O ’zbekiston respublikasi


-Mavzu:Tijorat banki filialining buxgalteriya hisobi bo’limi faoliyati bilan tanishish


Download 0.85 Mb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.85 Mb.
#1012209
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti 2021 100721113558

7-Mavzu:Tijorat banki filialining buxgalteriya hisobi bo’limi faoliyati bilan tanishish.
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo‘lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi:

  • Mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  • Bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda;

  • Banklarning o‘z ichki operatsiyalarida;

  • Mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;

  • Buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda;

  • Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yozma topshiriqlari bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda. Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur topshiriq memorial order bilan birga bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.

“Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka 90963 balans hisobvarag‘iga kirim qilingan to‘lov topshiriqnomalari, to‘lov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalari) bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirish uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial orderlarning “To‘lov maqsadi” grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatilishi shart.
Bank mablag‘larni to‘lovchi bo‘lib qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda, memorial orderlar bank rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanishi shart. Boshqa hollarda, memorial orderlar bosh buxgalter va mazkur operatsiyani amalga oshirgan mas’ul xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2465-4, 17.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 710-modda)
Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi uchun bank rahbari, bosh buxgalteri va ushbu operatsiyani amalga oshirgan mas’ul xodim javobgar hisoblanadi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling