Investitsiya loyihalarini asoslab berish va tahlil qilishning asosini bugun qilinadigan (joriy) xarajatlar bilan kelgusida olinadigan pul tushumlari (pul oqimlari)ni taqqoslash tashkil etadi. Bu vazifani bajarishga annuitetning joriy qiymatini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yondashuv juda yordam beradi. Bu yondashuv asosida bugun qo‘yilgan mablag‘lar kelgusidagi tushumlar bilan qanchalik qopla- nishini yetarli darajada aniq hisoblab topish mumkin.
Misol: Аytaylik investitsiya loyihasi kelgusi 3 yilning har bir yili oxirida 1 million so‘mdan pul tushumiga ega bo‘lishni ko‘zda tutsin. Foiz stavkasi yiliga 10% bo‘lgan sharoitda 2-formula va 4-ilovadan foydalanib, bu pul tushmlarining joriy qiymatini aniqlaymiz. Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
4 Виленский П.Л., Ливсиц В.Н., Смоляк С.А. «Оценка эффективности инвестиционных проектов: Теория и практика» 2004 с 402-431
Investitsiya natijasida bunyod bo‘lgan obyekt necha yil amal qilishiga qaramasdan bu hisoblash usulining mazmuni o‘zgarmaydi. 2-formulaga asoslangan holda bu hisob-kitob quyidagicha o‘tkazildi:
PVA3 =1/(1+0.10) 1+1/(1+0.10)2+1/(1+0.10)3 =2,486
Bunga asoslangan holda annuitetni keltirilgan qiymatini
3-jadval
Annuitetning joriy qiymatini aniqlash
Yillar
|
Pul tushumlari
(mln.so‘m)
|
Joriy qiymat
|
1
2
3
|
1
1
1
|
1,0 * 1 (1+0,1)1 =
0,909
1,0 * 1 (1+0,1) 2 =
0,826
1,0 * 1 (1+0,1) 3 =
0,751
|
Jami
|
Joriy qiymat
|
2,486
|
hisoblashning umumiy tenglamasini yozamiz (7-formula):
Do'stlaringiz bilan baham: |