʻlayotgan kristallar shaklini mikroskop ostida koʻrib, izlanayotgan ionning bor yoki yoʻqligi haqida xulosa chiqariladi. Tomchi usulida eritmaning rangi oʻzgaradigan yoki rangli choʻkmalar hosil boʻladigan reaksiyalar qoʻllaniladi. Reaksiyalar koʻpincha filtr qog‘ozi ustida oʻtkaziladi. Bunda tekshirilayotgan eritma va reaktivlar ma'lum tartibda tomiziladi. Reaksiya natijasida qog'ozda rangli dog hosil boʻladi va uning rangiga qarab, tekshirilayotgan eritma tarkibida izlanayotgan ion bor yoki yoʻqligi aniqlanadi.
Yarim mikroanaliz makro- va mikroanaliz o'rtasida oraliq holatni egallaydi. Bu usul tekshirilayotgan modda miqdori makro analizda ishlatiladigan modda miqdorining taxminan 1/100 qismini tashkil qiladi. Bu miqdor qattiq moddaning taxminan 50 milligrammiga yoki eritmaning 1 millilitriga toʻgʻri keladi. Yarim mikroanaliz makroanalizga qaraganda bir qancha afzallik larga ega boʻlib, makroanalizdagidek ishonchli natijalar beradi.
Ultramikroanalizda moddaning 1 mg dan kam miqdori tekshiriladi. Bunday analiz mikroskop ostida o'tkaziladi.
Sifat analizining tekshirish usullari. Sifat analizida fizik, fizik - kimyoviy, kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Fizik analiz tekshirilayotgan moddaning fizik xossalarini oʻrganishga asoslangan. Unga spektral analiz, rentgen struktura analizi, mass - spektroskopiya kabi usullar kiradi. Fizik - kimyoviy tekshirishda reaksiyalarning borishi haqida aniqlashga asoslangan. fikr yuritish moddalar va eritmalarning fizik - kimyoviy xossalarini Spektrofotometriya, polyarografiya, xromatografiya va boshqalar bu usulga misol boʻladi.
Kimyoviy usullarda tekshiriladigan moddaning kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Yarim mikroanaliz bir qator afzalliklarga ega :
a) kam miqdordagi reaktivlarning ishlatilishi ;
b) sentrifugalashni filtrlash bilan almashtirish ;
v) kichik hajmli idishlardan foydalanish ;
g) maxsus reaktiv ( dimetilglioqsim, α - nitroza - β - naftol) lardan foydalanish ;
d) analizni tez bajarilishi ;
e) laboratoriya havosining ifloslanmasligi.



Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling