O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


V bob bo‘yicha qisqacha xulosalar


Download 0.69 Mb.
bet36/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

V bob bo‘yicha qisqacha xulosalar





  1. Investitsiya loyihalarini baholashga turlicha yondashuvlar mavjud, ulardan diskontlangan pul oqimlariga asoslangan ko‘rsatkichlar mutaxassislar tomonidan eʼtirof etiladi.

  2. Loyihalarni baholashda pul oqimlari (CF), sof pul oqimlari (NCF), kumulativ pul oqimlari (CF cumulative) hisoblanadi.

  3. Loyiha doirasidagi pul kirimlari va chiqimlari pul oqimlaridir.

  4. Investitsiya loyihalarini diskontlangan asosiy ko‘rsatkichlari NPV, PI, IRR shuningdek DPP, ROI, PP, ARR kabilardir.

  5. NPV, PI, IRR formulalarni hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushunish lozim.

  6. DPP, ROI ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushunish lozim.

  7. PP, ARR ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushunish lozim.

  8. IRR formulasini va uning grafigini tushunish lozim.

  9. Yuqoridagi formulalar loyihalarni baholashda qo‘llaniladi va ularni qo‘llashni maʼlum shartlari mavjud.

  10. I0=loyihaga dastlabki investitsiya kiritilishi bo‘lib uni odatda diskontlanmaydi.

  11. Har bir formulaning iqtisodiy mazmuni va ularni qo‘llash shartlari mavjud.

  12. Investitsiya loyihalarini baholashda sodda, diskontlanmagan ko‘rsatkichlardan (PP, ROI) ham foydalaniladi.

  13. Investitsiya loyihalarini samaradorligini bir ko‘rsatkich bilan aniq va to‘la ifodalab bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.

  14. Investitsiya loyihasini baholash tizimli tahlil bilan uzviy bog‘liqdir.



V bob bo‘yicha savollar





  1. Diskontlash nima?

  2. Diskontlash koeffitsiyenti qanday kelib chiqadi?

  3. Bankning qayta moliyalashtirish stavkasi nima va investitsiya loyihasiga qanday taʼsir etadi?

  4. Loyihalarni baholashda pul oqimlari (CF), sof pul oqimlari (NCF), kumulativ pul oqimlari (CF cumulative) hisoblarini tushuntirib bering?

  5. Loyiha doirasidagi pul oqimlari qanday hisoblanadi?

  6. Investitsiya loyihalarini diskontlangan asosiy ko‘rsatkichlari NPV, PI, IRR shuningdek DPP, ROI, PP, ARR ko‘rsatkichlarini tushuntirib bering?

  7. NPV, PI, IRR formulalarni hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushuntirib bera olasizmi?

  8. DPP, ROI ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushuntirib bera olasizmi?

  9. PP, ARR ko‘rsatkichlarini hisoblash va ularning iqtisodiy mazmun mohiyatini tushuntirib bering?

  10. IRR formulasini va uning grafigini keltirib chiqara olasizmi?

  11. I0=loyihaga dastlabki investitsiya kiritilishini bildiradimi?

  12. Har bir formulaning iqtisodiy mazmuni va ularni qo‘llash shartlarini bilasizmi?

  13. Investitsiya loyihalarini baholashda sodda, diskontlanmagan ko‘rsatkichlardan (PP, ROI) qachon va qanday hollarda foydalaniladi?

  14. Investitsiya loyihalarini samaradorligini bir ko‘rsatkich bilan aniq va to‘la xulosa qilish mumkinmi?

  15. Investitsiya loyihasini baholash tizimli tahlil bilan uzviy bog‘liqmi?

  16. Kompaniyada investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib ularning pul oqimlarini qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan (000

$).





1

2

3

4

I0

2.3

0

0

0

CF

1.2

2.4

2.5

2.6

Аgar k=20% ga teng bo‘lsa, loyihaga taʼsir etadigan omillar inobatga olinmasa (loyiha boshqa omillarga bog‘liq emas deb hisoblansa) uni baholovchi ko‘rsatkichlarni (NPV?PI? IRR? DPP?) hisoblang va xulosa bering. IRR ni grafikdagi ko‘rinishini ifodalang va tushuntirib bering?



  1. Yangi ochilgan firmaga investitsiya jalb etish uchun investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihaning pul oqimlarini qisqacha quyidagi jadvalda keltirilgan (000 $).






1

2

3

4

I

2.0

0.2

0

0

CF

1.1

2.2

2.2

2.5

Аgar k=20% ga teng bo‘lsa, loyihaga taʼsir etadigan omillar inobatga olinmasa (loyiha boshqa omillarga bog‘liq emas deb hisoblansa), uni baholovchi ko‘rsatkichlarni (NPV?PI? IRR? DPP?) hisoblang va xulosa bering. IRR ni grafikdagi ko‘rinishini ifodalang va tushuntirib bering?



  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling