O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
BOB. INVESTITSIYA LOYIHASINING BIZNES REJASI
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
BOB. INVESTITSIYA LOYIHASINING BIZNES REJASIOliy taʼlim bitiruvchi talabalarini tadbirkorlikka jalb etishni rag‘batlantirish va unda biznes rejaning o‘rni Mamlakatda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap- loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik subyektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab- quvvatlashga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorida «yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish; yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish» ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish; meva- sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari, hunarmandchilik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish”ga masʼul bo‘ldi”5. 5 O`zbekiston Respublikasi Prezidentini “ Yoshlar sanoat hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida “ Qarpri. 2021-yil 21- aprel.www//uza,uz.2021.04.21. Xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha biznes rejasiz tadbirkorlik fao- liyati bilan shug‘ullanishni tasavvur etish juda qiyin. Bu xulosa O‘zbekiston misolida ham isbotlangan. Biznes rejani bank, soliq idoralari, statistika bo‘limi, investorlar va boshqa hamkorlar talab qilishadi. Biznes rejani ularni talablariga mos holatda topshirgan tadbirkor o‘z ishini puxta bilishini ham isbotlay oladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling