Loyiha avvalo g‘oya sifatida vujudga keladi. G‘oyaning chuqur tahlil qilinishi, ichki va tashqi omillarni o‘rganilishi natijasida uning haqqoniyligi va hayotiyligi kelib chiqadi.
Loyiha konsepsiyasi loyihaning g‘oyadan keyingi bosqichi bo‘lib uni manfaatdor taʼsischilar chuqur o‘rganib, maʼqullashi kerak.
BMTning UNIDO nomli bo‘limi tomonidan chiqarilgan byulletenida investitsiya oldi bosqichini to‘rtda yo‘nalishga bo‘lib o‘rganish tavsiya etiladi.
Investitsiya oldi bosqichida muqobil variantlarga ega bo‘lgan bir necha loyihalar o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion, investitsion, ijtimoiy va boshqa turdagi loyihalarga investitsiya manbalarini aniqlashdan ko‘ra eng avvalo pishiq-puxta ishlangan loyihalarni ishlab chiqarish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.
“2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respub- likasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Prezidentining Farmonida islohotning kutilayotgan natijalaridan biri pishiq-puxta investitsiya loyihalarni ishlab chiqish, tahlil qilish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirishdir.
III bob bo‘yicha savollar
Loyiha ishlab chiqish bosqichlarini bilasizmi?
Loyiha konsepsiyasi nima va uni ahamiyati nimalardan iborat? 3.Investitsiya loyihasini shakllantirilishi uchun qanday hujjatlar
ishlab chiqiladi?
Investitsiya oldi bosqichida muqobil variantlarga ega bo‘lgan bir necha loyihalar o‘rganishdan maqsad nima?
Iqtisodiyotga investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tatbiq etishda O‘zbekistonning tajribasini bilasizmi?
Investitsiya loyihasini yakuniy bosqichida manfatdor tomonlardan qanday hujjat ko‘rib chiqidadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |