O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Download 0.69 Mb.
bet18/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

II bob bo‘yicha savollar





  1. Investitsiya loyihalarining strukturasi va uni asosiy mazmun- mohiyatini qanday tushunish mumkin?

  2. Investitsiya loyihalarining kriteriyalar bo‘yicha klassifikat- siyasini tushuntiring va misollar keltiring?

  3. Investitsiya loyihasining hayot davri va uning bosqichlarini qanday tushinasiz?

  4. Loyiha muhiti, ichki va tashqi loyiha muhiti, uning mazmuni va loyihani ishlab chiqishda va tahlil qilishda hisobga olish kerak bo‘lgan ko‘rsatkichlarni bilasizmi?

  5. Loyiha obyekti, subʼekti va uni o‘rganishni ahamiyati nimadan iborat?

  6. Investitsiya loyihasi tahlili nimadan boshlanadi?

  7. Loyihaning qanday aspektlari yoki bo‘limlari tahlili qilinadi?

  8. Loyiha tahlili konsepsiyasi nima?

  9. Iqtisodiyotni liberallashtirishda loyihalarga qo‘yilgan talablar qaysi me`yoriy- huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topgan?

  10. Xalqaro moliya tashkilotlarining O‘zbekistonda loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqishi va undagi tahliliy yondashuvlarni bilasizmi?

  11. Loyihaning tashqi va ichki muhiti va ularning xarak- teristikasini bilasizmi?

  12. Nima uchun loyiha muhiti tahlil qilinadi. Tahlildan kutiladigan natijalar nimalardan iborat?
  1. BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI TAYYORLASH





    1. Investitsiya loyihalarini tayyorlash tushunchasi

Har qanday loyiha avvalo g‘oya sifatida vujudga keladi. G‘oyaning chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillarni o‘rganilishi natijasida uning haqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi.


Korxonaning investitsiya loyihasini korxona rahbari va uning yetuk mutaxassislari ishlab chiqishadi. Аgar korxona mutaxassislarining bilimi va tajribasi yetarli bo‘lmasa, professional maslahatchilar xizmatidan foydalaniladi. Аgar yirik loyihalar ko‘p komponetlarga ega bo‘lsa, bunday loyihalarni tayyorlashga xalqaro tajribaga ega bo‘lgan ekspertlar va mahalliy mutaxasislar jalb etiladi. Ularning bilim va tajribalari tayyorlangan loyihalarning real va ilmiy asoslanganligini taʼminlaydi. Bunday amaliyot jumladan Jahon banki amaliyotida kuzatilishi mumkin.
Loyihaning hayot sikli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    1. Loyiha g‘oyasi

    2. Investitsiya oldi tadqiqoti

    3. Loyiha tayyorlash

    4. Loyihani amalga oshirish

    5. Monitoring, baholash va nazorat

    6. Loyiha obyektini ishga tushurish

1.Loyiha marketing tadqiqotlari, raqobatchilar, qonuniy quhitni tahlil qilish kabi tadqiqotlarni amalga oshirishdan boshlanadi. Loyiha g‘oyasi (2-ilova) shu jarayonda shakllanadi. Misol uchun O‘zbekistonda atom elekt stansiyasini qurish g‘oyasi.O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab qondirilmagan. Yiliga 7-8 mlrd kilovat/soat elektr energiyasi yetishmaydi. Iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi sonining o‘sishi natijasida talab yanada o‘sib boradi. Xalqaro darajada xavfsiz atom elektr stansiyasi asosida elektr energiyasi ishlab chiqish keng yo‘lga qo‘yilgan.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling