O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet7/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

TAJIBAVIY QISM
2.1. Xalaqit beruvchi moddalarni niqoblash
Niqoblash deganda, xalaqit beruvchi tarkibiy qismni analiz qilinadigan moddani topish va aniqlash reaksiyasiga ta'sir ko'rsatmaydigan, boshqa kimyoviy ko'rinishga o'tkazish tushuniladi. Niqoblash orqali analitik amallarning selektivligini oshirish ancha samarali bo'ladi. Niqoblashning boshqa ajratish usullaridan afzalligi uning tez bajarilishidadir. Niqoblash uchun ishlatiladigan reagent aniqlanadigan modda bilan ta'sirlashmasligi yoki juda kam ta'sirlashishi kerak. Agar reagent aniqlanadigan modda bilan ta'sirlashsa, analiz vaqtida uning ta'sirlashish mahsulotini topish uchun qulay holatga o'tkazish, xalaqit beruvchi modda hosil qilgan mahsulotnikiga nisbatan oson bo'lishi zarur. Niqoblash uchun komplekslanish, oksidlanish darajasini va eritmaning pH qiymatini oʻzgartirish, cho'ktirish kabi usullardan foydalaniladi. Xalaqit beruvchi moddani komplekslashda uning tegishli ligand bilan hosil qilgan kompleksining barqarorligi yuqori bo'lishi kerak. Buning uchun barqarorligi yuqori komplekslar hosil qilishga harakat qilinadi. Ko'plab ionlar sianid, rodanid va EDTA bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Masalan, qalay ( IV) va surma ( III) ionlari vodorod sulfid ta'sirida sulfidlar holida cho'kkanligi uchun ularni aniqlash qiyin. Agar oksalat kislota qo'shib, qalay ioni kompleksga bog'lansa, surma ionini aniqlash osonlashadi ;
SnCl4 + HOOC-COOH= Sn(C2O4)2 + 4HCI
Simob ( II) ionini ditizon bilan fotometrik aniqlashga mis, qo'rg'oshin va vismut ionlari xalaqit beradi. Agar shu eritmaga EDTA qo'shilsa, bu ionlar kompleksga bog'lanadi va simobni aniqlashga xalaqit berolmaydi. Katta konsentratsiyali xrom ( III ), mis ( II ), kobalt, nikel va marganets ( II) singari ionlarni EDTA bilan niqoblash analizni ancha qiyinlashtirishi mumkin, chunki bu ionlar EDTA bilan rangli komplekslar hosil qiladi. Bunday hollarda boshqa komplekslovchilardan foydalanadilar. Niqoblash uchun qo'shiladigan komplekslovchi moddaning miqdori qancha bo'lishi kerak, degan savol ham tug'ilishi tabiiy. Bunday vaqtda asosiy va niqoblash reaksiyalarining konstantalarini bilishga toʻgʻri keladi. Ushbu masalani temir ( III) ionini gidroksid holida ( pH = 10) cho'ktirish misolida ko'rib chiqamiz. Asosiy reaksiyada

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling