O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Diskontlash haqida tushuncha


Download 0.69 Mb.
bet23/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Diskontlash haqida tushuncha


Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng ko‘lamda kirib kelgan yangi nazariya va uslubdir.


Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga kelishiga sabab, pul mablag‘lari qiymatining vaqt davomida o‘zgarib turishidir. Yaʼni bugungi bir so‘m qiymati bir yil keyin olinadigan bir so‘m qiymati bilan bir xil emas.


$1 Present Value (PV) > $1 Future Value (FV)


Bir xil summadagi pulning turli vaqtda har xil qiymatlarga ega bo‘lishiga bir qancha sabablar mavjud:


birinchidan, bu holat inflatsiya jarayonlari bilan izohlanadi, yaʼni baholar darajasining ko‘tarilishi oqibatida bugun bir so‘mga olish mumkin bo‘lgan tovarni bir yildan so‘ng bir yarim yoki ikki so‘mga sotib olish mumkin bo‘ladi;
ikkinchidan, har qanday tijorat operatsiyasiga (shu jumladan, bank depozitiga) qo‘yilgan bir so‘m pul uning yordamida olingan daromad hisobiga bir yildan keyin kattaroq miqdordagi pulga aylanadi. Bu holat moliyaviy operatsiyalarning aksiomasi hisoblanadi va investitsiya loyihalarini iqtisodiy asoslash va tahlil qilish mexanizmini belgilab beradi.
Demak, har bir moliya mutaxassisi yoki investitsiyalarni tahlil etayotgan mutaxassisning asosiy shiori quyidagicha bo‘lmog‘i kerak: bugun olinadigan bir so‘m pul kelgusida olinadigan bir so‘m puldan qiymat jihatdan kattadir.
Buni juda oddiy misolda ko‘rishimiz mumkin. Аgar siz 100 so‘m pulni 10% stavka bilan bankka qo‘ysangiz, kelgusi yili (uni inglizcha FV yaʼni future value deb belgilaymiz), sizning omonatingiz:
FV1 =100+100 * 0,1=110 so‘mga teng bo‘ladi.
FV1 = 100+ (100*0.10) = 100+10 = $110
yoki
FV1 = 100*(1+0,1) ^1 = 110
FV2 = 100* (1+0.1) ^2 = 100*121 = $121 FV3 = 100* (1+0.1) ^3 = 100*1.33 = $133
Аgar pulingizni yana bir yil olmaysiz, deb faraz qiladigan bo‘lsak, ikkinchi yilning oxiriga borib sizning omonatingiz:
FV2=[100(1+0,10)]*(1+0,10)]=100(1+0,10)2 =100*1,21 =121
so‘m bo‘ladi.
Jamg‘armalar ko‘payishining bu modeli murakkab foizlar modeli deyiladi va quyidagicha yozilishi mumkin (1-formula):



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling