O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash


Download 2.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/44
Sana10.11.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1763906
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
Anatomiya 1 jild

Yangi tug‘ilgan chaqaloq 
1 - 1 0 kun
Emizikli davr 
10 kundan - 1 yoshgacha
Erta bolalik davri 
1 - 3 yoshlar
Bolalikning 1 davri 
3 - 7 yoshiar
Bolalikning 2 davri 
8 - 1 2 o‘g‘il bolalar
8 - 1 1 qiz bolalar
Balog‘at davri 
13 - 16 o ‘g‘il bolalar
12 -1 5 qiz bolalar
0 ‘smirlik davri 
17 -2 1 yigitlar
16 -2 0 qizlar
Postnatal taraqqiyot
Bola tug‘ilganidan so‘ng yangi tug‘ilgan chaqaloq davri bosh- 
lanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq yetilgan va yetilmagan bo ‘ladi. 
Agar chaqaloqning tana og'irligi 2500 g dan ko‘p, tana uzunligi
16


2?
йУ
 
#
2
45 sm dan katta bo ‘lsa, u yetilgan; tana og‘irligi 2500 g kam b o ‘lsa 
yetilmagan bo ‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning boshi katta va yumoloq, bo ‘yini 
va ko‘krak qafasi qisqa, qomi uzun, oyog‘i kalta va qo‘li uzun va 
ko‘krak qafasi bochkasimon shaklda b o ‘ladi.
Emizikli davrda bola tez o ‘sadi. Bu davrda uning og‘rligi 3 marta, 
b o ‘yining uzunligi esa 1,5 marta kattalashadi. 6 oydan boshlab sut 
tishlari chiqa boshlaydi. Bola 6 oylikda emaklab, davr oxirida yura 
boshlaydi. Birinchi yil davomida b a ’zi a ’zo va tizimlar (harakat- 
tayanch, ovqat hazm qilish va nafas olish) tez o ‘sadi.
Erta bolalik davrida barcha sut tishlari chiqib b o ‘ladi. 2-3 
yoshlarda bola bo‘yiga sezilarli o‘sadi. Bosh miyaning tez o ‘sishi 
munosabati bilan aqlan tez rivojlanadi.
Bolalikning I davrida 6 yoshdan boshlab birinchi doimiy tishlar 
(birinchi katta oziq tish va pastki ja g ‘ning medial kurak tishi) paydo 
bo ‘ladi. Erta bolalik va bolalikning I davrlarida o ‘g ‘il va qiz bolalar 
tana o ‘lchamlari va shakli jihatidan bir birlaridan farq qilmaydi.
Bolalikning II davrida (qizlarda 8 - 1 1 , o‘g ‘il bolalarda 8 - 1 2
yoshlarda) tana shakli va o ‘lchamlarida jinsiy farq bilina boshlaydi. 
Bu davrda tananing bo ‘yiga o ‘sishi qiz bolalarda o ‘g‘il bolalarga 
nisbatan yuqori b o ‘ladi, chunki qiz bolalaming jinsiy yetilishi 
o ‘rtacha ikki yil oldinroq boshlanadi. 8-9 yoshlarda qiz bolalaming 
chanog ‘ i kengayib, soni yumaloqlashadi va moy bezlarining sekretsi- 
yasi oshadi. Qiz bolalaming jinsiy gormonlarini ishlab chiqarilishini 
kuchayishi ikkilamchi jinsiy belgilaming taraqqiyotiga olib keladi. 
Ularda dastlab sut bezlari, so‘ngra qov va qo‘ltiq osti sohalarida 
tuklar paydo bo ‘ladi.
0 ‘g ‘il bolalaming jinsiy taraqqiyoti biroz kechroq boshlanadi. 
1 0 - 1 1 yoshlarda ulaming hiqildog‘i, moyagi va yorg‘og‘i o ‘sa 
boshlaydi. Davr oxirida esa erlik oloti o‘sadi.
Balog‘at davrida (qizlarda 12-15, o ‘g ‘il bolalarda 13-16 yosh) 
ikkilamchi jinsiy belgilar kuchayib, jinsiy a ’zolar o ‘sishi tezlashadi. 
Qizlarda sut bezlari kattalashib, qov va qo‘ltiq osti sohalarida tuklar 
quyqlashib, jinsiy a ’zolar kattalashadi va hayz ko‘rish boshlanadi.


Balog‘at davrida o ‘g ‘il bolalaming jinsiy taraqqiyoti nisbatan 
tez o ‘tadi. 13 yoshlarda ulaming tovushi o ‘zgarib, qov sohasida
14 yoshlarda esa qo‘ltiq sohasida tuklar paydo b o ‘ladi. M oyak va 
erlik olati kattalashib, yorg‘oq terisida pigment ko ‘payadi. 15-16 
yoshlarda yuzida soqol va m o‘ylab paydo bo ‘lib, jinsiy a ’zolar 
yanada kattalashadi va birinchi eyakulatsiya ro ‘y beradi.
0 ‘smirlik davrida (qizlarda 16-20, o ‘g ‘il bolalarda 17-21 yosh) 
organizmning taraqqiyoti va o ‘sishi tugallanadi. Barcha a ’zo va 
tizimlar o ‘zining morfofunksional yetuklik darajasiga yetadi. Jinsiy 
a ’zolar tizimi taraqqiyoti tugallanib, reproduktiv faoliyat yetiladi.
Oxirgi 100 yil davomida bolalar va o ‘smirlarning jism oniy hamda 
fiziologik taraqqiyoti tezlashganiligi (akseleratsiya) ko‘zga tashlanadi.
Hozirgi davrda yangi tug‘ilgan chaqaloqlaming bo ‘ у ini uzunligi 
1,5-2 sm, massasi 100 - 300 g oshgan. Bir yoshli bolalar b o ‘yining 
uzinligi XIX asrdagi tengdoshlaridan 5 sm uzun bo ‘Isa, 1,5-2 kg 
og‘irdir. So‘nggi 100 yil davomida maktab yoshigacha bo ‘lgan 
bolalaming bo ‘yi 10 - 12 sm kattalashgan bo ‘lsa, maktab yoshidagi 
bolalarda 10 - 15 sm o ‘sadi.
Akseleratsiya butun organizmni qamrab olib, tana olchamlari, 
suyaklar va a ’zolaming 
o‘sishi, jinsiy taraqqiyotda ko ‘rinadi. 
Hozirgi o ‘smirlaming jinsiy taraqqiyoti ikki yil oldinroq ro ‘y beradi. 
Erkaklarda akseleratsiya ayollarga nisbatan kuchli.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling