O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Eritmani boʻlib - boʻlib va sistematik analiz qilish


Download 62.38 Kb.
bet10/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

2.3. Eritmani boʻlib - boʻlib va sistematik analiz qilish
Aniqlanishi kerak boʻlgan ionlarni spetsifik reaksiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alohida ulushlaridan bevosita aniqlash, boʻlib - boʻlib analiz qilish deyiladi. Lekin hamma ionlar uchun spetsifik reaksiyalar yoʻq. Ayrim ionlar ikkinchisini topishga halaqit beradi. Masalan, Ba2 + ioni Ca2+ ni topishga halaqit beradi. Bunday hollarda har bir alohida ionni ma'lum ketma - ketlikda aniqlash reaksiyalarini ishlab chiqishga toʻgʻri keladigan usuldan foydalaniladi. Bunday usulni sistemali analiz qilish usuli deyiladi. Bunda, har bir ionni topishdan oldin uning topilishiga halaqit beradigan boshqa hamma ionlar oldindan topiladi va eritmadan ajratiladi, yoki niqoblovchi reagentlar yordamida halaqit berish darajasi yo'qotiladi. Yuqoridagi misolni olsak, agar eritmada Ba2 + va Ca2+ ionlari boʻlsa, Ba2 + ionini toʻliq cho'ktirib, choʻkmani sentrifugalab ajratib tashlanadi. Buning uchun Ba2 + ioniga xos reaksiya, K2Cr2O7 bilan sariq choʻkmani hosil boʻlishidan foydalaniladi. Cho'kmadan ajratib olingan eritmaga yana ozgina reagent qoʻshiladi. Agar, choʻkma qaytadan hosil boʻlmasa, eritmada Ba2 + ioni qolmagan boʻladi va undan Ca2 + ionini (NH4)2C204 ta'sirida topish mumkin. Oq CaC204 cho'kmaning hosil boʻlishi, endi eritmada Ca² + ioni borligini bildiradi.
Ca+2 + (NH4)2C2O4 = ↓ CaC2O4 + 2NH4+,
Demak, sistematik analiz qilishda ayrim ionlarni topish reaksiyalari bilan bir qatorda, ularni bir - biridan ajratish reaksiyalarini o'tkazishga toʻgʻri keladi. Ajratish reaksiyalarida, ko'pincha ajratilayotgan ionlar hosil qiladigan, oʻxshash birikmalarning eruvchanligi bir - biridan farq qilishidan foydalaniladi. Masalan, Ba2+ ionini Ca2+ ionidan ajratish. BaCrO4 va CaCrO4 eruvchanliklarining har xilligiga asoslangan va hakozo.

Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling