O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari


Download 62.38 Kb.
bet4/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

1.2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari
Analitik reaksiya " quruq " va " hoʻl ” usullar bilan o'tkazilishi mumkin. Quruq usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reaksiya qizdirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Masalan : metal tuzlarining alangani boʻyashi, natriy tetraborat (bura) Na2B407*10H20 yoki natriy ammoniy gidrofosfat NaNH4HPO4*4H20 lar ba'zi metallarning tuzlari bilan qorishtirilganda rangli marvarid (shisha) hosil boʻladigan reaksiyalar quruq usul bilan o'tkaziladigan reaksiyalar qatoriga kiradi. Rangli shisha hosil qilish va alangani bo‘yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi. Eritmalarda o'tkaziladigan moddaning analizi hoʻl usul bilan qilinadigan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo'lishi kerak. Odatda, erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda, modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy oʻzgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi. Masalan :
CuO + H2SO4 → CuSO4 + H2O
Fe(OH)3 + 3HCI → FeCl3 + H2O
CaCO3 + 2HNO3 → Ca(NO3)2 + H2O + CO2
Ni(OH)2 + 2HNO3 → Ni(NO3)2 + 2H20
Anorganik moddalarni analiz qilishda ko'pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish koʻriladi. Ma'lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya'ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsialangan boʻladi. Shu sababli " hoʻl " usul bilan o'tkaziladigan reaksiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar oʻrtasida boradi, binobarin bu reaksiyadan foydalanib, to'g'ridan toʻgʻri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan : HCl yoki xloridlarning eritmasidan xlor ionini topish uchun AgNO3 ta'sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq choʻkma AgCl hosil boʻladi. Cho`kmaga qarab xlor ionining borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3 → AgCl ↓ + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl ↓ + Ca(NO3)2 (1)
BaCl2 + 2AgNO3 → 2AgCl ↓ + Ba(NO3)2 va hakozo.
Choʻkmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda boʻladi, ya'ni :
Ba2 + + 2Cl - + 2Ag + + 2NO3 - = ↓ 2AgCl + Ba2 + + 2NO3- (2)
Tenglamaning ikkala tomonidagi bir xil ionlarni reaksiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaksiya tenglamasi quyidagi koʻrinishda yoziladi :
2Cl + 2Ag + = ↓ 2AgCl
Tenglamaning ikkala tomonini bir xil songa qisqartirish mumkin boʻlgan hollarda qisqartiriladi, masalan, yuqoridagi reaksiya tenglamasini ikkiga qisqartirib yoziladi :
Cl - + Ag + = AgCl ( 3)
( 1) - reaksiyaning molekular tenglamasi, ( 2) - reaksiyaning molekular ionli tenglamasi, ( 3) - reaksiyaning molekular - ionli qisqartirilgan tenglamasi.


Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling