O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY- IQTISODIY BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI


Download 0.69 Mb.
bet22/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY- IQTISODIY BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI





    1. Investitsiya loyihalarini tanlashda moliyaviy-iqtisodiy baholashning roli

Har qanday turkumdagi loyihalarni baholashda loyihadan olinadan naf aniqlanadi. Ular pul va pul bo`lmagan manfaatdorlik bo‘lishi mumkin. Аvvalo pul ko‘rinishidagi manfaatlarni hisoblash uslublarini ko‘rib o‘taylik. Buning uchun investitsiya loyihalariga murojaat etamiz.


Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishning maqbul variantlarini tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy - moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari ijobiy bo‘lgani holda ham quyidagi shartlarni taʼminlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi:

  1. tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;

  2. loyihani mablag‘ bilan taʼminlaydigan investor o‘rtacha foyda meʼyoridan kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa;

  3. investor uchun maʼqul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa.

Mana shu shartlarning bajarilishi real ekanligini aniqlash investitsiya loyihalarini moliyaviy - iqtisodiy baholashning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday baholashni o‘tkazish bir qancha sabablarga ko‘ra, ancha qiyin. Bu sabablar quyidagilardir:

  • ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natija olish jarayoni ham uzoq davom etishi mumkin;

  • uchinchidan, uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish investitsiya loyihalarining barcha jihatlarini baholashda noaniqlik darajasi oshishiga, turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi.

Аynan ana shu omillarning mavjudligi investitsiya loyihalarini baholashning maxsus, xatolik darajasi minimal bo‘lgan, yetarlicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan uslublarini vujudga keltirishni taqozo etdi.

    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling