O‘bekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-seminar mashg‘uloti. Issikdik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyixalash


Download 1.83 Mb.
bet33/41
Sana11.05.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1454592
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
КОНСТ ЛОТ

11-seminar mashg‘uloti. Issikdik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyixalash.

Haroratdan rangini o‘zgartiradigan eritmalar asosidagi datchiklar. Bunday

datchiklar biotibbiyot tizimlarida qo‘llaniladi. Xromatik eritma sifatida ko‘pincha CoCl26H2O (kobalt xlorid eritmasi) qo‘llaniladi. Bunday datchiklarning harakat tamoyili ba’zi bir xromatik eritmalar uchun xarakterli bo‘lgan spektrning ko‘rinadigan diapazonidagi nurlanishlarning (400...800 nm) yutilish koeffitsiyentlarining haroratga bog‘lanishiga asoslanadi (5.17A-rasm). Ravshanki, bunday datchiklarning tarkibiga nurlatish manbai, detektor va o‘lchash obyekti bilan issiqlik bog‘lanishiga ega bo‘lgan kobalt xlorid eritmasi kiradi. 5.17B va 5.17D- rasmlarda xromatik harorat datchiklarining ikkita varianti ko‘rsatilgan.

5.16- rasm. Yupqa plenkali optik harorat datchigining sxemasi




5.17- rasm. Haroratdan rangini o‘zgartiradigan eritmalar asosidagi datchiklar: A – kobalt xlorid eritmasining absorbsion spektri; B – qaytaradigan yuzali datchik; D – o‘tuvchan tipdagi datchik

Temperaturani akustik datchiklari. Ekstremal sharoitlarda ishlashda (kriogen haroratlar diapazonida, yadro reaktorlarida radiatsiya darajasi yuqori
bo‘lganda), shuningdek bu erga kontaktli datchiklarni joylashtirib bo‘lmaydigan va IQ detektorlardan foydalanib bo‘lmaydigan germetik yopiq kenglikda o‘lchashlarni o‘tkazishda haroratni aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda odatda akustik harorat datchiklari qo‘llaniladi, ularning harakat tamoyili tovush tezligining tovush tarqaladigan muhitning haroratiga bog‘lanishiga asoslanadi. Masalan, normal atmosfera bosimida quruq havo uchun bu bog‘lanish quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
v=331,5 (5.22)
Bunda v yorug‘lik tezligi, T- absolyut harorat.

5.18-rasm. Ultratovushli detektorga ega bo‘lgan akustik termometr Akustik harorat datchiklari (5.18-rasm) uchta tarkibiy qism – ultratovushli


peredatchik (uzatgich) va priemnik (qabul qilgich), shuningdek gaz bilan to‘ldirilgan germetik trubkadan tashkil topadi. Uzatgich va qabul qilgich o‘zida trubka bilan akustik bog‘lanmagan pyezoelektrik keramik plastinkalarni taqdim qiladi, bu tovushning asosan trubkaning ichidagi gaz orqali tarqalishini ta’minlaydi. Gaz sifatida ko‘pincha quruq havodan foydalaniladi. Datchikning muqobil konstruksiyasida uzatuvchi va qabul qiluvchi kristallar uning ichidagi
muhitning haroratini o‘lchash zarur bo‘lgan yopiq kameraning ichiga joylashtiriladi. Ichki muhitning hajmi va massasi doimiy qilib ushlab turilgan hollarda oraliq trubkani qo‘llash talab qilinmaydi. Uni qo‘llash zarur bo‘lgan hollarda uni mexanik deformatsiyalar va juda yuqori haroratlar ta’sirida germetiklikning yo‘qolishidan himoya qilish kerak bo‘ladi. Trubka uchun invar qo‘l keladigan material bo‘lib hisoblanadi.



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling