O zbekiston respublikasi so g L iq n I saqlash
Download 2.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Anatomiya 1 jild
4.Endoxondral suyaklanish togaylar ichida tog‘ay usti pardasi
ishtirokida bo‘ladi. Tog‘ay usti pardasidan tog‘ay ichiga qon tomirlar bilan birga kirgan biriktiruvchi to ‘qimadan osteoblastlar hosil boMadi. Bu osteoblastlardan paydo bo ‘lgan suyaklanish nuqtasi tashqariga qarab o ‘sib, suyakning g ‘ovak moddasini hosil qiladi. Bu tur suyaklanishda tog‘aylar to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri suyak moddasiga aylanmaydi, balki yemirilgan tog‘ay moddasi o ‘m ida paydo b o ‘ladi. Naysimon suyaklaming birinchi suyaklanish markazi homila hayotining ikkinchi oyida suyakning tanasida paydo bo‘ladi. Suyak diafizi bir-biriga yaqin joylashgan ikki qatlamli zich suyak moddasidan tuzilgan: tashqi qatlam po‘stloq modda perixondral yo‘l bilan rivojlanadi. Po‘stloq moddaning qon tomirlari ham periostdan tarqaladi. Ichki qatlam endoxondral yo‘l bilan taraqqiy etadi va suyak iligi qon tomirlari orqali oziqlanadi. Diafiz organizmda tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Bu vaqtda suyakning uchi (epifizi) 32 tog‘ayligicha qoladi. Suyaklanish nuqtasi pastki epifizida ilgariroq, yuqori epifizida esa 2 yoshdan keyin paydo bo ‘ladi. Epifizlar ichida qizil ilik bo‘lgan g'ovak moddadan tuzilgan b o ‘lib, endoxondral yo‘l bilan suyaklanadi. Bulardan tashqari, bolalar, o ‘smirlar va kattalarda ikkilamchi suyaklanish nuqtalari paydo bo‘lib, ulardan suyaklami boylamlar va mushaklar birikadigan qismlari (apofizlari) suyaklanadi. Suyakning rivojlanish davrida yangi osteonlaming paydo bo‘lishi, eski osteonlaming so‘rilib ketishi bilan bir vaqtda kechadi. Osteoklast hujayralari suyak diafizining endoxondral qismini yemiradi va ilik bo‘shlig‘i paydo boladi. Ikkinchi tomondan periostaing ichki qavatidagi osteoblastlar yangi suyak tuzilishini boshlaydi, bir qavat ustiga ikkinchi qavat taxlanishi natijasida suyak eniga o ‘sadi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling