19- rasm.
O ‘mrov suyagi. A - ust tomondan ko‘rinishi. В - ost
tomondan ko'rinishi:
1-facies articularis acromialis; 2-facies
articularis
sternalis; 3-extremitas stemalis; 4-impressio ligamenti costaclavicularis; 5-cor
pus claviculare; 6-sulcus musculli subclavii; 7-tuberculum conoideum; 8-linea
trapezoidea; 9-extremitas acromialis.
O ‘mrov suyagi (clavicula) S shaklida
bukilgan uzun naysimon
suyak (19-rasm) b o ‘lib, to ‘sh suyagining o ‘mrov o ‘ymasi bilan kurak
suyagining akromioni o ‘rtasida joylashadi. Unda o ‘mrov tanasi
(corpus claviculae) to‘shga qaragan uchi
(extremitas sternalis)
va
akromion uchi (extremitas acromialis) tafovut qilinadi. To‘sh
qaragan uchi oldinga turtib chiqqan va yo‘g ‘onlashgan bo ‘lib,
to‘sh suyagi bilan birikadigan bo‘g ‘im yuzasi
(facies articularis
sternalis) bor. Uning akromion uchi to ‘sh uchiga nisbatan keng va
yupqa. Uning orqaga qaragan kurak
suyagining akromioni bilan
birlashadigan yassi akromion bo‘g ‘im yuzasi
(facies articularis
acromialis) bor.
0 ‘mrov suyagi tanasining yuqori yuzasi silliq,
pastki yuzasida
boylamlar birikadigan konussimon do‘mboqcha
(tuberculum
conoideum) va trapetsiyasimon chiziq
(linea trapezoidea) mavjud.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning o ‘mrov suyagi S-shakliga ega.
Uning akromion uchi ingichka tog‘ay hoshiya bilan qoplangan
bo‘lib, to ‘shga qaragan uchi tog‘aydan iborat.
52
Bola hayotining-birinchi yetti yilida o ‘mrov suyagi bo‘yiga va
eniga o‘sadi. Bolalikning ikkinchi davrida o ‘mrov suyagining
akromion va to ‘shga qaragan uchlarida g ‘adir-budurliklar
paydo
bo‘ladi. Akromion uchidagi tog‘ay hoshiya yo ‘qolib, o ‘m id ab o ‘g‘im
yuzasi paydo bo‘ladi. Balog‘at davrida (16 - 18) o ‘mrov suyagining
to‘sh uchida ikkilamchi suyaklanish nuqtasi paydo bo‘lib, u tanasi
bilan 20 - 25 yoshlarda qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: