O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Investitsiya imkoniyatlarini qidirishni tashkil qilish
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
Investitsiya imkoniyatlarini qidirishni tashkil qilishO‘zbekiston Respublikasida innovatsion, investitsion, ijtimoiy va boshqa turdagi loyihalarga investitsiya manbalarini aniqlashdan ko‘ra eng avvalo pishiq-puxta ishlangan loyihalarni ishlab chiqarish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Investitsiya loyihalari uchun g‘oyalarni qidirish va ular ichida maqbulini tanlab olish juda murakkab hamda masʼuliyatli vazifadir. Birinchidan, bu muammoni yechish uchun loyihani vujudga keltirishdan kim manfaatdor ekanligini bilish zarur. Аgar bu loyiha ishlab turgan korxona uchun bo‘lsa, unda investitsiya konsepsiyasi shu tarmoqda yig‘ilgan tajriba, undagi xodimlarning malakasi, bozor muammolari maʼlum maʼnoda belgilangan bo‘ladi. Bu korxonalarni boshqaruvchi idoralar ham investitsiya konsepsiyasini vujudga keltirishda qiynalmaydilar. “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Prezidentining Farmoni”3 da “Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan: – moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, banklarda xizmat ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish; – kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ 3 “2020-2025- yillarga mo`ljallangan O`zbekistonda Bank tizimini isloh qilish strategiyasi”. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2020-yil 12-may. boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash”. O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilinishi natijasida tadbirkorlarning investitsiya loyihalari g‘oyalari va texnik iqtisodiy asosnomalarni hamkorlikda talab darajasiga yetkazish masalalarini yanada soddalashtirish, xorijning ilg‘or tajribalarini amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling