O `zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedogokika instuti kimyo yonalishi 12k-20 guruh talabasi Amirova Samina ning analitik kimyo fanidan kurs ishi mavzu: Ajratish va aniqlash


Download 62.38 Kb.
bet18/19
Sana18.06.2023
Hajmi62.38 Kb.
#1581920
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Amirova Saminaning Kurs ishi Analitika fanidan

Filtrlash yordamida qattiq moddalar suyuqliklar va gazlardan ajratiladi. Bu amal, ayniqsa, cho'ktirish usullarida ko'p ishlatiladi. Shuningdek, dekantatsiya, sedimentatsiya, sentrifugalash, ultrasentrifugalash, dializ va elektr dializ singari ajratish va konsentrlash usullari analizda keng qo'llaniladi. Dekantatsiya - cho'kma ustidagi eritmani qoʻzgatmasdan to'kish usulidir. Markazdan qochma harakat yordamida ajratish sentrifugalash usulining asosini tashkil etadi. Sedimentatsiya - yirik dispers zarralarning og'irlik kuchi ta'siridan cho'kishiga asoslangan. Masalan, loyqa suvdagi tuproq jinslarining cho'kishi bunga misol bo'la oladi. Juda harakatchan mayda zarrachalarni ajratish uchun ultrasentnfugalashdan foydalaniladi. Membrana orqali o'tadigan zarrachalami ularning tezliklari farqi asosida ajratish dializ, elektr toki qutblari ta'sirida ajratish esa elektr dializ usulini tashkil etadi. Bu usullar moddalarni ajratish va konsentrlashda muhim ahamiyatga ega .


XULOSA
1. Zamonaviy analiz usullarining mikroaralashmalarni aniqlashdagi sezuvchanligi har xil bo'lib, sezuvchanligi yuqori usullar maxsus asboblar talab qilgani, analiz tannarxining qimmatligi, ulardan foydalanishni ancha cheklaydi. Tannarxi arzon va qulay usullarning esa sezuvchanligi yetarli emas, bundan tashqari, aniqlanadigan modda miqdori qancha kam bo'lsa, aniqlash xatosi shuncha katta bo'ladi.
2. Analiz usulini tanlash va baholashda aniqlanadigan moddaning xossalari, uni analizga tayyorlash va analiz qilish uchun sarflanadigan vaqt, analiz qilinuvchi obyektning tabiati, laboratoriya jihozlari, ularning zaruriy sezuvchanligi va aniqlik chegarasi kabilarga e'tibor beriladi.
3. Har qanday ajratish va konsentrlash topish va aniqlash bilan bog'liq bo'lganligi uchun u gravimetriya, titrimetriya va boshqa aniqlash usullari bilan tugaydi. Bunday usullar gibrid usullar deb ataladi. Aytib o'tilgan konsentrlash usullaridan qaysi birini tanlash masalasi juda muhim. Bu masalani hal qilish tekshiriladigan obyektning tabiati, uning kimyoviy tarkibi, moddani aniqlash uchun qo'llanilishi ko'zda tutilgan usul, tahlilning qancha cho'zilishi, laboratoriya sharoitida mavjud bo'lgan asbob va jihozlar, reaktiv va erituvchilar singarilarga bog'liq
4. Elektrolitik ajratish va konsentrlash voltamperometriya va polyarografiyada ham keng qo'llaniladi.


Download 62.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling