O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.83 Mb.
bet19/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

Harorat shkalalari. Bir nechta harorat shkalalari mavjud. Dastlabki nolinchi harorat 1664 yilda Robert Guk tomonidan distillangan suvning muzlash nuqtasida o‘rnatilgan. 1694 yilda Paduyalik Karl Renaldi chiziqli harorat shkalasida reper (tayanch) nuqtalar sifatida ikkita nuqta – muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasidan foydalanishni taklif qilgan. U butun harorat intervalini 12 ta teng bo‘lakka bo‘lgan. Taassufki, uning taklifi qariyb 50 yilgacha hech kimni qiziqtirmagan. 1701 yilda Nyuton ham harorat shkalasi uchun ikkita belgilangan nuqtadan foydalanishni taklif qilgan. Birinchi nuqta sifatida u muzning erish nuqtasini tanlagan (nolinchi nuqta), ikkinchi nuqta uchun – sog‘lom angliyalikning qo‘ltig‘i ostidagi haroratni tanlagan, u buni 12-nuqta deb atagan. Nyuton shkalasi bo‘yicha suv 34-nuqtada qaynagan. Daniyalik amaliyotchi ixtirochi Daniel Farengeyt 1706 yilda o‘zining termometri uchun nolinchi nuqta sifatida suv, muz va osh tuzi aralashmasining sovuq haroratini tanlagan. Ikkinchi nuqta sifatida u “sog‘lom odam qonining harorati” deb ta’riflanadigan 96 gradus haroratni tanlagan (aslida Farengeyt uchun 96 soni shunchaki qulay bo‘lgan, chunki u 2 ga qoldiqsiz
bo‘lingan, bu bo‘laklarni oson belgilash imkonini bergan. Biroq Farengeyt qonning
harorati odamning millati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishini hisobga olmagan. Hozirgi kunda sog‘lom odamning harorati 97 ... 1000 G‘ (36 ... 37,7 ) oraliqda bo‘lishi isbotlangan, biroq daniyalik ixtirochi yashagan paytda odam tanasidan yaxshiroq termostat hali mavjud bo‘lmagan). Uning shkalasida muzning erish nuqtasi 320 ga, suvning qaynash nuqtasi esa 2120 ga to‘g‘ri keladi. 1742 yilda astronomiya professori Andrea Selsiy nol – muzning erish nuqtasi, 100 – suvning qaynash harorati bo‘lgan shkalani taklif qilgan.
Hozirgi kunda ilmiy va texnik ishlanmalarda odatda ikkita –selsiy va Kelvin shkalasidan foydalaniladi. Kelvin shkalasi bunda suv bir paytnig o‘zida uchta holatda – bug‘, suyuqlik va muz holatida bo‘ladigan, 4,58 mm simob ustuni bosimga mos keladigan suvning uchlanma nuqtasiga asoslanadi. Suvning uchlanma nuqtasining harorati 273,16 K yoki 0 ga teng deb qabul qilingan. Kelvin shkalasi chiziqli bo‘lib hisoblanadi, unda nolinchi nuqta (0 K) barcha harakatlanayotgan zarrachalarning kinetik energiyasi nolga teng bo‘ladigan haroratga mos keladi. Amaliyotda bu nuqtani olib bo‘lmaydi, u absolyut nol deb ataladigan sof nazariy kattalik bo‘lib hisoblanadi. Kelvin va selsiy shkalalari o‘rtasida 0,010 farq mavjud, bu nol gradus selsiy suvning uchtalik nuqtasi bilan emas, balki muz va namlikka to‘yingan havo atmosfera bosimida dinamik muvozanatda bo‘ladigan harorat bilan belgilanishi bilan izohlanadi. Bu ikkita shkala bir xil egilishga ega (ya’ni 1 = 1 K, 0 K = -273,15 ):
0S = 0K – 273,150 (4.66)

Suvning qaynash harorati 1 = 373,15 K ga teng. Farengeyt shkalasi ko‘proq tik egilishga ega, chunki 1 = 1,8 0F Selsiy va Farengeyt shkalalari -40 va 0F haroratda kesishadi. Qiymatlarni bir shkaladan boshqasiga o‘tkazish uchun quyidagi ifodadan foydalaniladi:
0G‘ = 32 + 1,8 (4.67)

Bu 0 da Farengeyt shkalasi bo‘yicha harorat +320 F ga teng bo‘lishini bildiradi.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling