O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- (centrum ossificationis)
- (osteotsitlarga)
Suyaklam ing taraqqiyoti
Homila taraqqiyoti davrida suyak to ‘qima boshqa to‘qimalarga nisbatan kechroq, prenatal taraqqiyotning ikkinchi oyi o ‘rtalarida mezenximadan vujudga kelgan alohida hujayralar - osteoblastlardan paydo bo‘ladi. Bu osteoblastlar tayanch vazifasini bajaradigan oraliq suyak moddalarini ishlab chiqaradi. Suyaklar taraqqiyot davrida bir xil rivojlanmaydi. Ulaming ma’lum birlari: kallaning gumbaz va yuz qismi suyaklari biriktiruvchi to‘qimadan suyakka aylanadi va ikki bosqichni o ‘tadi. Bulami birlamchi suyaklar deb ataladi. Boshqa suyaklar esa tog‘aydan taraqqiy etadi yoki uch bosqichni (parda, tog‘ay va suyak) o‘tadi, ulami ikkilamchi suyaklar deyiladi. Suyaklanish jarayoni to ‘rt turga bo ‘linadi: l.Endesmal suyaklanish turida birlamchi suyaklar vujudga keladi. Bunda yosh biriktiruvchi to ‘qimaning markazida suyaklanish 31 markazi (centrum ossificationis) hosil b o ‘ladi. Suyaklanish markazi yosh suyak huj ayralari - osteoblastlardan iborat bo ‘ ladi. Osteoblastlar zo‘r berib ko‘payadi va suyaklanish markazi har tomonga qarab nur shaklida qator-qator bo ‘lib tarqaydi. Osteoblastlar hujayralararo modda ishlab chiqaradi, keyinchalik unda kalsiy tuzlari to ‘planadi. Osteoblastlar esa suyak modda ichida joylashib, suyak hujayralari (osteotsitlarga) aylanadi. Biriktiruvchi to‘qimaning yuza qavati suyak usti pardasiga aylanadi va yosh suyakning ustini qoplaydi. Suyak usti pardasi hisobiga suyak qalinlashadi. 2.Perixondral suyaklanish. Bunda homila hayotining 8-haftasida mezenxima to‘qimalardan kelgusida hosil bo‘ladigan suyaklar shakli paydo bo‘ladi va gialin tog‘ayga aylanadi. Tog‘ayni tashqi tomondan qoplagan tog‘ay usti pardasining ichki qavati yosh suyak hujayralari - osteoblastlami hosil qiladi. Bu osteoblastlar ko‘payib, suyak qatlamini hosil qiladi va asta-sekin tog‘ay to‘qimaning o ‘mini egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi. 3.Tog‘ay suyaklanib bo ‘lganidan keyin tog‘ay usti pardasi suyak usti pardasiga aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklaming eniga o ‘sishi (yo‘g ‘onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo ‘ladi va suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish deb ataladi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling