O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- OSTEOLOGIYA - SUYAKLAR HAQIDAGI ILM Umumiy m a’lumotlar
XUSUSIY QISM
TAYANCH-HARAKAT A’ZOLARI TIZIMI Odam organizmining asosiy vazifalaridan biri uning harakat qilish qobiliyatidir. Bu harakat suyaklar va mushaklar ishtirokida ro ‘y beradi. Tayanch-harakat apparati faol harakatchan qism - mushaklar va nofaol qism - suyaklar hamda ulaming o ‘zaro qo‘shilishidan iborat. Tayanch - harakat a ’zolar tizimi organizmning ko‘p qismi (gavdaning umumiy og‘irligini 72,5 %i) ni tashkil qiladi. OSTEOLOGIYA - SUYAKLAR HAQIDAGI ILM Umumiy m a’lumotlar Osteologiya - suyaklaming tuzilishini o ‘rganadi. Organizmning qattiq asosini hosil qiluvchi suyaklar majmui skeletdir. Skelet (skeleton, grekcha - skeletos) quritilgan degan so‘zdan olingan. U 200 dan ortiq alohida suyakdan iborat. Skeletning og‘irligi 5 - 6 kg bo‘lib, erkaklarda u gavda umumiy og‘irligining 10 % ini, ayollarda 8,5 % ini tashkil qiladi. Skeletni ikki qism: o ‘q skeleti va o ‘siqcha skeletiga bo ‘lish mumkin. 0 ‘q skeleti kalla suyaklari, umurtqa pog‘onasi, qovurg‘alar va to‘sh suyagidan iborat bo ‘Isa, o ‘siqcha skeleti qo‘l va oyoq suyaklaridan tashkil topgan (2-rasm). Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifalami bajaradi. 1.Tayanch vazifasi yumshoq to ‘qima va a ’zolarining skeletning ayrim qismlariga birikib turishi natijasida vujudga keladi. 2.Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklaming har xil richag hosil qilib, bo ‘g ‘im orqali birlashishi va nerv tizimi yordamida mushaklar qisqarishi bilan namoyon bo ‘ladi. 3.Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan b o ‘shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqa kanali orqa miyani, kalla suyaklari bosh miyani, ko‘krak qafasi o ‘pka va yurakni tashqi ta ’sirlardan saqlab turadi. 25 4.Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda mineral modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar bor. Bundan tashqari, suyaklaming epifizlarida joylashgan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini bajaradigan qon elementlarini ishlab chiqaradi. Skeletda bosh, tana, qo‘l va oyoq qismlari tafovut qilinadi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling