Bel umurtqalari tanasi soyasiga o ‘tkir qirrali o ‘siqchalar soya-
sidan tashqari oval shaklidagi umurtqa ravoqlarining soyasi ham tu-
shadi. Ustki bo‘g ‘im o ‘siqchalari ikkita uchburchakli b o ‘rtiq
shak-
lida tanadan yuqoriga chiqib turadi. Ravoqlar ildizidan pastda soyasi
pastki umurtqaning yuqori qismiga tushuvchi pastki bo ‘g ‘im o ‘siq-
lari ko‘rinadi. Yon tomon pentgenogrammada bel umurtqalarining
tanasi, bo‘g ‘im va o‘tkir
qirrali
o ‘siqchalari,
shuningdek
umurtqalararo yoriqlar aniq ko ‘rinadi. Umurtqalaming tanalari
katta, to ‘rt burchakli shaklda oldingi yuzasi bukilgan. Umurtqalararo
yoriqlar keng, ravoqlar va umurtqalararo teshiklar aniq belgilangan.
Dumg‘aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 ta b o ‘lib,
o‘smirlik davrida o ‘zaro birikib, uchburchak shaklidagi
bitta butun
dumg‘aza suyagini
(os sacrum) hosil qiladi (15-16-rasmlar).
Dumg‘aza suyagining asosi
(basis ossis sacri) yuqoriga, dumg‘aza
cho‘qqisi
(apex ossis sacri) esa pastga va oldinga yo ‘nalgan. Unda
oldingi chanoq yuzasi
(facies pelvica), orqa yuzasi
(facies dorsalis)
tafovut qilinadi. Dumg‘aza suyagi 5-bel
umurtqasi bilan birikkan
joyda burun
(promontorium) hosil b o ‘ladi.
15-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: